Dtm ona tili va adabiyot



Download 39 Kb.
Sana20.07.2022
Hajmi39 Kb.
#826105

DTM ONA TILI VA ADABIYOT
1.Qaysi qatorda o'zaro shakldosh qo'shimchali so'zlar berilgan?
A)ko'kardi-borardi B)kitobim-ko'rdim
C)istak-elak D)iliq-chiziq
2.Qaysi javobda paronim bilan bog'liq xatolik mavjud emas?
A)Sen shohlari osmonlarga,Tegib turgan chinorim...
B)O'zbekni qon qaqshatganni o'zbek siylar,
Xolimizni qon kuzatdi Yassaviylar..
C)Xalq ganchin yulmoqqa cho'zilgan qo'lga biz alvon guldasta tutibmiz faqat.
D)Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi yot yaxshi.
3.Tarkibida ham vazifadosh ko'makchi,ham sof ko'makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A)Majlis boshlanishidan avval ma'ruzasini yana bir bor diqqat bilan o'qidi.
B)Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga qarab yo'l oldilar.
C)Axir baliq ham suvga intiladi,ko'kat yorug'lik sari bo'y cho'zadi.
D)Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so'ng do'sti tomon yuzlanib gap boshladi.
4.Quyidagi qaysi so'zning paronimi ikki xil so'z turkumi doirasida omonim bo'la oladi?
A)Shox. B)yod C)tuzsiz. D)ravon
5)Quyida berilganlardan tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga mansub bo'lgan
yasama so'zlarni belgilang.
1)yolg'izlik;2)teshik;3)guldor;4)yozgi;5)jigarrang;6)diyor.
A)4,5,6. B)3,4,5
C)1,3,5,6. D)1,2,3,6
6)Qaysi gapda lab undoshlari qo'sh undosh sifatida qo'llanishi kerak?
A)Yordan ayrilgan yeti yil yig'lar.
B)Bulbul chamani sevar.
C)Ayrilmagin elingdan,quvat ketar belingdan.
D)Bolalik qilib bunaqa xomxayollarga bormang.
7)Tub ravishlar qaysi qatorda berilgan?
A)tez-tez,juda-juda
B)nari-beri,asta-asta
C)naridan beri,erta-indin
D)hali-beri,qadam-baqadam
8)Boy insonlar pulni ko'proq topish hamda jamlashni o'ylasa,kambag'al odamlar uni ko'proq sarflashni o'ylaydi.
Ushbu gapdagi fe'llar haqidagi noto'g'ri hukmni toping.
A)tub va yasama harakat nomi qo'llangan.
B)fe'llarning barchasi kelasi zamonda.
C)o'timli va o'timsiz fe'llar qo'llangan.
D)sof fe'llar III shaxsni ko'rsatgan.
9)Qo'shma fe'llar qo'llangan gapni toping.
A)O'z nafsini mag'lub etolgan marddir,
G'iybatdan uzoq-uzoq ketolgan marddir.
B)Shu oddiy ko'z bilan boqmagil,balki bilim ko'zi bilan boqqil jahonga.
C)Jahon daryo erur,yaxshi ishingdan Kema yasab o'tgil nari tomonga.
D)Nomard tepib o'tar yiqilganlarni,Ojiz kishilar qo'lini tutolgan marddir.
10)Sof ko'makchilar qaysi kelishik shaklidagi ismlar bilan qo'llanadi?
A)jo'nalish kelishigi B)chiqish kelishigi
C)qaratqich kelishigi D)bosh kelishik
11)Qaysi javobda ergash gapli bosh gapdagi egani izohlagan?
A)Qayerda qullik bo'lsa,o'sha yerda qut-baraka bo'ladi.
B)Kimki bo'lsa dilozor,undan el-yurt bezor.
C)Kechqurun osh suzsak,bir nasiba kam.
D)Shu narsa qiziqki,uyquda ham miya o'z faoliyatini to'xtatmaydi.
12)Tarkibidagi jarangsiz undoshni jarangli jufti bilan almashtirib yangi ma'noli so'z hosil qilish mumkin bo'lgan so'zlar qatorini toping.
A)chang,tarz,tovon B)tosh,solih,qarz
C)tog',sog',xiyla D)don,o'z,dil
13)javraqi,mozorot,muddao,murodbaxsh,nafarmon,naryoqda,olamorolik,zahmatkash
Yuqorida berilgan so'zlardan nechtasi imloviy jihatdan to'g'ri yozilgan?
A.4 ta B.5ta
C.2ta D.3ta
14)Qaysi so'z yasovchi qo'shimcha o'zidan keyingi qo'shimcha ta'sirida fonetik hodisaga uchramaydi?
A.ot yasovchi -lik qo'shimchasi
B.fe'l yasovchi -ay qo'shimchasi
C.sifat yasovchi -q qo'shimchasi
D.fe'l yasovchi -a qo'shimchasi
15)Qaysi qatorda undov so'z berilmagan?
A.kisht
B.voy-dod
C.oh tortmoq
D.uf
16)Shartmi shu qadahni yo'q demay ichmak?
Ushbu gapda ma'no ko'chishining qaysi turi ishtirok etgan?
A.metafora
B.vazifadoshlik
C.metonimiya
D.sinekdoxa
17)Qaysi javobda ritorik so'roq gap berilgan?
A.Bu kishi kimingiz bo'ladir, bek aka?
B.Mehmonlar qanaqa kishilar ekan,tanidingmi?
C.Ertaga biz bilan tog'ga chiqasanmi?
D.Endi yaxshi bo'lib qayerga ham borardim,jiyanim?
18)Butunning qismini ifodalash uchun ishlatiladigan hisob so'zlar berilgan qatorni toping
A.siqim,to'da B.luqma,shingil
C.quloch,dasta D.shoda,tilim
19)Qaysi shoir o'z she'rida dunyoni omonat binoga,bo'yi,vafosi yo'q gulshanga,jafokor tuban ayyoraga o'xshatadi va insonni unga ko'ngil berib,aldanib qolmaslikka chaqiradi?
A.Ogahiy
B.Furqat
C.Fuzuliy
D.Maxtumquli
20)Sergey Yeseninning qalamiga mansub bo'lmagan to'plamnu aniqlang.
A."Onamga xat" B."Opamga xat"
C."Bobomga xat" D."Ayolga xat"
21)Ernest Seton-Tompson qaysi kitobi uchun "Alanga" medalini olgan?
A)"Yovvoyi hayvonlar hayoti"
B)"Mitti yovvoyilar"
C)"Shimoliy hayvonlar hayoti"
D)"Jonivorlar haqida hikoyalar"
22)Javoblarning qaysi birida Omon Matjonga tegishli bo'lgan ma'lumot berilgan?
A.Adib xotiralarida o'z ijodiy yo'li haqida to "osmondan yana yerga qaytib tushgunimcha juda ko'p ter to'kishga to'g'ri keldi",-deya eslaydi.
B.O'z she'rlarini rus tiliga o'zi tarjima qilib Moskvadagi tanlovda ishtirok etadi.
C."Ilk muhabbat" deb nomlangan ilk to'plami talabalik chog'ida chop etildi.
D.Askarlik xizmatida yozgan she'rlari "Sharq yulduzi jurnalida" bosiladi.
23)Abdulla Qahhor O'tkir Hoshimovning qaysi janrdagi "sof,samimiy,tabiiy,iliq,rohat qilib o'qiladi" gan asar yozgani bilan tabrilagan edi?
A.roman. B.qissa
C.hikoya. D.drama
24)A.Navoiyning qaysi asarida yigitlikni o'yin-kulgi,may va musiqa bilan o'tkazib,ibodatini qarilikda bajarmoqchi bo'lgan va buni eplolmagan kishi timsoli mavjud?
A."Saddi Iskandariy" B."Sab'ai sayyor"
C."Lison ut-tayr" D."Mahbub ul-qulub"
25)"Oq kema" asarida bola qanday odatni yaxshi ko'rar edi?
A.sumka tutib yurishni B.o'zi bilan o'zi gaplashishni
C.baliq bo'lib suzishni D.o'simliklar bilan gaplashishni
26)Qaysi ijodkor bolaligida qo'g'irchoq yasovchi usta yoki rassom bo'lishni orzu qilgan?
A.Janni Rodari B.Jek London
C.Said Ahmad D.Ernest Seton-Tompson
27)"Qizlar hayinchak uchib,polvonlar xuddi burgutday gir aylanib,bir-birini irg'itib otishyapti".Ushbu tasvir qaysi asarda uchraydi?
A."Me'mor" B."Ravshan"
C."Oq kema" D."Buzilgan o'lkaga"
28)"Bizning Marg'ilonda ham shunday kelinimiz bor ekan-ku,biz bilmay yurg'an ekanmizda".Ushbu jumlalar "O'tkan kunlar" romanida kim tomonidan aytilgan?
A.O'zbek oyim B.Yusufbek hoji
C.Hasanali D.Otabek
29)Mirkarim Osimning "Zulmat ichra nur" qissasida yozilishicha,bir qop somonga sotib olingan ijodkor kim?
A.Farididdin Attor B.Jomiy
C.Qosim Anvor D.Sharafiddin Ali Yazdiy
30)Qaysi ijodkor hukumat idoralari tomonidan "millatchi" degan tuhmat bilan qamoqqa hukm qilinib,Shimoliy Qozog'istonga jo'natiladi?
A.Odil Yoqubov B.Said Ahmad
C.Mirkarim Osim D.Abdulla Qodiriy
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish