Katoliklar va pravoslavlarning o‘ziga xos jihatlari
Milodiy 329 yilda xristianlik Rimda davlat dini sifatida tan olingan. Xristianlikning davlat diniga aylanishi munosabati bilan jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy mavqei o‘zgargan, cherkovning mulkdorlar sinfi vakillari manfaatlari va mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzumni himoya qilish vazifalari ustunlik qila boshlagan. Davlat hokimiyati cherkovning aholi o‘rtasidagi ta’sirini hisobga olgan holda, provinsiya (viloyat)larda ruhoniylarning eparxiyalarini (grekcha eparchia – rahbariyat, hokimiyat degan ma’nolarni anglatadi), ya’ni cherkov ma’muriy okruglarini tashkil etgan.
Eparxiyalarga arxiepiskop (grekcha episkopos – nozir, nazoratchi degan ma’nolarni anglatadi) rahbarlik qilgan.Xristianlik davlatni mustahkamlashga xizmat qilish bilan birga hokimiyat va boylik uchun kurash jarayoniga tortilgan. O‘sha davrda Rim davlatining zaiflashuvi cherkovning bu kurashdagi imkoniyatini yanada mustahkamlagan. Zero, kuchli markazlashgan davlat parchalanishi natijasida paydo bo‘lgan kichik davlatlar cherkov kabi ittifoqchiga muhtoj edi. Aholining madadiga tayangan cherkov mavjud imkoniyatdan unumli foydalangan va siyosiy hokimiyat uchun kurashda faol ishtirok etgan. Bu kurashda Rim va Vizantiya xristian cherkovining yirik markaziga aylangan. Huddus, Aleksandriya,Antioxiya (Suriya, Arabiston, Kipr kabilarni birlashtirgan mustaqil pravoslav cherkovi) va boshqa eparxiyalar ularga bo‘ysundirilgan.Rim eparxiyasi xristian cherkovining eng qudratli tashkilotlaridan biri bo‘lgan. G‘arbiy Rim imperiyasi ag‘darilganidan keyin (476 yil) uning hududida kichik davlatlar vujudga kelishi natijasida Rim eparxiyasining qudrati yanada ortgan. Rimda hokimiyat episkopning qo‘liga o‘tgan. Keyinchalik Rim episkopi papa (lotincha papa – ota, ustoz, murabbiy degan ma’nolarni anglatadi) unvonini olgan. VIII asrning ikkinchi yarmida Apennin yarimorolida Papa viloyati vujudga kelgan. Rim papasi diniy va dunyoviy hokimiyatga rahbarlik qiladigan bo‘lgan. Papa o‘z hokimiyatini butun Rim imperiyasi hududiga va boshqa erlarga yoyishga harakat qilgan.
SHarqiy Rim imperiyasida (Vizantiya) markazlashgan davlat G‘arbiy Rim imperiyasi qulaganidan keyin ham uzoq vaqt davomida (XV asrning o‘rtalarigacha) saqlanib qolgan. Konstantinopol cherkovi imperator hokimiyatiga bo‘ysundirilgan. Kuchli imperator hokimiyati sharqiy cherkovni o‘ziga bo‘ysundirish bilan birga g‘arbiy cherkovning mustaqilligini saqlab qolishga va o‘z ta’sirini boshqa hududlarga yoyishiga ko‘maklashgan.Rim papasi va Vizantiya cherkovi o‘rtasida xristianlikning markazi maqomini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurash boshlangan. Bu kurash murosasiz tus olib, unda goh u, goh bu tomon ustun kelib turgan. Oqibatda, 1054 yilda Rim va Konstantinopol cherkovlarida uzil-kesil ajralish yuz bergan. Xristianlik shu sanadan boshlab rasman ikki yo‘nalishga bo‘linib ketgan. Rim papasiga bo‘ysunuvchi eparxiyalar katolik (butun dunyo) cherkovi, Konstantinopol patriarxiga bo‘ysunuvchi eparxiyalar esa pravoslavie (chin e’tiqod) cherkovi degan nom olgan.
Xristianlikning eng katta yo‘nalishlaridan biri katolik cherkovidir. BMTning ma’lumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirlarida katoliklarning soni 900 mln. kishini tashkil etgan. Katoliklar asosan G‘arbiy, Janubi-sharqiy va Markaziy Evropada, Lotin Amerikasida keng yoyilgan. Afrika aholisining 1/3 qismi katoliklardir. CHerkov SHimoliy Amerikada kuchli ta’sirga ega bo‘lib,dunyoning boshqa mintaqalarida ham keng yoyilgan.Katolitsizm ta’limotining manbaini muqaddas bitiklar va rivoyatlar tashkil etadi. Bu ikki manba xristianlikda ahamiyati jihatidan teng hisoblansa-da, katolitsizmda boshqa yo‘nalishlardan farqli o‘laroq, muqaddas rivoyatlardan kengroq foydalaniladi. Katolitsizmda «cherkov otalari»ning (patristika) ilohiyotga bag‘ishlangan asarlari, Jahon soborlari va Rim papasining rasmiy hujjatlari, qadimiy ibodat tajribalari muqaddas rivoyatlar sifatida qabul qilingan.
Katolitsizm aqidalari va marosimlari pravoslavienikiga yaqin turadi. Unda pravoslaviedagi kabi «e’tiqod ramzi»ning 12 aqidasi va 7 ta sirli marosimi tan olinadi. Lekin e’tiqod ramzi aqidalariga bir qator qo‘shimchalar kiritilgan. 589 yilda qabul qilingan filioka (lotinchadan so‘zma-so‘z tarjimasi o‘g‘ildan ham degan ma’noni anglatadi) aqidasiga binoan, xudo Muqaddas Ruh xudo Ota va xudo O‘g‘il (Iso)dan paydo bo‘lgan. Mazkur aqida katolitsizmda Isoning erdagi noibi deb tan olingan Rim papasining hokimiyatini yanada mustahkamlaydi. Papa hokimiyati avliyolar va farishtalar hokimiyatidan ham yuqori qo‘yiladi.SHuningdek, katolitsizmda odam o‘lganidan keyin ruhi jannat va do‘zax oralig‘idagi a’rofga tushishi to‘g‘risidagi aqida mavjud. Unga ko‘ra, tirikligida gunohlari yuvilmagan, lekin «kechirilmas gunoh» sodir etmagan kishilarning ruhi a’rof olovida tozalanganidan keyin jannatga tushishi mumkin. Lekin bu murakkab jarayon, chunki ruhning a’rofdan chiqib ketishi uchun boshqa kishi o‘zining ortiqcha savobini berishi lozim. SHu bois cherkov savob ishlarning zaxirasini vujudga keltiradi. A’rofda qiynoqqa duchor qilingan odamlar o‘z ruhlarini jannatga o‘tkazish uchun zaxiradan foydalanadilar. Savob ishlar zaxirasi Iso Masih, Bibi Mariyam, avliyolar va dindor kishilarning ortiqcha savob ishlari, xizmatlaridan hosil qilinadi va doimo to‘ldirib boriladi. Zaxira doimo to‘ldirib turilishi uchun cherkov kishilarni doimo savob ishlar qilishga da’vat etadi.
O‘rta Asrlarda a’rof haqidagi aqida indulgensiyalar (lotincha indulgere – marhamat qilish, shafqat qilish degan ma’nolarni anglatadi) sotishdek noxush hodisani vujudga keltirgan. Qayd etish joizki, XII asrgacha indulgensiyalar cherkovga xush keladigan ishlarni bajaruvchilarga, ya’ni cherkov o‘rnatgan tartiblarga qat’iy amal qilganlar, muqaddas joylarni ziyorat qilganlar va salib yurishlarida ishtirok etganlarga berilgan. XII asrdan boshlab indulgensiyani sotish tartibi joriy qilingan. Masalaning salbiy jihati shundaki, mulkdor kishi «kechirilmas gunohi»dan tashqari,barcha sodir etgan gunohlarini pul to‘lab yuvishi mumkin bo‘lgan.Hattoki kishi qaysi gunohi uchun qancha pul to‘lashi kerakligi to‘g‘risidagi jadval ishlab chiqilgan. CHerkov indulgensiyalarni sotish tartibini XIX asrgacha qo‘llab kelgan.Katolitsizmda Bibi Mariyamni ulug‘lashga katta e’tibor beriladi. 1854 yilda papa Piy I Bibi Mariyamning ilohiy homiladorlik bilan tug‘ilganligi to‘g‘risidagi aqidani tasdiqlagan.Keyinchalik Bibi Mariyam xudoning marhamati bilan birlamchi gunoh ta’siridan himoyalanganligi e’lon qilingan. Keyinchalik Bibi Mariyamning vafot etganidan keyin jasadi va ruhi osmonga ko‘tarilib ketganligi qayd etilgan. Ushbu aqidaga asoslanib, 1954yilda «falakning malikasi» sharafiga bag‘ishlanuvchi diniy bayramning o‘tkazilishi joriy qilingan. Katoliklar Bibi Maryamni avliyolar kabi ulug‘lash bilan birga xotin-qizlarning gunohlarini xudodan so‘rab beruvchi homiy deb biladilar.
Katolitsizmda Rim papasi xristianlarning rahbari ekanligi to‘g‘risida aqida mavjud. Katoliklar o‘z e’tiqodlarini xristianlik ta’limotini to‘liq ifodalaydigan yo‘nalish deb biladilar. SHu bois Rim papasi Isoning erdagi noibi, Rimning birinchi episkopi,havoriy Pavelning vorisi deb tan olinadi. 1870 yilda Vatikanda Rim papasining benuqsonligi haqidagi aqida qabul qilingan. Unga binoan, papaning rasmiy chiqishlarida din va axloq masalalarida aytgan fikrlari benuqson yoki, boshqacha aytganda, u xudoning irodasini etkazuvchi vakildir.Ruhoniylarning ijtimoiy ahvoli masalasida katolitsizm boshqa yo‘nalishlardan sezilarli darajada farqlanadi. Katolik cherkovida ruhoniylarning maishiy turmushida XI asrdan boshlab selebat, ya’ni rohib va rohibalarning turmush qurmasligi qoidasiga amal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |