AXBOROT MANBALARI:
www. ziyonet.uz
www.philosophy.ru
Mavzu: DUNYO XALQLARI MADANIYATIDAGI UMUMIYLIK VA FARQLAR
1. Ijtimoiy, siyosiy va huquqiy madaniyat
2. Ommaviy madaniyatning shakllanish tarixi
3. Elitar madaniyat va individual madaniyat
Shpengler ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevroposentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga ko’ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud bo’ladi, shundan so’ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok bo’ladi. Har bir madaniyat o’z teran mazmuniga ega bo’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. Ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975) sivilizatsiyani yaxlit ijtimoiy tizim sifatida ifodalagan. U o’zining o’n ikki tomlik “Tarixni anglash” asarida keltirgan o’zaro o’rin almashuvchi lokal sivilizatsiyalar konsepsiyasida sivilizatsion taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida chaqiriq va javob nazariyasini ilgari surdi.
Toynbining fikricha din har qanday sivilizatsiyaning o’zagi va tayanchidir. Sivilizatsiyalarni bir – biridan farqlash va tasnif qilishda u yoki bu jahon dinlarini asos qilib olinishi bejiz emasdir: musulmon sivilizatsiyasi, xristian sivilizatsiyasi va hokazo. U dastlab 21, keyinchalik 37 ta sivilizatsini sanab o’tib, tarixiy jarayonning to’g’ri chiziq bo’ylab rivojlanishi haqidagi qarashlarga qarshi chiqdi va sivilizatsiyaning bosqichli-tsiklik rivojlanishini ta’kidladi. Toynbi Arab, Xitoy, Shumer, Mayya, Hind, Ellin, G’arb, Xristian (Rossiya), Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab, Meksika, Vavilon va boshqa sivilizatsiyalarni tadqiq etish natijasida “...tabiiy muhitdagi va odamlar tegrasidagi yashash sharoitlarining og’irligi sivilizatsiyaning vujudga kelishiga sabab bo’ladi”, -degan xulosaga keladi. Toynbi sivilizatsiyalarga “evolyutsion tipdagi faol tuzilmalar” sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan o’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok bo’ladi va uning o’rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.
Nemis faylasufi K.Yaspers (1883-1969 yy.) o’zining “Tarix manbalari va uning maqsadi” asarida sivilizatsion taraqqiyotning bosqichma-bosqich rivojlanishi konsepsiyasini ilgari surdi: tarixgacha bo’lgan davr, qadimgi davr madaniyati, vaqt o’qi (jahon tarixining boshlanishi), texnik davr (yagona jahon tarixiga o’tish). Uning fikricha tarixning mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan e’tiqod bilan belgilanadi. Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini bir-biridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi. Insoniyatga bunday e’tiqodni biron-bir jahon dini yoki milliy din taklif qilolmaydi Sotsiolog P.Sorokin (1889-1968) insoniyat madaniyatining butunjahon-tarixiy taraqqiyoti nazariyasini yaratdi. U bu taraqqiyotni markaziy mazmunga yoki mentallikka ega ulkan madaniy supertizimlar doirasida ko’rib chiqdi. Bu madaniy supertizimlar yoki sivilizatsiyalar insonlarning hayoti va hulqini, ko’pgina tarixiy jarayonlar va an’analarni belgilaydi.
Tarixning har qanday davrida, Sorokinning fikricha, beshta asosiy madaniy tizimlar mavjud: til, ahloq, din, fan, san’at. U sivilizatsiyalarni moddiy madaniyat hech bir tizimsiz ravishda namoyishga qo’yilgan ulkan muzeylar sifatida talqin qiladi. Sorokin sivilizatsiyalar tabiatining yaxlitligi g’oyasiga tanqidiy yondashib, uning tarkibiy qismlari o’zaro bog’lanmagan, deb hisoblagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |