Jahonda aholi zichligi eng yuqori va eng kam bo`lgan davlatlar: (1 km2 ga kishi hisobida 2017-yil)
1. Monako – 33104 1. G`arbiy Sahroi Kabir – 2
2. Xitoy Makaosi – 20346 2. Mongoliya – 2
3. Singapur – 6785 3. Gviana – 2
4. Malta – 1288 4. Namibiya – 3
5. Baxrayn – 1098 5. Botsvana – 3
6. Bangladesh – 1035 6. Kanada – 3
7. Maldiv Resp – 1020 7. Avstraliya – 3.
Shunday qilib, aholi joylashishiga tabiiy sharoitlar, iqtisodiy sharoitlar, aholining kelib o`rnashgn vaqti, xo`jalik tipi ( dehqonchilikdami, sanoatdami, chorvachilikdami?), tashqi va ichki migrasiyalarning intensivligi kabilar hal qiluvchi ta`sir ko`rsatadi. Ayni paytda Afrika aholisining joylashishiga tarixiy sharoit, ya`ni qul savdosi va mustamlakachilik tizimining ta`siri kuchli bo`lgan.
Har bir mamlakatning rivojlanishi uchun aholining muayyan soni va zichligi bo`lishi kerak.
Aholining soniga va joylashishiga aholining tabiiy ko`payishi bilan birga aholining “mexanik ko`payishi” ya`ni migrasiyalar ham katta ta`sir ko`rsatadi.Migrasiyaning asosiy sababi iqtisodiy sabab bo`lib, undan tashqari: siyosiy, diniy, milliy (turklar bilan o`zbeklar), ekologik (Orol bo`yi, Rur havzasi) sabablari ham mavjud.
Ichki migrasiyalar – bir mamlakat doirasida aholining qayta taqsimlanishi bo`lib, unda umumiy aholi soniga ta`sir etmaydi.
Tashqi migrasiyalar – mamlakat va qit`alar aholisi soniga ta`sir etadi. Immigrasiya – emmigrasiyadan ortiq bo`lganda mamlakat aholisi mexanik ko`payadi. Emmigrasiya ortganda esa aholi mexanik kamayadi. XIXasr boshlaridan II-jahon urushiga qadar Yevropa asosiy emigrasiya markaziga aylandi va 60 mln aholi ko`chib ketdi, 1-navbatda Shimoliy Amerikaga, Braziliyaga, Argentina, JAR, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga. II-jahon urushidan so`ng emmigrasiyaning 2-markazi – Osiyo vujudga keldi. Asosan Xitoy, Hindiston, Bangladesh, Yaponiyadan Horijiy Yevropa davlatlariga; JAR, AQSH, Braziliya, Indoneziya, Singapurga migrasiya kuchaydi.
1970-80 yillar Yer sharida immigratsiyaning yangi markazi Yaqin Sharq paydo bo`ldi. Bu regionda OPEK ga a`zo davlatlar chetdan ko`plab mehnatkashlarni o`ziga jalb qildi. Hindiston, Pokiston, Bangladesh – Yaqin Sharq mamlakatlariga asosiy ishchi kuchi etkazib beruvchi davlatlarga aylanib qoldi.Lekin hamon AQSH jahonda immigrasiyaning muhim markazi bo`lib kelmoqda. Yiliga AQSH ga 1 mln aholi immigrasiya qilmoqda.
XX asrning 2-yarmida tashqi migrasiyaning yangi shakli “Oqillar (donolar) migrasiyasi” paydo bo`ldi. Bunda: olimlar, vrachlar, injenerlar va boshqa malakali mutaxassislar ko`chib ketadi. “Oqillar migrasiyasi” dastlab Horijiy Yevropadan AQSH ga bo`lgan bo`lsa, 1980-90 yillardagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatlar tufayli MDH davlatlaridan Horijiy Yevropa va AQSH ga bo`lishi kuzatilinmoqda.
Jahondagi chet el ishchi kuchlarining ( mehnatkashlar migrasiyasining) 40 % i SHimoliy Amerikaga, 25 % i Yevropaga, 20 % i Osiyoga, 15 % i boshqa regionlarga to`g`ri keladi.
Iqtisodiy faol aholining Katarda 92 % ini, BAA da 89 % ini, Quvaytda 86 % ini, Omanda 70 % ini, Saudiya Arabistonida 60 % ini, Liviyada 50 % ini “gastarbeytarlar” tashkil etadi (2005 y).
Ichki migrasiyaga aholi qishloq joylaridan shaharlarga ko`chishi ham kiradi. XX asrning oxirlariga kelib bu migrasiya ko`lami shu qadar kattalashdiki, buni “XX-asrda aholining buyuk ko`chishi” deb atalindi.
Yangi yerlarning o`zlashtirilish ham migratsiya bilan bog`liq bo`lib, hududi katta va aholisi zich mamlakatlarda kuzatilinadi. Masalan: Rossiyada (Qoratuproq zonasining o`zlashtirilishi, BAM ni, taygani o`zlashtirilishi), Qozog`istonda,Kanadada (Shimolni o`zlashtirilishi), Braziliyada (Amazoniyani), Avstraliyada (savannalarni), Xitoyda (Tibetni), O`zbekistonda (Mirzacho`l, Yozyovon).
Shaharlar. Ma`lumki, dastlab shaharlar Nil deltasida va Mesopotamiyada (Vavilion) savdo va hunarmandchilik markazlari, harbiy qo`rg`onlar sifati paydo bo`lgan. Kapitalizmning rivojlanishi bilan shaharlar soni va salmog`iham ortib bordi. Shaharlarning iqtisodiy-ma`muriy va madaniy markaz sifatida mavqei kuchaydi. Urbanizasiya jamiyat hayotida shaharlar ahamiyatining tarixiy o`sishi jarayoni jamiyatning aholi mehnati turmush tarzi (masalan: mehnat qilish, kiyinish, gaz, elektr, suv bilan ta`minlanishi, uylarni pardozlash, qum shuvoq, televizor, telefon va h.k.) va madaniyatining ko`proq shaharlarga xos bo`lib o`zgarib borishidir. Urbanizasiya sosial-iqtisodiy taraqqiyotning eng muhim tarkibiy qismidir.
Hozirda urbanizatsiya 3 ta umumiy hususiyatga ega:
1. Shahar aholisi sonining rivojlanayotgan mamlakatlarda tez o`sishi. Masalan: XX asrning boshida dunyo aholisining 14 % ga yaqini shaharlarda yashagan bo`lsa, 1990 yillari 45 % dan ortig`i, XXI – asr boshida esa 49 % i shaharlarda yashagan. O`rta hisobda shahar aholisi 50 mln kishiga ko`paymoqda. (2 ta O`zbekiston aholisi demakdir).
2. Aholi va xo`jalikning asosan yirik shaharlarda to`planishi. Bunga asosan ishlab chiqarishning ilm-fan ta`lim bilan aloqasining murakkablashib borayotganligi sabab bo`lmoqda. Dastlabki millioner shaharlar Yuliy Sezar davrida paydo bo`lgan (Rim) bo`lsa, XX asr boshida ularning soni 10 taga, 1980 yillari 200 tadan ortdi. Millioner shaharlar soni XX asr oxirida 400 taga etishi kuzatilinmoqda. Hozirda millioner shaharlar soni Rossiyada 13 ta, Markaziy Osiyoda 2 ta. Aholi soni 5 mln dan ortiq bo`lgan shaharlar soni hozirda 30 ta, aholisi soni 20 mln dan ortiq bo`lgan shaharlar (aglomerasiyalari bilan) 12 tani tashkil etadi.
3. Shaharlar maydonining kengayib ketishi, ya`ni shahar aglomerasiyalari. Aglomerasiyalar uchun poytaxtlar, eng muhim sanoat markazlari, portlar o`zak bo`ladi. Masalan: Mexiko, Tokio, San-Paulu va Nyu-York tevaragida har birida 16-20mln va undan ortiq aholi yashaydi. Moskva aglomerasiyasida 100 ga yaqin shaharchalar va mingdan ortiq qishloqlar jamlangan bo`lib, ularda 13,5 mln kishi yashaydi.
Urbanizasiya darajasiga ko`ra jahon mamlakatlari 3 ta toifaga bo`linadi:
1.Yuqori darajada urbanizasiyalashgan mamlakatlar. Ularda shahar aholisining salmog`i 50% dan ortadi. Bu toifaga rivojlangan davlatlarning barchasi, Lotin Amerikasi davlatlari, Rossiya, Qozog`iston kiradi.
2. O`rtacha urbanizasiyalashgan mamlakatlarda shahar aholisi salmog`i 20-50% ni tashkil etadi. Ularga asosan Afrika va Osiyo davlatlari, jumladan, Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo davlatlari kiradi.
3. Zaif yoki urbanizasiyalashgan mamlakatlarda shahar aholisi salmog`i 20 % dan kam bo`lib, udarga Botsvana, Madagaskar, Efiopiya, Eritreya, Uganda, Chad, Niger, Mali, Burkina-Faso, Oman, Afg`oniston, Laos, Kampuchiya, Papuaslar Yangi Gvineyasi kabilar kiradi.
Jahonda aholi zichligi eng yuqori va eng kam bo`lgan davlatlar
(foiz hisobida 2005-yil)
1. Singapur – 100% 1. Ruanda – 6%
2. Belgiya – 97 % 2. Butan – 7%
3. Quvayt – 96 % 3. Burundi – 9%
4. G`arbiy Sahroi Kabir – 96 % 4. Oman – 13%
5. Venesuela – 93 % 5. Uganda – 15%
Urbanizasiya darajasi 90 yillari rivojlangan davlatlarda 72 % ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda 33 % ni tashkil etadi. Urbanizasiya darajasi avvalo mamlakatning taraqqiyot darajasiga bog`liq.Ayni paytda shaharlarda ekologik holatni yomonlashuvi suburbanizasiyaga sabab bo`lmoqda.
Urbanizasiya darajasiga qaramay dunyo aholisining yarmidan ortig`i qishloqlarda yashamoqda. Hozirda dunyoda qishloqlarning umumiy soni 20 mln.ga etdi.Qishloqlarda aholi g`uj va tarqoq joylashadi.Qishloqlarda aholining g`uj bo`lib yashashi Rossiya, Horijiy Evropa, Xitoy, Yaponiya uchun xos. Tarqoq joylashishi esa fermer xo`jaliklar rivojlangan mamlakatlarda AQSH, Kanada, Avstraliya uchun xos.
Dunyoda jami 4000 ga yaqin etnik birliklar mavjud bo`lib, ular soniga va tiliga ko`ra klassifikasiyalanadi. Eng katta xalq-xitoylar 1,1 mlrd. kishi bo`lsa, eng kichigi vedd yoki botoku qabilalari 1000 kishini tashkil etadi.
Etnik chegaralar bilan siyosiy chegaralar mos tushganda bir millatli davlatlar tashkil topadi. Masalan: Bolgariya, Vengriya, Polьsha, Yaponiya, orol davlatlar va h.k. Ikki millatli mamlakatlarga Kanada, Belgiya. Ko`p millatli davlatlarga federativ davlatlar kiradi. Bunday mamlakatlarda milliy nizo va munosabatlar murakkab bo`ladi. Masalan: Rossiya, sobiq YUFSR, JAR, Hindiston, Indoneziya va h.k.
Dunyo aholisi diniy tarkibiga ko`ra 3 ta jahon diniga va bir necha milliy dinlarga bo`linadi:
1. Xristian dini 3 mazhabga: katolik, protestant va pravoslavga bo`linadi. 1 mlrd. kishi e`tiqod qiladi. Markazi-Vatikan.
2. Islom dini. 1mlrd. ga yaqin kishi e`tiqod qiladi. Asosan Osiyo, SHimoliy va Sharqiy Afrika davlatlarida tarqalgan. Markazi-Makka.
3. Budda dini Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda. 250 mln kishi e`tiqod qiladi.
Milliy dinlarga: Hindistonda induizm, Xitoyda konfutsianlik va daosizm, Yaponiyada sintoizm, Mongoliyada lamachilik (shuning uchun aholi o`smayapti, har 2 bolaning biri monax, barcha erkak aholining 40% i monax). Agar lamachilik bo`lmaganda Mongoliya aholisi 10 mln kishiga etar edi.
Din aholini ko`payishiga ham ta`sir etadi. Masalan: Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida erkaklarga 14 yoshdan, ayollarga 12 yoshdan nikoh qurish diniy ruxsat etilgan. Ular katoliklar mazhabiga kiradi.
Jahon dinlarining muqaddas joylari:
Xristian dinining katolik mazxabi uchun – Vatikan, Xristian, musulmon va iudaistlarning muqaddas sajdagohi – Yerusalim, musulmonlarning muqaddas sajdagohi – makka va Madina, Buddistlarning muqaddas sajdagohi – Lumbin (Nepal), Induistlarning muqaddas markazi – Baranas (Varanasi) va Ganga, Daosistlarning muqaddas sajdagohi – Pekin kabi joylar hisoblanadi. Lamachilarning diniy markazi – Lxasa (Xitoy).
Do'stlaringiz bilan baham: |