DUNYO MALIKALARI O’ZBEKISTONDA
Salqin saharlarda bodom gulida
Binafsha labida, yerlarda bahor
Qushlarning parvozi, yellarning nozi
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor.
Assalomu alaykum aziz mehmonlar yasharish yangilanish fasli bo’lmish bahor fasli barchangizga muborak bo’lsin .Yangilanish va yasharish fasli bo’lmish bahor mana o’lkamizga o’z sepini yoyib o’zi bilan qator bayramlarni ham olib keldi. Shu qatori bahorning ilk bayrami bo’lmish 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami bilan barcha ayollarimizni xush ayyom bilan muborakbod qilamiz.
Daraxtzorni oralar sabo
Yaproq uzra tongning shabnami
Nega jimsan xayollar aro
Ey yurtimning Bibimaryami
Qadam bossang yorishar bog’lar
Nigohingdan eriydi muzlik
Sen qorong’u tunimga chiroq
Sensiz hayot menga mayuslik
Tabiatning ko’rki kamoli
O yulduzim o tengsizim
O yolg’izim o’zbek ayoli
Bahorning ilk kunlaridanoq o’lkamizda go’zalik timsoli bo’lmish munis onajonlar, latofatli ayollar, go’zal qizlar bayrami keng miqiyosida nishonlanadi. Bugungi tadbirimiz ham siz go’zal ayollar; go’zal qilaloqlarga bagishlanadi. Biz uchun dasturi amal bo'lgan; ILK’QADAM o’quv dasturi doirasida bu oy mavzusi; GAROYIB OLAM mavzusi bo’lib, mavzuni mustahkamlash barobarida go’zal ayollarni madh etish niyatida bugungi tadbirni tayyorladik. Tadbirimizni DUNYO MALIKALARI O’ZBEKISTONDA deb nomladik. Yashash tarzi, urf-odatlari, oilaviy an’analari, tili, o’zimizga o’xshab ketadigan mamlakatlar malikalarini bahoriy bayramimizga taklif qildik,
Nozik niholdayin tanasi tinmas
Bor bo’lgin bolam der nolasi tinmas
Ayolning xech sabr bardoshi sinmas
Dardu sitamlarni sindirgan ayol
Ko’klamlar ayol chun quchogin ochdi
Quyosh ham olamga nurlarin sochdi
Jannatdur onalar oyogi osti
Olamni mehirga to’ldirgan ayol
Ayol har bir mamlakat ulug’lanadi qadirlanadi, U har bir jabhada ilgor ,u siosatchi ,o’qtuvchi ,ijodkor ,tadbirkor, sanatkor,eng asosiysi mehribon ona ,sadoqatli yordir .Bugun ham o’z mamlakatini bizga tanishtirish maqsadida 7 mamalakatdan mehmon bo’lib turgan jaji malikalarimizni siz bilan tanishtiramiz,
Yaponya –zamonaviylik ,qulaylil,mexnatkashlik ramzidir.Bu mamlakat qanchalik rivojlangan bo’lmasin ,xuddi o’zbek xalqidek o’z milliy qadimiy urf –odatlarini to’ligicha saqlab qolgan mamlakatdir .Ota –onaga ,ustozga .vatanga bo’lgan burch ,muhabbat farzandlar ongu shuuriga ilk yoshidanoq singdirib boriladi.
Tojikiston-zardo’zlik hunari asrlar davomida yanada rivojlanib ,sayqallanib kelayotgan,bu hunar orqali dunyo tanigan mamlakatdir,Xuddi O’bekistondagidek bu hunar avloddan avlodga o’tib oilaviy hunarmandchilikka aylangan.Tojikiston bilan hatto bahoriy bayramlarimiz ,to’yu –tomoshalarimiz ham o’xshash.
Azarbayjon- xuddi o’zbek xalqidek jo’shqin ,mehmondo’st halq,Betakror go’zal tabiyati ,ulugvor toglari takrorlanmas o’simlik dunyosiga ega mamlakatdir,yigitlari gururi Azarbayjon toglaridek yuksak ,qizlari go’zalligi nozikligi Azarbayjon tabiatidek takrorlanmasdir.Ayniqsa Azarbayjon gilamlari dunyoga mashurdir ,ayniqsa gilam muzeyi sayyohlar orasida mashhurdir xuddi bizning Xiva gilamlaridek .
Ispanya-go’zal zaytunzorlari foydali zaytun yogi eksporti bilan dunyoga mashxur mamlakatdir.Joshqin kuy qo’shiqlari ,har bir mamlakatda ma’lum va mashhurdir.Xuddi o’zbek oshxonasidagidek turli –tumat sifatli mahsulotlardan ajoyib to’yimli foydali taomlari bilan mashhur.
Rossiya-dunyodagi eng katta yer maydoniga ega eng katta o’rmonzorlarga ega mamlakat.Bugdoy yetishtirish bo’yicha ham oldingi o’rinlarda turadi.Qadimiy go’zal shaharlar saqlanib qolgan ,ayniqsa KREMIL maydoni ,matryoshka o’inchogi blinchik ,shi ,oshirma nonlari va bulochkalari sayyohlar orasida juda mashhur ,O’bekiston bilan siyosiy va do’stlik aloqalari mustahkam o’rnatilgan.
Hindiston -jo’shqin kuy qo’shiqlari ,go’zal an’analari ,maftunkor me’moriy obidalari bilan mashhur bo’lgan mamlakat,bayramlari ,kiyimlari rago-rang jo’shqin insonlar mamlakati .ayniqsa dunyoning 7 mo’jizasidan biri bo’lgan bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Bobour avlodlari tomonidan barpo etilgan TOJMAHAL yodgorligi xali hamon dunyo sayyohlarini hayratda qoldirmoqda ,
O’BEKISTON – 4 fasil ko’rkini o’zida jamlagan serquyosh zamindir,Bu yurtdan dunyo tanigan olimlar, matematiklar,shoirlar ,faylasuflar chiqqan,O”zbekiston xalqi tantinti ,azim toglari,go’zal boglari ,shifobaxsh buloqlari shirindan shakar mevalari ,mashxur taomlari qadimiy obidalari bilan mashhur
Yaponiyalik malika tanishtiruv
Tojikistonlik malika tanishtiruv
Azarbayjonlik malika tanishtiruv
Ispaniyalik malika tanishtiruv
Rossiyalik malika tanishtiruv
Hindistonlik malika tanishtiruv
O’zbekistonlik malika tanishtiruv.
Katta rahmat barchangiz hush kelibsiz.
Bog’larda boshlanar go’zallik bahsi
Rayhonlar shiviri ,lolalar raqsi
Ko’lda oy yulduzlar ,nihollar aksi
Yana yuz ochmoqda yurtim bahori
Endigi navbat 13-son MTT xodimlari tomonidan tayyorlangan “Bahor valsi” raqsi.
Katta rahmat.
Majnuntol jiydadan taqishar sirg’a
Jildirab oqadi sohilda jilg’a
Yulduzlar maysalar qiladi jilva
Yana yuz ochmoqda yurtim bahori
{ruscha raqs}
Do'stlaringiz bilan baham: |