Egalik, kelishik, shaxs-son morfemalari sintaktik shakl yasovchi morfemalar tarkibiga kiradi.
Morfemalarning agglutinativ tabiati - o‘zbek tilida ko‘makchi morfemalar, ya’ni qo‘shimchalar yetakchi morfemadan so‘ng keladi. Asosga eng avval so‘z yasovchi qo‘shimcha, so‘ng lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha, eng oxirida esa sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Fido-kor-lar-ga, o‘rn-a-sh-di-m, uyqu-sira-b-man kabi.
Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha, shakl yasovchi qo‘shimchalar ikkitadan qo‘shilsa, ular ketma-ket ulanadi, yuqoridagi tartib buzilmaydi: sinf-dosh-lar-im-dan,
Shuningdek, ayrim so‘zlarda umumiy tartib buzilishi ham kuzatiladi: es-la-gan-lik kabi. Bunda asos + so‘z yasovchi qo‘shimcha + shakl yasovchi qo‘shimcha + so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilmoqda.
Umuman olganda, qo‘shimchalarning qo‘shilishida o‘ng qo‘l qoidasiga rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |