Dastlab industrlashtirish Buyuk Britaniyada amalga oshirildi. Bu yerda industrlashtirish to`qimachilik sanoatda qo`l mehnatini mashinalashtirishdan boshlandi, keyin og`ir sanoatni industrlashtirish amalga oshirildi. AQSH, Germaniya va boshqa davlatlar Buyuk Britaniya tajribasidan foydalanib to`qimachilik sanoatini industrlashtirishdan tezlik bilan og`ir sanoatni mashinalashtirib, markazlashgan ishlab chiqarishni tashkil qildilar. Sanoatni (ishlab chiqarishni) tashkil qilishning asosiy shakllari (markazlashuv, kombinatlashuv, ixtisoslashuv, hamkorlashuv) 4.3. bo`limda ko`rib chiqildi. Endi sanoatning tarkibiy qismlari va to`zilishini ko`rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |