Dunyoni goʻzallik qutqaradi yoxud koʻngil manzaralari



Download 10,75 Kb.
Sana01.04.2022
Hajmi10,75 Kb.
#522421
Bog'liq
Maqola. munira


DUNYONI GOʻZALLIK QUTQARADI YOXUD KOʻNGIL MANZARALARI

Kirish. Mustaqillik davri adabiyoting yirik namoyondasi, Bayram Ali soʻzi bn aytganda " oʻz nafasi va koʻlamiga ega ijodkor Nazar Eshonqulning hikoyasini oʻqib chuqur oʻyga tolmoqlikning iloji yoq. Chunki ijodkor hikoyalarining aksariyatida bir qarashda tushkin, ezgin kayfiyat hukm surgandek koʻrinsada, yuragimizning tub-tubida yashiringan nozik torlarga bir- bir tegib bizni mushohadaga chorlaydi. Yozuvchi nima demoqchi bulgani haqida takror- takror oʻylaymiz. Shu oʻrinda fikrimizning isboti sifatida f.f.n Xurshid Doʻstmuhammadning quyidagi fikrlarini keltirib oʻtishni lozim topdik: "Nazar Eshonqul hikoyalari tili o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Unda asar qahramonlarining ijobiy yoki salbiy qahramon ekanligi yozuvchi tilidan e’tirof etilmaydi. Aksincha, bu yumushni o‘quvchining o‘ziga qoldiradi, uni mushohadaga chorlaydi. Umuman olganda, asarda kimlar ulug‘lanayotgani, qoralanayotgani ko‘pincha bevosita emas, bavosita ifodalanadi. Majoziy, ko‘chma ma’noli tasvirlar ta’rif-u tavsiflarga tez-tez murojaat etilib, ularning ustuvorligi ta’minlanadi. Eng muhimi, tasvirlardagi majozlar ko‘chma ma’noli vositalar qahramonlarning betakror ruhiy dunyosini yoritishga xizmat qiladi.


Hikoyalarda «dedi-dedi» suhbatlar-u voqealar bayoni yo‘q. Aksincha, odamni o‘ylashga undaydigan, har bir so‘zning ortidan katta bir manzil-u makon, tirik odam taqdiri, uning qalbi borligini ko‘rishga da’vat qiladigan mushohada talablik bor". 2
Nazar Eshonqul ijodi yana koʻplab tanqidchi-olimlar, mustaqil izlanuvchilar tomonidan oʻrganolgan, qator ilmiy maqolalar, ilmiy tadqiqot ishlari yaratilgan va yaratilmoqda. Xususan S. Mirvaliyev, R. Shokirova " Oʻzbek adiblari" U. Normatov ("Umidbaxsh tamoyillar"), Q. Yoʻldoshev ("Yoniq soʻz", "Dastlabki dobon belgilari"), A. Rasulov (" Badiiylik- bezavol yangilik"), U. Hamdam ( " Yangilanish ehtiyoji") kabi adabiy-tanqidiy maqolalar Nazar Eshonqul asarlari negizida dunyoga keldi.
Darhaqiqat ushbu maqolani yozishga turtki bulgan kuch ham aynan Nazar Eshonqulning " San'at 2" ayrim manbalarda " Koʻngil manzaralari" nomi bilan keltirilgan hikoyasidir. Ilk bora hikoyani koʻzdan kechirganimda, juda joʻn yozilgan sayoz hikoyadek tuyuldi. Lekin asliyatda "umuminsoniy ruh bilan yozilib, umumbashariy dard bilan sugʻoorilgan" ushbu hikoya meni hikoyani takror va takror oʻqishga undadi.
Kambagʻal va qashsshoq rassom. Tashqi koʻrinishi oddiy kam alal inson, mansab va toifa jihatdan qashshoq rassom.
Ammo ichki tuygʻulari, tasavvuri, ma' naviy tuygʻusi nihoyatda goʻzal, nihoyatda boy oddiy rassom. Oʻzi singari oddiy va qashshoq muhabbati, badavlat va goʻzal malikaga erish tuyulgan sevgisi malikaning masxara qilishiga arzirmikin? ...
Kambagʻal rassom malikani koʻchada uchratdiyu, uning goʻzal siymosiga oshiq boʻlib qoldi . Malikaning goʻzal chehrasi rassom oshiqning tasavvurida bir umrga bir malak qiyofasida mihrlanib qoldi. U qiyofa rassom ongi shuurida kun sayin sayqallanib yanada mukammalroq, yanada jozibaliroq boʻlishga erishdi. Bundan shuni tushunish mumkinki, kambagʻal rassom boy tasavvuri bilan bir bora koʻrgan malikaning suratini bedor tuygʻular, mashaqqatli pgʻir yillar davomida xayoliy oshiqlik, visolga boʻlgan intiqlik, goʻzallikka boʻlgan muhabbati tufayli, oʻsha malakning siymosini yaratishga muvaffaq boʻladi. Oʻzi yaratgan malak tasavvuridagi malikaning qiyofadoshi oshiq va qashshoq rassomni kun sayin tetiklashtirib, yasharishiga sabab boʻladi.
Dunyoni goʻzallik qutqaradi deganlari rost gap. Kambagʻallarni yomon koʻrgan malika oshiq rassomni umri davomida chizolmaydigan imkonsiz jonli suratini chizishga da'vat etadi. Bu dav'at evaziga esa visol va'da qiladi. Rassomga hayotdagi oʻrnini bildirishga harakat qiladi. Ilojsiz suratni soʻradim deya magʻrurlanadi. Oxir oqibat oshiq rassom oʻzining boy tasavvuri va koʻz oldiga muhrlanib qolgan goʻzal qiyofaga nisbatan buyuk sevgisi, sadoqatli muhabbati tufayli imkonsiz suratni- oʻshal malakni yaratdiki, natijada badavlat, husn-u malohatda tengi yoq malika oshiq rassom sevgisidan bebaxra qoldi. Bu holat malikani gangitib, qilga xatosi haqida oʻylashga majbur qilishi muqarrar. Har qanday sharoitda kim boʻlishidan qat'i nazar, oʻziga oʻtkinchi husni tarovatiga ortiqcha baho bermasligi lozimligini anglatadi.
Yozuvchi Nazar Eshonqulning oshiq va qashshoq rassom obrazida shaxs oʻzining kambagʻalligiga qaramay, pok sevgisiga, goʻzallika boʻlgan muhabbati tufayli, oʻzligi va dunyo lazzatlaridan voz kechgan holda oʻsha goʻzal malak siymosi uchun tunlarni bedor oʻtkazib mashaqqatli va ogʻir yillarni boshdan oʻtkazgani, ammo oʻz sevgisidan, goʻzallika boʻlgan muhabbatidan voz kechmagani " Dunyoni goʻzallik qutqaradi" degan hikmatning haqiqatga aylangan koʻrinishidir.
Xulosa sifatida shuni aytishimiz mumkinki, dunyoda hamma narsa oʻtkinch : boylik, mansab, husn- malohat barchasi. Lekin goʻzallikka boʻlgan intilish, pok sevgi, ma'naviy ong hamda oʻziga boʻlgan ishonch, yor vasliga yetmoqlik umidi abadiydir.
Download 10,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish