GIPERINFLYASIYA - haddan tashqari inflyasiya, narx-
navoning shiddat bilan o'sishi, pul qadrining g'oyat tez pasayishi, pul
topishga intilishning minimal darajaga kelishi bilan ifodalanadi. G.
sharoitida narx-navoni mutlaqo tartibga solib bo'lmaydi.
VEKSEL - (nem.Wechsel, aynan-ayirboshlash) – qarz majburiyatlari xususida yozma holda berilgan maxsus ko'rinishdagi qimmatbaho qog'oz. Qarz bergan tomon vekselda ko'rsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega.
DEBITOR - (lat.debitor-qarzdor)- biror idora, tashkilot va shu
kabilardan qarzdor bo'lgan shaxs yoki tashkilot.
Do'stlaringiz bilan baham: |