Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati. Falsafaning asosiy yo’nalishlari. Ҳозирги вақтда компьютер«компьютер фалсафаси»


Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati



Download 80,13 Kb.
bet3/5
Sana29.04.2023
Hajmi80,13 Kb.
#933260
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-мавзу.docx

Dunyoqarash tushunchasi va mohiyati.

Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir. Фалсафа дунёқараш характеридаги фан ҳисобланади.


Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof-muhitga, boshqa odamlarga, o’z-o’ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko’ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o’rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo’ladimi va agar bilish mumkin bo’lsa, qaydarajada? Insonni o’zi nima? U qanday bo’lishi kerak? O’limdan so’ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o’zgartira oladimi?
Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi shakllanadi. Dunyoqarash – bu insonni o’rab turgan dunyo va uning unda tutgan o’rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (subъekt dunyosi) va «Men - emas» (subъektga nisbatan tashqarida bo’lgan dunyo) o’rtasidagi munosabatdir.
Бошқача қилиб айтганда, дунёқараш кишиларнинг олам ва уни ўзгариш ривожланиши ҳақидаги илмий, фалсафий, сиёсий, ҳуқуқий, ахлоқий, эстетик, диний қарашлари ва системасидан иборат. Дунёқараш ижтимоий бирликнинг инъикосидир унда ижтимоий турмуш акс этади ва у муайян тарихий даврда инсоният эришган билимлар даражасига ҳамда ижтимоий тузумга боғлиқ бўлади.
Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e’tiqod va aqidalar kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo’lishi mumkin: kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy ong dalili tarzida bo’lishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to’g’risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam to’g’risidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr yuritamiz. Yohud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to’g’risida gapiramiz. Shu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshgaoid, jinsiy, kasbiyvab.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo’lishi mumkin.
Дунёқараш ўзининг туб моҳиятига кўра мифологик, диний, фалсафий ва илмий турларга бўлинади. Уларнинг ҳар бири ўзига хос хусусиятларга кўра бир-биридан кескин фарқ қилади.
Мифологик дунёқараш кишилик жамияти тараққиётининг илк босқичида бўлган дунёқарашнинг дастлабки шартидир. Воқеликни билишнинг, дунёга қарашнинг ўзига хос усули бўлган мифнинг хусусияти шуки, ҳамма нарса ва ҳодисалар унда бир-бирига иштирок сифатида идрок этилади. Бунинг натижасида бир хил буюмларнинг сифатини иккинчи хил буюмларга бемалол кўчириш мумкин бўлади. Мифологик дунёқараш табиат кучларини ҳиссий қиёфалар, алоҳида вужудлар шаклида жонлантириб тасвирлаб кўрсатишга асосланган. Мифологияда бир хил нарсаларнинг хоссалари иккинчи хил нарсаларга осонлик билан кўчирилганлиги сабабли у хаёлга кенг майдон очиб беради ва бу майдонда мифологик тарзда фикр қилувчи киши ҳар қандай ўзгаришлар қилиши ва жасоратлар кўрсатиш мумкин бўлади. Ҳар қандай мифология табиат кучларини тасаввурида ва тасаввур ёрдамида енгади, ўзига бўйсиндиради ва шакллантиради. Мифология, бинобарин, табиатнинг ана шу кучлари устидан хақиқатда ҳукмронлик бошланиши билан йўқолиб кетади". Ғайритабиий куч ҳақидаги тасаввурлар мавжуд бўлганлиги сабабли мифологияда дин элементлари бор, шунингдек, унда ахлоқий қарашлар ҳам инсоннинг воқеликка эстетик муносабати ҳам акс эттирилган.

Download 80,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish