Dunyo aholisi geografiyasi
Reja:
1. Dunyo aholisi geografiyasi
2. Yer shari aholisining joylashishi.
3. Jahonda aholi zichligi eng yuqori va eng kam bo`lgan davlatlar
4. Jahon xo`jaligi geografiyasi.
Aholi-jamiyatning asosiy ishlab chiqaruvchi kuchi va ayni paytda asosiy iste`molchisi hamdir.
Aholining tabiiy o`sishi: tug`ilish, o`lim va tabiiy ko`payish hodisalarining yig`indisidan kelib chiqadi. Bu hodisalar aholining to`xtovsiz tiklanib va avlodlarning yangilanib turishini ta`minlaydi.
Jahonda tug`ilish koeffisienti 21 ‰ bo`lgani holatda, bu ko`rsatkich – Gvineya Bisau, liberiya, KDR kabi davlatlarda 50 ‰.
Aksincha, GFRda, Xitoy Makaosida - 8‰, YAponiya, Tayvan, Litva, Avstriya, Belorussiyada - 9‰ (2007 y).
O`lim koeffisienti dunyo bo`yicha 9‰ bo`lgani holatida, bu ko`rsatkich Svazilendda 29‰, Botsvanada 27‰, angolada 22‰.
Aksincha, Katar, Quvayt, BAA kabi davlatlarda 2 ‰ ga teng (2007 y).
O`lim darajasi dastavval kishilar hayotining moddiy sharoitiga-ovqatlanishiga, mehnat va ro`zg`orning sanitariya-gigiena sharoitiga, sog`liqni saqlash ishlari taraqqiyotiga bog`liq.
Tug`ilish darajasi –jamiyatning sosial-iqtisodiy tuzilishiga (rivojlangan yoki qoloqligi), jamiyat va oilada kishilar o`rtasidagi o`zaro a`loqalarga bog`liq. Odatda kishilarning moddiy farovonligi va madaniyati o`sgan sari, ayollarning ishlab chiqarishga va ijtimoiy faoliyatga ko`proq jalb etilgan sari, bolalarning o`qish muddatlari uzaygan sari, nikoh yoshi kechikkan sari (ilgari 14 yoshda uylagan, 9 yoshdan kuyovga bergan) bo`lsa, hozirda ayrim mamlakatlarda 30 yoshdan o`tib oila qurmoqda. Masalan: Prosta Mariya filmida. G`arb mamlakatlaridagi korchalon xonimlar tug`ishni butunlay xohlashmayapti (implantasiya).
Dunyo aholisining jinsiy tarkibi:
YAngi dunyoda va Afrika, Avstraliyada erkaklar va ayollar soni deyarli teng. Xitoy, Hindiston, Pokiston, Turkiya, Arabiston yarim oroli davlatlari va Liviyada erkaklar soni ko`p. Rossiya, SHarqiy va O`rta Yevropa davlatlarida aksincha, erkaklarga nisbatan ayollar soni ko`p. Masalan, BAA da 100 ayolga 147 ta, Quvaytda 152 ta erkak to`g`ri keladi. Butanda 100 erkakka 128 ta ayol, Ukrainada 116 ayol, Rossiyada 113 ayol to`g`ri keladi (2005 y).
Dunyo aholisining irqiy tarkibi % hisobida quyidagicha: jahon aholisining 42 % i yevropoid irqiga, 20 % i mongoloid irqiga, 7 % i negroid irqiga, 1 % i avstroloid irqiga, 30 % i aralash va o`tkinchi tiplarga mansub.
Aholining ko`payishiga urushlar, qahatchilik, kasalliklar ta`sir etadi. Hozirda dunyo aholisining tabiiy o`sishi yiliga 90 mln. kishi, ya`ni tabiiy ko`payish 2%ni tashkil etsa, O`zbekiston aholisi 2,9%ga o`smoqda.
Jahonda aholisining tabiiy o`sish koeffisienti eng past bo`lgan mamlakatlar: Estoniya (-0,2), Latviya (-0,5), Litva (-0,4), Belorussiya (-0,5), Ukraina (-0,6), Bolgariya (-0,5), Vengriya (-0,5) (2007 y.).
Dunyo bo`yicha aholining yillik tabiiy o`sishi 1,2 % ni tashkil etgani holda bu ko`rsatkich turlicha. Masalan: Nigerda 3,4 %, Moyottada 3,6% , YAmanda 3,2 % , SHarqiy Timorda 3,3 %, Marshal orollarida 3,3 % ni tashkil etadi (2007 y).
Hozirda dunyo aholisining tabiiy o`sishini 2 turga bo`lib o`rganiladi.
Aholi ko`payishining 1-tipi: “Demografik tanglik”. Bu tur uchun tug`ilish, o`lim va tabiiy ko`payish ko`rsatkichlarining nisbatan past ekanligi xosdir. Bunga Shimoliy Amerika va Evropa davlatlari misol bo`ladi. Masalan: GFR, Daniya, Italiya, Avstriya, Vengriya, Bolgariya, Latviya. Bu mamlakatlarda tug`ilishning kamayishiga shahar aholisining tez ortishi (shaharlarda tug`ilish qishloqlardan kam bo`ladi), ayollarning ishlab chiqarishga ko`p jalb etilishi, erkaklar salmog`ining nisbatan kamligi (15 mln.kishiga Horijiy Yevropada), katta yoshdagilar salmog`ining ortib, kichik yoshdagilar salmog`ining kamayishi sabab bo`ladi. Aholining tabiiy ko`payishi har 1000 kishiga 4 ta va undan kam. Masalan: Germaniyada oilaning o`rtacha me`yori 2,7 kishi. Har 4 oilaning 1tasi farzandsiz. Rossiyada ham tabiiy ko`payish ancha past bo`lib, ko`p bolali oilalarning kamayishi kam bolali oilalarning ko`payishi kuzatilinmoqda. Oilaning o`rtacha me`yori 3,2 kishini tashkil etadi. Bu mamlakatlarda tug`ilishning va tabiiy ko`payishning o`sishiga qaratilgan demografik siyosat olib borilmoqda.
Aholi ko`payishining 2-tipi: “Demografik faollik yoki portlash”. Bu turi uchun tug`ilish va tabiiy ko`payishning yuqori, juda yuqori va o`limning kamligi xosdir. Aholi ko`payishining bu turi rivojlanayotgan davlatlar uchun xos bo`lib, asosiy sabablari: mustaqillikdan keyingi hozirgi zamon tibbiyoti, sanitariya-gigiena yutuqlaridan keng foydalanish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish, ekonomika taraqqiyot darajasining pastligi, qishloq xo`jaligining usturligi (bolalar ishi hisoblanadi), savodsizlik, sanitariya madaniyatining etarli emasligi, ayollarning oilada va jamiyatda erksizligi, nikohga erta kirishi, ko`p bolalikni rag`batlantiruvchi diniy, iqtisodiy (mat-geroy 10 ta bolali), milliy, mahalliy odatlar.
Tug`ilish va tabiiy ko`payish yuqori bo`lgan mamlakatlar asosan Osiyo, Afrika davlatlardir. Bularda oilaning o`rtacha miqdori 6 kishi. Aholining tabiiy ko`payishi 1000:30 kishi. 90 yillari tug`ilish (1000:54) va tabiiy ko`payish (1000:41) eng yuqori bo`lgan davlat Keniya bo`lgan. Aholi ko`payishining sur`ati shunday saqlansa 17 yilda mamlakat aholisi 2 barobar ko`payadi. Buyuk Britaniya aholisining 2 hissa ko`payishi uchun 630 yil kerak bo`ladi.
Demografik portlash XX asrning 60 yillari paydo bo`lgan. Demografik portlash asosan Horijiy Osiyo mamlakatlarida kuzatilinmoqda. Ma`lumki, aholisi soni 100 mln dan ortiq bo`lgan mamlakatlarning 7 tasi Osiyoda joylashgan. Bu mamlakatlarda demografik siyosat aholi tabiiy ko`payishini kamaytirishga qaratilgan (hatto konstitusiyaga kiritilgan).
Demografik siyosat – Ma`muriy (er bermaslik, ishga olmaslik, uy joy bilan yaxshi ta`minlamaslik yoki aksi), iqtisodiy (oylikni to`la bermaslik, sosial ta`minotni yaxshilamaslik, bezdetniy, geroy ona va h.k. yoki aksi) targ`ibot va boshqa tadbirlar aholining tabiiy ko`payishiga o`zi hohlagan yo`nalishda ta`sir ko`rsatishdir.
Dunyo aholisining tabiiy o`sishi regionlar bo`yicha:
Shimoliy Amerikada 1000/5 kishi.
Lotin Amerikasida 1000/ 19 kishi.
Horijiy Yevropada 1000/ 2 kishi.
Horijiy Osiyoda 1000/ 18 kishi.
MDH da 1000/7 kishi.
Afrikada 1000/ 30 kishi.
Avstraliya va Okeaniyada 1000/ 12 kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |