II. Yangi so’zlar (neologizmlar) – hozirgi kunda yangilik belgisini saqlab turgan so’zlardir: lizing, audit, market, test, internet
QO‘LLANILISH DOIRASI CHEGARALANMAGAN
VA CHEGARALANGAN SO‘ZLAR
So‘zlar qo‘llanilish doirasiga ko‘ra chegaralanmagan va chegaralangan so‘zlarga bo‘linadi.
Umumxalq tilida keng qo‘llaniladigan va shu tilda so‘zlashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlarga qo‘llanish doirasi chegaralanmagan so‘zlar deyiladi. Ular neytral leksika atamasi bilan ham yuritiladi. Masalan, non, un, bug‘doy, salam, daftar, qor, bulut va boshqalar.
Faqat ma’lum sotsial guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanilib, umumxalq tiliga xos bo‘lmagan so‘zlar chegaralangan so‘zlar sanaladi. Bunday so‘zlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |