Dunyoda nega ko‘pchilik 13 raqamini bexosiyat deb biladi



Download 46 Kb.
bet1/2
Sana23.02.2022
Hajmi46 Kb.
#168275
  1   2
Bog'liq
13 soni haqida

Dunyoda nega ko‘pchilik 13 raqamini bexosiyat deb biladi?


Baxtli va omadsiz raqamlarga ishonadigan insonlar uchun 13 raqami aynan juma kunga to‘g‘ri kelishi alohida e‘tibor qilinadigan hodisa.
Kuzatuvchilarga ko‘ra, raqamlarning xosiyatliligiga uy-joy , avtomobil bozori, aviatsiya va kinosanoatida ayniqsa katta amal qilinar ekan.
Qo‘rqinchli filmlar tarixida eng muvaffaqiyatlilardan deb sanalgan "Juma, 13nchi"stsenariyining muallifi Miller uchun 13 raqami omadli hisoblanadi.
Unga ko‘ra, "qo‘rqinchli" kinolar sanoati 13 raqami bilan o‘ynashishni yaxshi ko‘radi.
Makao universitetining professori Desmond Lemga ko‘ra, irim qilish odamlarga tasavvurini nazorat qilishni o‘rgatadi, ayni vaqtda umid ham beradi.
Boshqa sharoitda bu shunchaki avloddan avlodga o‘tib kelayotgan odat ham deyish mumkin.
"Odamlar ko‘p hollarda hayotlarini va atrofdagi hodisani nazorat qilishni xohlashadi.
Albatta bu ko‘pincha amalga oshmaganda, xayollaridagi nazoratga erishish uchun irimlarga berilishadi", - deydi professor Lem.
Aviayuklarni tashishda iloji boricha 13 raqamidan qochishga harakat qilinar ekan.
Hamma uchoqlarda bo‘lmasa ham, aksariyatida 13-qator o‘rindiqlari bo‘lmasligi kuzatilgan.
United, AirTran va Comair uchoqlarida 13-qator olib tashlangan, - deb aytgan uchoq nazoratchisi Bobbi Louri.
Ma‘lum bo‘lishicha, parvoz davomida nazoratni qo‘liga ololmasligi yo‘lovchilarda qo‘rquvni paydo qilar ekan.
Ko‘p yo‘lovchilar 13-qatorda o‘tirishni ortiqcha hayajonlanishga olib kelishini aytishgan.
Shu boisdan norozilar" bilan tortishuvga bormaslik uchun ko‘pchilik aviayo‘nalishlarda 13-qator bo‘lmasligi ma‘qullangan.
US Airways va American Airlines uchoqlarida 13-qatorni saqlab qolishgan. Bu kompaniyalar ishida 13-qatorga o‘tirishni xohlamagan yo‘lovchilar uchramagan.
Londonning Independent ro‘znomasining sayohat bo‘limi muharriri Saymon Kaldenning aytishicha, "13 raqamidan qo‘rqish asossiz.
Agar odamlar o‘sha kuni yo‘lga chiqishdan qo‘rqishganida chipta narxlari tushib ketgan bo‘lardi".
Irlandiya avtomobil sanoati birlashmasi esa xaridorlarni cho‘chitib qo‘ymaslik uchun, 2013 yilda chiqarilgan mashinalar raqamidan 13 sonini olib tashlashni ma‘qul ko‘rgan.
Findaproperty.com sayti Britaniyada 1999-2011 yillardagi uy-joylar savdosi bilan qiziqib, qiziq faktga duch kelgan.
13-kuni boshqa kunlardan ko‘ra 32 foiz kam uy sotilgan.
Shuningdek, 13 raqamidagi uylar arzonroqqa sotilgan ekan.
Kompaniyalar va ularning mijozlari haqiqatdan ham 13 raqamining xosiyatsizligiga ishonishadimi, yo‘qmi, yoki bu shunchaki odatmi, aniq aytish qiyin.
Biroq, professor Lemga ko‘ra, "xosiyatsiz raqamlarga ishonuvchilar ham, ishonmaydiganlar ham bor. Ba‘zilarga buning farqi bo‘lmasa ham, boshqalar qilgani uchun bu irimni davom ettiraverishadi".

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish