Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Tarbiya fanini o’qitishda “ Dunyo (borliq) moxiyatini” talqini innovasion uslub ekanligiga bir nazar. (7- sinf Tarbiya darsligi misolida)
Abdupattayev Xasanboy Abduraxmonovich
Qo‘qon davlat pedagogika instituti,
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va
huquq ta’limi kafedrasi o‘qituvchisi
(99) 9956628
abdupattaevhasanboy@gmail.com
Qo’qon. O’zbekiston
Annotasiya: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Tarbiya darsligiga “Dunyo (borliq) mohiyati talqini”niga oid mavzularni kiritish lozim chunki inson kapitalini saqlab qolishda va shakilantirishda muhim kasb etadi. Sundan kelib chiqib bu maqolada Tarbiya faniTarbiya darsligining bosh mavzularidan o‘rin berish lozimligi ilmiy asoslanganligini korish mumkin.
Annotation: In general secondary schools, the subject of "Interpretation of the essence of the world (being)" should be included in the textbook of education, because it plays an important role in the preservation and formation of human capital. From this it can be seen that the science of education should be included in the main topics of the textbook.
Annotasiya: В общеобразовательных школах предмет «Толкование сущности мира (бытия)» должен быть включен в учебник образования, поскольку он играет важную роль в сохранении и формировании человеческого капитала. Отсюда видно, что наука о воспитании должна быть включена в основные темы учебника.
Kalit so‘zlar: Tarbiya, Tarbiya nazariyasi va amaliyoti, inson kapitali, Dunyo (borliq) moxiyati talqini, “mo‘min qobil”, “itoatkor”, usqurtma, bazis.
Keywords: Education, Theory and practice of education, human capital, the essence of the interpretation of the world (being), "able believer", "obedient", whisper, basis.
Ключевые слова: Образование, Теория и практика образования, человеческий капитал, сущност истолкования мира (бытия), «верующий способный», «послушный», насмешка, основа.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022 yil 28-yanvar maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan yana ikkinchi bor videoselektor yig‘ilishi bo‘ldi. Yig‘ilishda sohani kompleks rivojlantirish va isloh qilishga qaratilgan yangi tashabbuslar ilgari suriladi.
“Ta’lim-tarbiya – bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois, bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo‘q. Qanchalik murakkab bo‘lmasin, maktab ta’limida poydevorni bugundan mustahkam qo‘yishimiz kerak. Chunki biz ko‘p vaqt yo‘qotganmiz[1]”, deb ta’kidladi Prezident. Mazkur zarurat tufayli ushbu 7-sinf tarbiya fanining uslubiy-metodik asoslari: konsepsiyasi, darsligi, ulardagi yondashuvlar, uslub va metodlarining yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy-nazariy va empirik tajribalarga asoslangan yechimlar berishdan iboratdir.
7-sinf Tarbiya fanining uslubiy-metodik asoslarining tahlili quyidagi mezonlar:
tarbiya fanining uslubiy-metodik asoslarida dunyo (borliq) va inson mohiyatining talqini;
tarbiya fanining uslubiy-metodik asoslarida davriylik tamoyili;
tarbiya fanining uslubiy-metodik asoslarida inson kapitaliga munosabat;
tarbiya fanining uslubiy-metodik asoslarida ijtimoiylashuv va shaxsga qaratilgan tarbiya tamoyillari asosida o‘rganiladi.
7 -sinf Tarbiya fanining uslubiy-metodik asoslari: konsepsiyasi, darsligi, ulardagi yondashuvlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, mazkur asoslarda «Dunyo (borliq) mohiyati talqini» masalasiga alohida o‘rin ajratilmagan.
7-sinf Tarbiya fani darsligi mundarijasi.
«Dunyo (borliq) mohiyati talqini» masalasi bir sinfga taalluqli darslikda bo‘lmasligi ehtimoli hisobga olingan holda Tarbiya darsligining 1–9 sinflarga tegishli darsliklari ham tahlil etildi. Lekin mazkur darsliklarda ham ushbu masalalarga yaxlit (alohida mavzu ko‘rinishida) va batafsil o‘rin ajratilmagani ma’lum bo‘ldi (Qarang: 1-ilovaga). Ta’kidlash kerakki, Tarbiya fanini o‘qitishda «dunyo (borliq) mohiyatini talqin qilish» masalasini yopiq holda qolib ketishi mumkin emas. Chunki mazkur metodologik masala ochib berilmay turib, o‘quvchilarda boshqa mavzularda mo‘ljallangan ko‘nikma va malakalarni hosil etib bo‘lmaydi. Binobarin, tarbiya jarayoni uchun «dunyo (borliq) mohiyatini talqin qilish» masalasi fundamental masala bo‘lib, boshqa mavzular ushbu masala ustiga quriladigan ustqurma hisoblanadi. 7-sinf Tarbiya fani darsligida (1–9 sinflar uchun mo‘ljallangan darsliklarda ham) aynan «Dunyo (borliq) mohiyatini talqin qilish» yo‘nalishidagi m avzularning yo‘qligi mazkur masalada bo‘shliq yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.
Bizningcha, «dunyo (borliq) mohiyatini talqin qilish» masalasini
7-sinf Tarbiya fani darsligi mazmuniga kiritish maqsadga muvofiq bo‘lib, uning nazariy mohiyatini (Abu Nasr Farobiy, Aziziddin Nasafiy va boshqa mutafakkir ajdodlarimiz qarashlariga mos ravishda) «Dunyo (borliq) bu - o‘z tuzilishi va mohiyatiga ko‘ra moddiy va nomoddiy unsur (element)lar majmuasidan iborat bo‘lgan yaxlit (ikki yorti bir butun) voqelikdir», deya ta’riflash hamda unga darslikning boshlanish qismidan joy berish lozim bo‘ladi. Darslikning mana shunday mazmunda boshlanishi, uni dunyo (borliq) mazmunidan tabiat, jamiyat, inson mohiyati, uning xulq-atvori, tarbiyasi yo‘nalishida bo‘lishini ta’minlab beradi. Bu yondashuv darslikni dyeduksiya - umumiylikdan xususiylikka[2, 126b], oddiylikdan murakkablikka, tizimlilik va izchillik qoida va tamoyillari mos bo‘lishini ta’minlab beradi. 7-sinf Tarbiya fani darsligida «dunyo (borliq) mohiyatini talqin qilish» yo‘nalishidagi mavzular yo‘q bo‘lsa-da, unda inson mohiyatining tahliliy yo‘nalishida bir qator mavzular shakllantirilganligini ko‘rish mumkin. Shunga qaramay, darslik mazmunida inson mohiyatiga bag‘ishlangan mavzularda:
ekzistensializm [3] (lotincha exsistentia – yashash, mavjudlik) falsafasi ya’ni, insonning mavjudligi asosan, g‘amxo‘rlik, qat’iylik, qo‘rish, vijdon kabilarda nomoyon bo‘lishida ekanligini his ettirish – anglatish masalasiga urg‘u berilmagani;
nazariya ulushining ko‘pligi, sensual (his ettiruvchi), amaliy ko‘nikmalar hosil qiluvchi mavzular ulushinining yetarli emasligi;
burch va majburiyatlarni anglatish tendensiyasining yuqoriligi;
faxr, g‘urur va huquqni anglatuvchi hamda ulardan amaliyotda foydalanishni o‘rgatuvchi mavzular nisbati kamligini keltirish mumkin.
Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turganidek, tarbiya metodologiyasi uchun inson kapitalini yuksaltirish, uni foyda olishga o‘rgatish muhim hisoblanadi. Lekin har qanday holatda ham inson kapitalini yuksaltirish va uni foyda olishga o‘rgatishni tarbiya metodologiyasining bosh g‘oyasiga aylantirib bo‘lmaydi. Tarbiya metodologiyasining bosh g‘oyasi–ijtimoiylashuv va shaxsga yo‘naltirilgan tarbiyani yo‘lga qo‘yishga qaratilgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Foydalangan adabiyotlar
1. Shavkat Mirziyoyev raisligida 2022 йил 28 yanvar kuni maktab ta’limini rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi.
https://www.google.ru/url?esrc=s&q=&rct=j&sa=U&url=https://kun.uz/news/2022/01/28/prezident-dars-otish-mahorati-past-bolgan-pedagoglarni-tanqid
2. Sharipov M., Fayzixo‘jayeva D., Safarboyev M. Mantiq. – T.: 2008. – B. 126.
3. Ekzistensializm. Qarang: https://qomus.info/encyclopedia/cat-e/ekzistentsializm-uz/ (murojaat qilingan sana: 19 mart 2019 yil).
Do'stlaringiz bilan baham: |