Dunyoning eng g'aroyib mehmonxonalari



Download 3,41 Mb.
Sana09.12.2021
Hajmi3,41 Mb.
#190614
Bog'liq
eng g'aroyib MEHMONXONALAR .HABIBULLO 172-TURIZM


Dunyoning eng g'aroyib mehmonxonalari
Jahon
 21:23 / 11.07.2015

 11583


1. Sayyohlar bir necha chaqirim naridan qayrilib ketishi lozim bo'lgan xarobalarga o'xshayaptimi? Aslida bu  Shanty Hotel — Janubiy Afrikadagi asosan sud muassasalari joylashgan Blumfonteyn shahridagi besh yulduzli mehmonxona. Uning shiori — “Poli isitiladigan dunyodagi yagona xarobalar”.



2. Garajlarga ko'proq o'xshab ketadigan xonalardagi sharoit ham tanlangan yo'nalishga xos:mebel va faqat eng zaruriy texnika, hammasi xuddi 80—yillarni eslatadi. Hojatxona tashqarida. Ovqatni an`anaviy afrikacha tosh pechda tayyorlash mumkin (u ham butun boshli mehmonxonga bittagina). Ammo pollari haqiqatdan ham isitiladi.



3.To'rt kishi joylashishi mumkin bo'lgan bitta “garaj”ning narxi bir kecha uchun 75 dollar atrofida — yuqorida aytib o'tilgan “besh yulduz” maqomi  uchun anchayin arzon. Yana nonushta uchun har bir kishi uchun 10 dollar. Hududda bepul Wi-Fi va spa-markaz mavjud. Ko'rinish xarobalardek, ammo ko'rsatiladigan xizmatlar oliymaqom mehmonxonalarga to'g'ri keladi, deyish mumkin. 



4. Garajda dam olish unchalik g'ayrioddiy tuyulmayaptimi? Boshqa variant ham bor: ta`tilni kanalizatsiya quvurida o'tkazish. Loyiha Avstriyada o'ylab topilgan va kamxarjroq sayyohlar hamda tabiat qo'ynida o'tkaziladigan musiqa festivallariga tashrif buyuruvchilar uchun mo'ljallangan. Birinchi shunday mehmonxona Lints shahri yaqinida, Dunay daryosi bo'yida mehmonlarni qabul qilishni boshlab yubordi.



5. Quvurning diametri ikki metr, naq to'qqiz tonna tosh bosadi. Shiftida kichikroq oynalar bor, “xona”ga bitta karovat sig'adi.



6. Qamoqda “dam olish” bugungi kunda o'ta g'ayrioddiy bo'lmay qoldi. “To'qlikka sho'xlik” qabilidagi bunday ko'ngilxushlik urfga kirib ulgurganini “besh yulduzli” maqomiga ega qamoqxona-mehmonxonalarning turfa ko'rinishdagilari faoliyat ko'rsatayotganidan payqash mumkin.   



7. Masalan, qirolicha Viktoriya davridagi qamoqxonada joylashgan Malmaison Oxford mehmonxonasida bir kecha tunab qolish 125 funt va undan oshiqroqqa tushishi mumkin.



8. Germaniyadagi Alcatraz mehmonxonasi birmuncha  hamyonboproq: bu yerda 50 yevroga ham xona topsangiz bo'ladi. Mehmonxona joylashgan qamoqxona binosi 1867 yilda qurilgan. Mehmonlarga tanlov imkoniyati beriladi: Alcatrazda kamera-xonalar ham, odatiy mehmonxona xonalari ham bor. 



9. Bostondagi (AQSh) Charlz-Strit qamoqxonasi devorlari bu yerda “istiqomat qilgan” ko'plab mashhur shaxslarni yodida saqlasa ajab emas. Masalan, Malkolm Iks yoki butun dunyoga shov – shuv bo'lgan sud jarayoni ishtirokchilari, italiyalik isyonchilar Sakko va Vantsettini. Endilikda esa bu binoda dunyodagi eng koshona mehmonxonalardan biri joylashgan. 



10. Bu yerda turish narxi ham shunga yarasha — bir kecha uchun 550 dollar atrofida. Xonalarda mehmonlarni jakuzi vannasi va “Martini” vinosi qarshi oladi (yo'nalishi o'zgargach, bino o'zida istiqomat qiluvchilar uchun juda shinam joy bo'lib qoldi). Eng qizig'i, mehmonxona hozirda Liberty —“Ozodlik” deya nomlanadi.



11.Sobiq bo'lsa - da, qamoqxonada istiqomat qilgandan ko'ra... aqli zaiflar uyida dam olgan arzonroq tushar ekan. Vetnamdagi Crazy House (aynan olganda “Jinnixona”) mehmonxonasi ikki kishilik xonalarini bir kecha uchun atigi 30 dollardan taklif etadi.



12. Aslida  bu bino Vetnam kompartiyasi bosh kotibining qizi tomonidan bunyod etilgan. Egri–bugri va ba`zan boshni aylantiradigan ko'rinishga ega bu g'alati binoga boqib bunga ishonish qiyin, albatta.



13. Me`mor Dang Vet Nga (o'sha bosh kotibning qizi)  dunyoqarashiga  Rossiyada 14 yilni o'tkazgani (ulardan 13 yili MARXI - Moskva arxitektura institutida) katta ta`sir o'tkazgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Shundaymi yoki yo'qmi,  Crazy House da qo'llanilgan uslublarga, unda istiqomat qilganlarning aytishicha, Gaudi va Xundertvasserdek manaman degan  me`morlar ham tan bergan bo'lardi. 



14. Berlindagi (Germaniya) Propeller Island City Lodge mehmonxonasi o'tkir hissiyotlar ishqibozlariga tanlov uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi. Masalan, vampirlar va gotlar haqidagi etni junjiktiruvchi hikoyalar muxlislari mazza qilib... tobutda tunashlari mumkin.



15. Mehmonxona Jyul Vernning “Suzuvchi orol” romani sharafiga shunday atalgan va chindan ham bu yerdagi xonalarning ichki ko'rinishi  xilma-xilligi bilan kishi aqlini shoshirib qo'yadi. Mebeli shiftga qadalgan xonalar bor, ko'pdan-ko'p teskari oynalarga ega yoki yengiltak xonimlar uyiga o'xshatib bezatilgan xonalar mavjud. Xullas, siz fotosuratini ko'rib turgan xona Propeller Island City Lodgening ancha zerikarli joylaridan.





16. Otel mehmonlari sher qafasida (to'g'ri, sherlarsiz) yoki chiroqqa o'xshatib qo'yilgan gilotina (mahbuslarni qatl etish asbobi) ostida tunni o'tkazishlari mumkin. Kechasi bilan uchib yurishlari ham hech gap emas. Bunday holatda “uchuvchi karovat” va qiya polli xonani tanlashlariga to'g'ri keladi. Bunday g'aroyib xonalarning narxi aytarli baland ham emas — bir kecha uchun 70 dan 115 yevrogacha. 
Download 3,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish