KONUSLI PROEKSIYALARNI GRAFIK USULDA CHIZISH.
Maydoni katta va sharqdan g’arbga cho’zilgan mamlakatlarning xududlari konusli proeksiyalarda chiziladi. Kotabi tanlanadi, meridianlar prallellarni har necha gradusdan o’tkazilishi belgilanadi. O’rta meridian va kartasi chiziladigan hududning chekka (.)lari oldindan aniqlab qo’yiladi. Biz MDS kartasi uchun masshtabi 1:83mln bo’lgan proeksiya
chizish haqida to’xtalib o’tamiz. Bizning misolimizda karta parallellari har 20ºdan meridianlar har 10ºdan o’tkazi ladi 100ºli meridian o’rta meridian qilib olinadi,chekka (.)lar MDSning eng chekka (.)lari xisoblanadi. Proeksiya quyida- gicha chiziladi:
Proeksiya chiziladigan qog’ozning yuqoriroq qismida (.) qo’yilib,undan pastga tomontik chiziq ya’ni o’rta-100º -
meridian chiziladiva bu meridianga parallel qilib (.) orqali chiziq o’tkaziladi.
O’rta meridianning uznligini aniqlash uchun globusda qutbdan 30ºli parallelgacha bo’lgan uzunlikni o’lchab, uni 0,6ga ko’paytiriladi, chunki chiqqan son (79mm) qutbdan 30ºli parallelgacha bo’lgan uznlik bo’ladi. 1:50mln masshtabli globusda qutbdan 30ºli parallelgacha 132mlnni 0,6ga bo’linadi.
Keyin transportirni qutbga qo’yib 10ºli burchaklar (.)lar bilan belgilab chiqiladi va bu belgilangan (.)lar qutb bilan birlashtirilib meridianlar burchaklari 60º,50º,40º va 30ºli parallellar o’tkaziladi. Bu parallellarning radiusini aniqlash uchun globusda har 10º falig’ini o’lchab 0,6ga ko’paytiramiz. MDQning eng chekka (.)lari belgilab, shu (.)lar yaqinidan kartaning 4 burchakli ramkasi chiziladi.
Parallel va meridianlarning gradus qiymatlari yozilib, ramkadan tashqaridagi chiziqlar o’chiriladi va globusda geografik ob’ektlar tushirilib, so’ng karta jihozlanadi.
III BOB. KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYA, KARTA TUZISHDA
ISHLATILADIGAN KARTOGRAFIK USULLAR.
1. KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYANING XUSUSIYATLARI VA ULARNI O’RGANISH.
Yer yuzi kartaga tushirilganda undagi hamma tafsilotlar, voqea va xodisalar tasvirlanmasdan, ularning eng asosiy- lari,kerakliklari tanlab,saralab tasvirlanadi. Lekin tanlash, saralash ishlari har kimning xohishicha qilinmasdan ma’lum qoida va bilim asosida bajariladi. Kartograkiyada bu jarayon, ya’ni tanlash saralash kartografik generalizat –
siya deb ataladi.
“Generalizatsiya”termini fransuzcha “generalistion”umumlashtirish degan ma’noni bildirib, lotincha “generalis” (umumiy, asosiy) so’zidan kelib chiqqan. Karta generalizatsiyaga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi.
1. Kartaқmasshtabi.
2. Kartaқmaqsasdi.
3. Kartaқmazmuni.
4.Kartada tasvirlanayotgan xududқo’ziga xos xususiyatlarini xisobga olish.
Kartaning masshtabi generalizatsiyada asosiy faktorlardan bo’lib, masshtab maydalashgan sari tasviranadigan geografik ob’ektlar saralanib, kamayib boradi. Masshtabning generalizatsiyaga ta’sirini bir xududning 2 xil masshtab dagi kartalarni taqqoslash bilan yaqqol ko’rish mumkin. Masshtab maydalashgan sari tasvirlanadigan tafsilotlar kichrayib, kartani o’qish qiyinlashadi. Shuning uchun ob’ektlarning eng zarurlari tanlab olinib, 2-darajadagilar tushi –
rib qoldiriladi. Binobarn kichik kartada joydagi geografik tafsilotlarning hammasini tasvirlash qiyin, shuning uchun ham eng kerakli ya’ni eng asosiy tafsilotlar tanlab olishi zarur bo’ladi. O’rta Osiyo kartasida esa xatto qirg’iziston,
Takas, Olotovi, Farg’ona, Turkiston, Zarafshon, Oloy, orqa Oloy tizmalari berilgan.
Kartalarning maqsadi ham generalizatsiyaga katta ta’sir ko’rsatadi. Kartalar bir xil masshtabga ham har xil maqsadda uchun chiqarilishi sababli ularning mazmuni har xil bo’ladi. Masalan: bir xil masshtabdagi sobiq SSSR tabiiy geografik devoriy kartasini taqqoslasak,bular farqi juda yaqqol ko’rinadi. Ayniqsa axoli yashaydigan joylarda, daryolar, relef elementlari 7 – sinf uchun chiqarilgan tabiiy kartada mukammalroq tasvirlanganligini o’quvchilar ham bemalol aytib bera oladi. Yoki 1:5 mln masshtabli devoriy siyosiy – ma’muriy karta bilan 1:8 mln masshtabdagi siprovochnik tipidagi siyosiy-ma’muriy kartani taqqoslasak 1:8 mln masshtabli kartada aholi yashaydigan joylar va aloqa yo’llari yaxlit bir necha marta ko’p tasvirlanganligini ko’ramiz. Maktablar uchun chiqarilgan kartalarda, karta- ning mazmunidan tashqari o’quv dasturi talablari va o’quvchilarning yoshi, bilim darajasi e’tiborga olinadi, binobarin o’quv kartalari bilan siprovochnik kartalar o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga ko’ra farq qiladi. Bu karta generalizat –
siyasida o’z aksini topadi.
Generalizatsiya qilishda karta mazmunining ro’li ham kam emas, O’zbekistonning bir xil masshtabdagi tabiiy va siyosiy – ma’muriy kartalarda tasvirlangan geografik elementlarning soni bir xilda emas. Vaholangki, bu ikkala karta ham bir xil masshtabda va bir sinf uchun mo’ljallangan. O’zbekistonning tabiiy geografik kartasida aholi yashaydigan
joylarning soni siyosiy – ma’muriy kartadagiga nisbatan juda kam.
Tabiiy kartadagi ba’zi bir aholi punkitlari siyosiy – ma’muriy kartada berilmagan. Masalan: Gazli Martonbuloq, Chodak, G’azg’on va boshqalar. Bu xil aholi punkitlari qazilma boyliklari chiqadigan joylar bo’lib, argental hisobla –
nadi. Undan tashqari, qazilma boyliklari, tabiiy geografiyasining elementlari hamdir. Siyosiy – ma’muriy kartada
aholisining soni bu aytib o’tilgan shaharlardagidan ancha kam bo’lsa ham lekin ma’muriy markazlar tasvirlangan, chunki kartaning mazmuni shuni taqazo qiladi.
Kartada tasvirlanayotgan hududlarning o’ziga hos hususiyatlarini e’tiborga olish generalizatsiya 4 – omilidir. Karta tuzishda yuqoridagi uchta omilni hisobga olgan holda bu omilga alohida e’tibor berish lozim. Har qanday hududning kartasida mazkur joining tabiiy hususiyatlari saqlanishi kerak. Masalan: Finlandiya “Ming qo’llar” mamlakati deb ham yuritiladi. Uning janubiy qismida qo’llar landshafti asosiy o’rin tutadi. Generalizatsiya natijasida kartada mayday qo’llar tasvirlanmasa ham bo’lar edi. Lekin Finlandiya kartasida qo’llar tasvirlanmasa, qo’llar landshafti aks etmay qoladi. Shu sababli mayday bo’lsa ham qo’llar hududning o’ziga hos xususiyati sifatida tasvirlanishi lozim bo’ladi.
Bu yerda mayday orol, yarim orolning ko’pligi qirg’oqning juda pachaqlanib ketganligi, bu hududning o’ziga xos hususiyati bo’lib qolgan. Ular ham kartada tasvirlana beradi.
Generalizatsiya qilishda geografik ob’ektlarning o’ziga xos hususiyatlaridan tashqari, geografik elementlarning xalq ho’jaligidagi ro’li ham e’tiborga olinishi kerak. Masalan: O’rat Osiyoda suv ob’ektlarining ro’li nihoyatda katta, deyarli hamma xalqlari tarmoqlari suv bilan bog’liqdir. Shuning uchun O’rta Osiyo karatalarida suv ob’ektlari iloji boricha to’liq ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |