4. Vazifadoshlik – narsa va hodisa orasidagi vazifaviy o’xshashlik asosida birining nomi ikkinchisiga ko’chirish asosida ma’no ko’chishi.
Vazifadoshlik asosida ma’no ko’chishi faqat ot turkumida uchraydi:
O’q – yoy o’qi, o’q – miltiq o’qi, o’q – zambarak o’qi; siyoh – yozuvda qo’llanadigan qora rangdagi suyuqlik, siyoh – yozuvda shu vazifani bajaradigan har qanday suyuqlik; chiroq – kerosin bilan yonadigan yorug’lik taratuvchi asbob, chiroq – elektr toki yordamida yorug’lik taratuvchi xuddi shu vazifani bajaradigan asbob; ko’mir – ilgarilari o’tinni ko’mib kuydirish orqali olinadigan yoqilg’i turi, ko’mir – yer ostidan qazib olinadigan va xuddi shu vazifani bajaradigan yoqilg’i turi.
5. Kinoya – so’zni teskari ma’noda ishlatish. Kinoyada so’z qo’shtirnoqqa olinadi. Bizni “homiy”lardan himoya qilg’il, Degan sharq xalqida piching duo bor.
6. Tag ma’no – butun boshli gapning, hatto kichik hajmdagi matnning ko’chma ma’noda qo’llanishidir:
Xotin: Sizga tekkuncha alvastiga tegsam bo’lmasmidi?!
Er: Afsuski, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |