Web o’z sahifalarini saqlash va uzatish uchun Internetdan foydalanadi. Web Internetning imkoniyatlaridan biri deyish mumkin. World Wide Web Internetga o’xshab har tomonlama uzluksiz o’zgarib turadi. Har doim yangi serverlar paydo bo’ladi, eskilari esa o’z-o’zidan yo’qoladi. Yangi-yangi WWW browser lari yaratiladi, avvalgi ma’lumotlar takomillashtiriladi, yangi imkoniyatlari qo’shiladi. Internet ning yangi servislarida ishlash uchun qaydnomalar ishlab chiqiladi. Uning ajoyib xususiyatlaridan biri Internetda mavjud boshqa tizimlar bilan do’stona munosabatda bo’lishi va ular bilan birgalikda foydalanish mumkinligidadir. Bunda gap UseNet, FTP, Telnet va boshqalar kabi Internet xizmatlari ustida ketyapti. Web orqali siz gazetalardagi ma’lumotlarni, turli yangiliklarni, turli sohaga oid ma’lumotlarni, kitob va jurnallarni, kompakt disklarni sotib olish uchun pul sarflamasdan, eng muhimi ortiqcha kuch sarflamay, biror joyga kitob, gazeta, kompakt disk va hokazolarni izlab bormasdan, ish joyingizda bir zumda olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |