Dunyoqarash nima va uning qanday tarixiy turlarini bilasiz?



Download 21,79 Kb.
Sana17.04.2020
Hajmi21,79 Kb.
#45453
Bog'liq
1 BATIROVA HALIMA

1-mavzu : FALSAFA FANI PREDMETI, MAQSADI? VAZIFALARI VA JAMIYAT HAYOTIDAGI AHAMIYATI

  1. Quyidagi savollarga `pma javob btring.:



  1. Dunyoqarash nima va uning qanday tarixiy turlarini bilasiz?

Dunyoqarash tushunchasi. har bir kishining dunyoga nisbatan o‘z qarashi, o‘zi va o‘zgalar, hayot va olam to‘g‘risidagi tasavvurlari, xulosalari bo‘ladi. Ana shu tasavvurlar, tushunchalar, qarash va xulosalar muayyan kishining boshqa odamlarga munosabati va kundalik faoliyatining mazmunini belgilaydi. SHu ma’noda, dunyoqarash - insonning tevarak atrofini qurshab turgan voqelik to‘g‘risidagi, olamning mohiyati, tuzilishi, o‘zining undagi o‘rni haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilimlar tizimidir. Dunyoqarash - olamni eng umumiy tarzda tasavvur qilish, idrok etish va bilishdir. Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli individual dunyoqarash deyiladi. Dunyoqarash ijtimoiy-tarixiy shakllarga ega. Har bir davrning, har bir avlodning, har bir ijtimoiy guruhning, har bir kishining o‘ziga xos dunyoqarashi mavjud. Dunyoqarashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda mifologiya, din, falsafa, fan, siyosat, huquq, san’at va axloq va shu kabi ijtimoiy-ma’naviy hodisalar sintezlashgan holda in’ikos etadi.Dunyoqarash insonning dunyoni va o‘zini ma’lum ma’noda anglashi, tushunishi, bilishi va baholash usuli bo‘lishi jihatdan uning har qanday moddiy va ma’naviy faoliyatida o‘z ifodasini topadi. Jamiyat taraqqiyoti bilan insonning amaliy va nazariy bilish faoliyati ham rivojlanib boradi. Dunyoqrash oddiy , kundalik ong holatidan tortib, dunyoni insonning o‘ziga xos nisbatan murakkabroq va chuqurroq bilish va tushunishlariga oid mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarashlarga tomon rivojlanib boradi

  1. Mifologik va diniy dunyoqarashning o’xshash va farq tomonlarini yoriting?

Mifologik dunyoqarash. “Mif” tushunchasi yunoncha “mythos» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan ma’noni anglatadi. Mifologik dunyoqarash insoniyat tarixining dastlabki bosqichlariga xos bo‘lib, odamlar xulq-atvori va o‘zaro munosabatlarini tartibga solish funksiyasini bajargan.Mifologik dunyoqarash insonning dunyoni tushunishining o‘ziga xos oddiy usuli sifatida paydo bo‘lgan.Mifologik dunyoqarash voqelikning hayoliy in’ikosi sifatida asosan qadimgi davr kishilari uchun xarakterlidir. Bu dunyoqarash o‘z ifodasini ko‘proq qadimgi davrlarda yaratilgan naqllarda, rivoyat va afsonalarda topgan.Qadimgi kishilar bu afsona va rivoyatlarda tabiat va jamiyatning turli hodisa va voqealarini umumlashtirib, ularni hayoliy shakllarda tasvirlaganlar.Mifologik dunyoqarashda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida ifodalanadi. Tabiat kuchlarini hissiy qiyofalarda alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi. Mifologik dunyoqarash ifodalangan rivoyatlar va afsonalar o‘z mavzulari jihatdan turli tumandir. Ularning ba’zilari dunyoning paydo bo‘lishi, uning tuzilishi, tabiat va jamiyat hodisalarining yuz berishi, dunyoning boshqarilishi, undagi predmetlar va hodisalarning o‘zaro munosabatlariga oid bo‘lsa, ikkinchi xillari esa insonning paydo bo‘lishi, uning yashashi, hayoti, insonning dunyodagi o‘rni, uning ishlari, tabiat kuchlari bilan olib borgan kurashlari, insonning ma’naviy kamolot sari intilishlari, insonning o‘limi va shu kabilarga bag‘ishlangandir. Bu dunyoqarash qadimgi kishilarning o‘zlaricha o‘sha davrga xos dunyoni tushunish, idrok qilish, uni izohlash va baholash sifatida turli vazifalarni bajargan.Mifologik dunyoqarashning xususiyati shuki, unda hamma narsa va hodisalar bir-birining ishtirokchisi sifatida tasvirlanadi. Buning natijasida bir xil buyumlarning sifatlarini ikkinchi xil buyumlarga bemalol ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Mifologik dunyoqarashda tabiat kuchlari alohida jonli vujudlar ko‘rinishida jonlantirib tasvirlanadi.Mifologiyada bir xil narsalarning xossalari ikkinchi xil narsalarga bemalol ko‘chirilgangligi sababli, u xayolotga keng yo‘l ochib beradi.Unda tasvirlangan obrazlar har qanday o‘zgarishlar qilishi va jasoratlar ko‘rsatishi mumkin.

  1. Falsafiy ta’limotlarga izox bering?

Qadimgi Yunonistonda kosmotsentrizm ilk falsafiy ta’limotlarning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bunda asosiy e’tibor «kosmos», «tabiat»ni anglab etishga qaratilgan. Keyinchalik, qadimgi yunon shahar – polislari ravnaq topgan davrda faylasuflar diqqat markazidan ijtimoiy muammolar, axloq, davlat qurilishi masalalari o‘rin oldi. Evropada xristianlikning, SHarqda islom dinining vujudga kelishi va mustahkamlanishi natijasida o‘rta asrlar falsafasi teotsentrik (yunon. «theos» – «markazdan o‘rin olgan xudo») xususiyat kasb etdi, ya’ni, Xudo va u yaratgan olam falsafiy qiziqishlarning asosiy predmetiga aylandi. Uyg‘onish davrida falsafa san’at (estetika)ga va ko‘p jihatdan insonga murojaat qilindi. Yangi davr deb nomlanuvchi XVII–XVIII asrlarda falsafa tobora kuchayib borayotgan fan bilan uzviy bog‘landi, natijada, falsafiy tadqiqotlarning diqqat markazidan bilish va ilmiy metodlar masalalari o‘rin oldi.

  1. Falsafanin asosiy funksiyalarini ayting?

Falsafiy dunyoqarashning vazifalari (funksiyalari). Falsafiy dunyoqarashning zikr etilgan tamoyillari, uning vazifalarini belgilab beradi. YA’ni, bu vazifalar jamiyatning umumbashariy ruhdagi maqsad-muddaolaridan, manfaatlaridan kelib chiqadi hamda boshqa dunyoqarash shakllari uchun uslubiy ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash, avvalo insoniy munosabatlar ifodasidir. Shu nuqtai nazardan, u insonning borliqqa munosabatida, dastlab uning bahosi tarzida ko‘zga tashlanadi. Bu — falsafiy dunyoqarashning baholash vazifasini anglatadi. Ya’ni, inson, o‘z ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib, narsa-hodisalarni: yaxshi-yomon, foydali-zararli, savob-gunoh, oriyat-benomuslik kabi qarama-qarshi mezonlarga ajratadi. Inson narsa-hodisalarga baho berar ekan, buning zamirida uning ijtimoiy hayoti, ya’ni ongli munosabatlari yotadi. Bunda inson yoki jamiyat munosabatlari dunyoqarashning o‘zi tayanadigan omillarga (ideallariga) moslashtiriladi. Orzu-havaslarga erishishning usullari, vositalari, amaliy yo‘nalishlari belgilanadi. Dunyoqarash inson faoliyatini axloqiy me’yor, diniy qadriyat, xuquqiy hujjat va siyosiy mexanizmlar kabi usul-vositalar orqali boshqarish vazifasini ham ado etadi. Bunda falsafiy dunyoqarashning o‘zicha nisbatan mustaqil bo‘lgan har bir yo‘nalishi o‘ziga xos boshqarish 1- usuliga ega bo‘ladi. Masalan, insonni ezgulikka yo‘naltirish uchun axloq uning aql-zakovatiga; din — iymon-e’tiqodiga; huquq — qonunlarga, jazo idoralariga; siyosat-davlat funksiyalariga tayanadi va o‘ziga xos ta’sir yo‘nalishlariga ega bo‘ladi. Falsafiy dunyoqarashning inson faoliyatini nazorat qilish vazifasi ham bor. Bunda dunyoqarashning jamoatchilik fikri tarzidagi ko‘rinishi nazarda tutiladi. Masalan, o‘zbek xalqining tarixiy rivojlanishi va ma’naviy hayot tarzida mahalla ijtimoiy nazoratning muhim instituti tarzida faoliyat ko‘rsatgan. Falsafiy dunyoqarashning birlashtirish (kommunikativ) vazifasi turli dunyoqarash yo‘nalishlarini milliy va umuminsoniy G‘oyalar atrofida uyg’unlashtirishi bilan xarakterlanadi. Turli manfaatlar bilan bog’liq bo‘lgani bois dunyoqarashlar o‘rtasida muayyan ziddiyatlar ro‘y berishi tabiiy. Bunday sharoitda falsafiy dunyoqarash ularni murosaga keltirishga xizmat qiladi. Falsafiy dunyoqarash, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-tarixiy tajribani umumlashtirish, jamiyat istiqbolini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lganligi uchun ham xalqni muayyan g‘oya atrofida birlashtiradi.Falsafiy dunyoqarashning tarbiyaviy vazifasi— kishilarda keng va teran fikrlash qobiliyatini vujudga keltirish asosida bag‘rikenglik, murosa, har qanday ziddiyatlarni madaniy yo‘l bilan hal qilish, kelajakka umid va ishonch ruhini shakllantirishdan iborat.

2-quyidagi testlarga javob topib kalitini yozing?

1Falsafa atamasini ilk muomalaga kiritgan faylasufni aniqlang?

A) Platon

B) Pifagor

C) Suqrot

D) Аristotel
2 Falsafada hаrakat turlariga ko’ra qonunlar qanday turlarga bo’linadi:


  1. Xususiy, umumiy, eng umumiy qonunlar.

  2. Dinamik, static, kinetic

  3. Subektiv, obektiv, ziddiyat qonunlari

  4. Fizikaviy, obektiv, dinamik qonunlar

3 Dunyoqarash – bu...

  1. dunyoga nisbatan qarashlarning imkon qadar umumlashtirilgan tizimi va insonning undagi o’rni.

  2. sog’lom fikrli odamlarning e'diqodlari sintеzi

  3. rеal voqеlikni tushunib еtuvchi falsafiy va tеologik ta'limotlarning yig’indisi

  4. tabiiy va ijtimoiy voqеlikni jamiyat rivojlanishining dastlabki bosqichlarida tushunish usuli

4 Xarakatning sababi va manbaini aniqlang?

  1. Tashi turtki

  2. Qarama – qarshilik va ziddiyat

  3. Iloxiy kuch

  4. Obektiv reallik

5 Dunyoning ibtidosi xam, intixosi xam - suvdir» dеgan ta'limot ni ilgari surgan faylasuf



  1. Fales Yunonistonda.

  2. Farobiy Markaziy Osiyoda

  3. Ulugbek Markaziy Osiyoda

  4. Sisiron Qadimgi Rimda

JAVOBLAR

1. B


2. C

3.A


4.C

5. B
Download 21,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish