Harf – tovushning yozuvdagi ifodasidir. Yozma nutqni shakllantiruvchi, boshqa bo`lakka bo`linmaydigan eng kichik grafik belgi.
Bo`g`in – so`zning bir nafas zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovush birikmasidan iborat qismi. Mas., otamiz so`zida uch bo`g`in bor: o-ta-miz. Birinchi bo`g`in tovushdan, qolgan ikkitasi tovush birikmasidan iborat. O`zbek tilida bo`g`in unlisiz tuzilmaydi. So`zda qancha unli bo`lsa, shuncha bo`g`in bo`ladi. Bo`g`in sonini aniqlash uchun unlini sanab chiqish kifoya. Bo`g`in ikki belgi asosida tasniflanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |