Duduqlanishni o’rganish va uni bartaraf itishning qisqacha tarixi.
REJA:
Duduqlanishning rarixi.
Duduqlanishning yuzaga kelish sabablari.
Duduqlanishni bartaraf etish yo’llari.
Duduqlanish bu nutq apparati muskullarining tortishishi natijasida nutqning sur’at ohangining buzilishidir.
Duduqlanish muammosini nutq buzilishlari haqidagi ta ’limotning rivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan biri deb hisoblash mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtayi nazardan yondashganliklari va yondashayotganligi darajasi bilan bog‘liqdir. Qadimgi davrlarda duduqlanishni ko‘proq bosh miyada namlikning to'planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulatsion apparat qismlarining o‘zaro n o to ‘g‘ri munosabati (Aristolel) bilan bog‘liq holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki periferik (sirtqi) bo‘limlarida buzilish boiishi mumkinligini Galen, Sels va Ibn Sino e ’tirof etdilar. XVII—XVIII asrlar arafasida duduqlanishni tashqi nutq apparatining yetilmaganligi oqibati sifatida talqin etishga urinishgandi. Masalan,
Santorimining ta ’kidlashicha,, duduqlanish qattiq tanglayning yorilgan paytida vujudga keladi va go‘yo shu yoriq orqali tilga suyuqlik tushadi hamda nutqni qiyinlashtiradi. Vutser esa buni pastki jag‘ning noto‘g‘ri chuqurlashuvi va unda kichik tilcha borligi bilan; Erve-de-Sheguan — til uzunligi va og‘iz bo‘shlig‘ining hajmi orasidagi o'zaro munosabat yoki uning kalta yuganchaga nihoyatda zich yopishib turishi bilan bog‘liq
holda, deb tushuntirdi. Boshqa tadqiqotchilar duduqlanishni nutq a ’zolari harakatlarining buzilishi: ovoz kovagining g ‘ayriixtiyoriy yopilishi (Arnot, Shultess);
haddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkeral); muskullarning tilni og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab qoladigan darajada spazmatik qisqarishi (Itar, Li,Diffenbax); tafakkur va nutq jarayonining nomuvofiqligi (Blyume); kishi irodasining nutq harakati mexanizmi muskullari kuchiga ta ’sir etadigan darajada mukammal emasligi (Merkel) va boshqalar bilan bog'laydilar. Tadqiqotchilarning bir qismi esa duduqlanishni ruhiy jarayonlarning borishi davomidagi buzilishlar bilan bog‘lashdi. Misol uchun, Blyumening fikriga ko‘ra, duduqlanish shunday paydo bo‘ladiki, kishi yo tez fikrlaydi, natijada nutq a ’zolari to iiq harakatga kirishishga ulgurmaydi va shu bois tutiladi yoki aksincha, nutqiy harakatlar "fikrlash jarayonidan o ‘zib ketadi". Natijada nutq apparati muskullari ana shu nomuvofiqlikni to ‘g‘rilashga harakat qilib, "changak bo‘lib qolish singari holatga" keladi. XIX asr boshlarida qator fransuz tadqiqotchilari duduqlanishni ko‘rib chiqib, uni nutq apparatining periferik (sirtqi) va markaziy boiimlari faoliyatidagi turli xil og'ishlar bilan bog'lab tushuntirdilar. Jumladan, shifokor Vuazen (1821) duduqlanish mexanizmini nutq organlari muskul sistemasiga keladigan Serebral ta ’sirlarning yetishmasligi, ya’ni markaziy 321 asab sistemasi bilan bog‘laydi. ShifokorDelo (1829) duduqlanishni tovush talaffuzining buzilib chiqishi (rotatsizm, lambdatsizm, sigmatizm), tovush apparatining organik shikastlanishi yoki bosh miyaning to ‘liq ishlamasligi deb tushuntirdi. U duduqlanuvchi shaxsning o ‘z nutqiga nisbatan akustik diqqat-e’tibor bilan qarashini birinchi b o lib ta ’kidladi. Shifokor Kolomba
de l'lz e r d uduqlanishni vokal appa rat muskullarining y etarlich ainnervatsiyalanmaganligi oqibatida paydo b o ‘ladigan alohida kontraktura deb hisobladi.
Xastalangan kishi o‘zining kasallik alomatlariga qanchalik ko‘p e’tibor bersa, u shunchalik zo‘rayib boraveradi. Natijada shunday og‘ir ahvol paydo bo‘ladiki, bemor undan sira qutula olmaydi, kasallik alomati uning e’tiborini chulg‘ab oladi, buning oqibatida alomatlar yanada rivojlanadi va bemorning e’tiborini o‘ziga qaratadi. Duduqlanish muammolari bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar nuqsonga
Uralova Luiza Shuxratovna
Uralova Luiza Shuxratovna e’tiborni jalb etish tushunchasi borasida turlicha qarashlarni keltiradilar: diqqat e’tiborning alohida xususiyati, nuqsonni idrok etish, u haqida tasavvurga ega bo‘lish, unga nisbatan turlicha xissiyotli munosabatda bo‘lish kabilar.
Nuqsonda qayd qilinadigan turli darajalarning haqiqiy murakkabligini ifodalovchi me’yorlarni topish muhimdir. Bunday me’yor sifatida duduqlanuvchining o‘z nuqsoniga nisbatan his-hayajonli munosabati borasidagi 3 ta variantdan va ularga qarshi irodaviy kuch-g‘ayrat sarflashning 3 ta variantidan foydalanish mumkin. Shular munosabati bilan duduqlanadigan kishilarni uch guruhga ajratish uchun «kasallikka diqqatni jalb qilish» atamasining kiritilishi o‘rinlidir.
Kasallikka diqqatni jalb qilishning nolinchi darajasi: bolalar go‘yo o‘z nuqsonini sezmagandek, u haqida o‘ylamaydilar va tashvishlanmaydilar. Tortinish, o‘zining noto‘g‘ri nutqi xususida o‘ylash, nuqsonni bartaraf etish uchun hech qanday urinishlar bo‘lmaydi.
Kasallikka diqqatni jalb qilishning mo‘tadil darajasi: yuqori sinf o‘quvchilari va o‘smirlar o‘z nuqsonidan tashvishlanadilar, undan uyaladilar, duduqlanishni yashiradilar, turlicha hiyla ishlatishgacha boradilar, atrofdagilar bilan kamroq munosabatda bo‘lishga urinadilar. Ular o‘zlarinig duduqlanishlarini biladilar, uning ketidan qator noqulayliklarni boshdan kechiradilar, o‘z kamchiligini niqoblashga urinadilar.
Kasallikka diqqatni jalb qilishning yaqqol ifodalangan darajasi: duduqlanuvchilarda nuqson borasidagi tashvishlanish o‘zining noto‘kisligini doimiy chuqur his etishga aylanadi, bunda har bir harakat nutqiy noto‘kislik tushunchasi orqali tahlil etiladi. Ular o‘z diqqatlarini nutqiy kamchiliklariga yo‘naltiradilar, duduqlanishdan chuqur tashvish chekadilar, ular uchun kasallikka e’tibor berish, kasallikdan shubhalanish, gapirishdan oldin vahimaga tushish, odamlardan, vaziyatlardan va boshqalardan gumonsirash xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |