Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat



Download 29,5 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi29,5 Kb.
#430568
Bog'liq
Nuriddinova Mohiniso Vahobovna


Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat.
Navoiy viloyati Nurota tumani 27- umumiy o'rta ta'lim maktabi geografiya fani o'qituvchisi Nuriddinova Mohiniso Vahobovna
Anotatsiya:Ushbu maqolada dunyo aholisining demografik vaziyatlari ya'ni aholisi sonining ortib borishi,yoki kamayishi haqida ma‘lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:Dunyo aholisi,demografik vaziyat,Amerika,Okeaniya,Rossiya,turmush darajasi.
XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘i lish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820–1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrof da va o‘sishi davom etmoqda.Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografik portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rtacha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demograf k portlash XIX asrning boshi – XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’at- lar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi. Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi yuqori tezlik bilan o‘sib kelgan bir paytning o‘zida, Yevropa davlatlari va Yaponiyada aholining tabiiy ko‘payishi keskin sekinlashdi. Hattoki, ayrim hollarda tug‘ilish o‘limdan ham pastroq darajaga tushib ketib, aholining tabiiy kamayish (depopulyatsiya) jarayoni ham ro‘y berdi. Demografik portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib ketish jara yoni sabablarini demografik o‘tish nazariyasi yordamida izohlash mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatda aholining takror barpo bo‘lishi 4 ta bosqichdan o‘tib o‘zgarib boradi. Dastlabki, 1-bosqichda tug‘ilish bilan o‘lim juda yuqori bo‘lib, orasidagi tafovut, ya’ni aholi tabiiy ko‘payishi minimal darajada saqlanadi. Bunday demografik vaziyat "an’anaviy turg‘unlik” deb ataladi. Keyingi, 2-bosqich davomida o‘lim darajasi keskin kamayib, yuqorida ta’riflangan demografik portlash hodisasi ro‘y beradi. Demograf k o‘tishning 3-bosqichida o‘limning pasayish jarayoni o‘z poyoniga yetib, tug‘i lish darajasi kamayishni boshlaydi. Tug‘ilishning pasayib ketishi aholining yashash tarzi o‘zgarganligi (shaharlashuv, sanoatlashuv, mehnat unumdorligining yuksalishi, tibbi yotning rivojlanishi, ayollarning jamiyatdagi o‘rni o‘zgarishi va hokazo) natijasida yuzaga keladi. Yakuniy, 4-bosqichda esa tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari ancha past bo‘lib, tabiiy ko‘payish minimal darajada kuzatiladi va "zamonaviy barqarorlik” deb ataluv chi demografik vaziyat vujudga keladi. Ba’zida demograf k o‘tish jarayoni bu holat bilan chegaralanib qolmasdan, depopulyatsiya bosqichiga ham o‘tib ketadi. Dunyoning turli mamlakatlari demografik o‘tishning har xil bosqichini boshdan kechirmoqda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlar 4-bosqichda bo‘lib, tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining pastligi bilan ajralib turibdi. Osiyoda Janubiy va Shimoliy Koreya, Singapur, Tailand va hattoki aholi soni jihatidan dunyoda yetakchilik qilayotgan Xitoy ham demografik o‘tishning yakuniy bosqichiga kirdi. Lotin Amerikasi va Okeaniyaning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida ham o‘xshash demograf k vaziyat kuzatilmoqda. Tug‘ilish va aholining tabiiy ko‘payishining eng past ko‘rsatkichlari esa Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Ruminiya, Latviya, Litva, Ukraina kabi Yevropaning o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlariga xos. Bu davlatlarda bir necha yildan buyon aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lmoqda.Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi demografik o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda, ularda tug‘ilish ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayib bormoqda. Demografi k o‘tish jarayonining eng past sur’atlari esa Afrika davlatlari uchun xos. Ayniqsa, G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlarida tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining yuqori darajalari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, jahonning aholi tabiiy ko‘payish sur’atlari bo‘yicha 10 ta yetakchi davlat ichida 9 tasi Afrika materigida joylashgan, birinchi beshlikdan esa faqat Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan. Demak, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hamda o‘tish iqtisodiyotidagi ko‘p davlatlar demografik o‘tishni yakunlab qo‘ygan bo‘lsa lar, Afrikaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan eng sust rivojlangan mamlakatlari 2-bosqichdan 3-bosqichga o‘tish arafasida turibdi. Shuning uchun hozirgi sharoitda dunyo aholisi, asosan, rivojlanayotgan va eng qoloq mamlakatlar hisobiga ko‘payib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo aholisi har yili o‘rtacha 70–80 mln kishiga ko‘paysa, bu ko‘payishning 97% Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlariga to‘g‘ri keladi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning demografik vaziyatidagi tafovutlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, shaharlashuv, aholining turmush tarzi va an’anaviy qadriyatlarning saqlanganlik darajasi kabi omillar bilan bog‘liq.Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu muammolar ishsizlik, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi kamchiliklar bo‘lsa, rivojlangan davlatlarda ular mehnat resurslari yetishmasligi, nafaqa va soliq tizimlarining beqarorligida bilinadi. Ayrim davlatlar demografik vaziyatini o‘zgartirish maqsadida maxsus moddiy, ma’muriy va targ‘ibot choralarini qo‘llab kelmoqda. Davlat tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshiriladigan bunday choralar tizimi demografik siyosat deb ataladi. Demografik siyosat, asosan, ikki xil: mamlakat aholisi tabiiy o‘sishini kamaytirishga qaratilgan yoki uni ko‘tarish maqsadini ko‘zlaydigan bo‘ladi. Birinchi yo‘nalishdagi demografik siyosat tajribalari Xitoy, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Eron va boshqa rivojlanayotgan davlatlarda mavjud bo‘lsa, ikkinchisi Yevropa mamlakatlarida amalga oshirilmoqda.Rossiyada tug'ilish darajasi 2045-2050 yillarda kamayadi. 2005-2010 yillardagi 11,2 ‰ga nisbatan 10,5 ‰ gacha yoki yiliga 1,5 dan 1,2 million kishigacha. O'lim darajasi ham kamayadi - yiliga 2,3 milliondan 1,9 milliongacha. Go'daklar o'limi darajasi 19 dan 9 ‰ gacha, shu jumladan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun - 21 dan 11 ‰ gacha pasayishi prognoz qilinmoqda. . O'rtacha umr ko'rish dinamikasi bo'yicha qulay prognozlar - 72,9 yoshgacha (erkaklar uchun - 68,9 gacha; ayollar uchun - 76,5 gacha). Sof migratsiya barqaror darajada yiliga 50 ming kishi yoki 0,4 ‰ prognoz qilinmoqda.BMT prognozining asosiy xulosasi quyidagicha. 2005-2050 yillarga mo'ljallangan tug'ilishning pasayishiga qaramasdan, asrning o'rtalariga kelib aholining yillik o'sishi taxminan 34 million kishini tashkil etadi va o'rtacha tug'ilish darajasi bo'lgan dunyo aholisi 9,1 milliard kishiga etadi.TARLETSKAYA Lidiya Vladimirovna, nomzod iqtisodiy fanlar, Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi MGIMO (U) dotsenti.Ushbu maqolani tayyorlashda BMT prognozlari va taxminlari bilan bir qatorda Jahon aholisining istiqbollari. 2004 yilgi tahrir, Birlashgan Millatlar Tashkilotining boshqa nufuzli nashrlari, xususan, BMTning 2006 yil uchun demografik yilnomasi, shuningdek, ma'lumotlar banki ishonchli ma'lumotlarga eng boy bo'lgan OECD nashrlari ma'lumotlaridan foydalanilgan.Bu ishlar XMT, YUNESKO, FAO va boshqa qator tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh tomonidan amalga oshirilmoqda.Jahon aholisining istiqbollari.
Sof ko'payish darajasi - bu tug'ilish va o'lim darajasida reproduktiv davrning oxirigacha (15-49 yosh) omon qolgan bir ayoldan tug'ilgan qizlarning o'rtacha soni, shartli ravishda o'zgarmagan deb hisoblanadi.Bundan keyin, agar boshqacha ko'rsatilmagan bo'lsa, hisob-kitoblar Jahon aholisining istiqbollari ma'lumotlaridan olingan ma'lumotlarga asoslanadi.
Xulosa:Ushbu maqolada Dunyo aholisining sonining ortishi yoki kamayishi haqida hamda sof ko'payish darajasi haqida ma‘lumotlar berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
Dunyo aholisi demografiyasi haqida qo’llanmalar.
Download 29,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish