DTM 2 Nodirbek Jo’rayev
1. Qadimgi Xitoy tarixiga oid to‘g‘ri ma'lumotlar
berilgan javobni toping. 1) Xitoy hududida ilk davlat Yantszi
daryosining o‘rta oqimida paydo bo‘lgan; 2) Butun Shimoliy Xitoy "Chjou" davlati tarkibiga kirgan; 3) Milodning boshlarida Xan sulolasiga qarshi «qizil qoshlilar»
qo‘zg‘oloni ko‘tarilgan; 4) Mil.avv. II ming
yillik o‘rtalarida yozuv uchun bambuk o‘rniga shoyidan foydalanishga o‘tildi; 5) Dehqonchilik Xitoyda azaldan e'tiborli va faxrli kasb hisoblanib, asosiy dehqonchilik
ekinlari arpa va paxta bo‘lgan; 6) "Zafaryor" – imperiyaning oliy hukmdorlari bilan ajralib chiqqan davlatlar hukmdorlari
o‘rtasida boshlangan urushlar ikki yuz yildan uzoqroq davom etdi
A) 2, 3, 6 B) 1, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6
2. “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining quyidagi qaysi shubasi vakillari hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallagan bolsheviklarni qo‘llab-quvvatlaganligini aniqlang?
A) Samarqand B) Qo‘qon C) Toshkent D) Namangan
3. Toshkent shahrida “Sho‘roi Ulamo” tashkilotining tashabbusi bilan 1917-yil 12-15-noyabrda “turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi” o‘tkazilib, unda qaysi viloyatlaridan kelgan vakillar qatnashdi?
A) Farg’ona va Toshkent B) Sirdaryo va Samarqand
C) Andijon va Samarqand D) Xorazm va Buxoro
4. XX asrning 20-yillarida Farg‘ona vodiysi, Buxoro va Xorazm qo‘rboshilari necha marotaba qurultoy o’tkazganligini aniqlang?
A) 30 marta B) 25 marta C) 40 marta D) 35 marta
5. 1917-yil mayda…..?
A) Xiva xoni Asfandiyorxon rus kazaklari yordamida Majlisni butunlay tugatdi
B) Yosh xivaliklar partiyasi rahbari Polvonniyoz Yusupov
boshchiligidagi delegatsiya Muvaqqat hukumat vakillari
bilan muzokara o‘tkazish uchun Toshkentga keldi
C) Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar partiyasining islohot to‘g‘risidagi manifestiga imzo chekdi.
D) Xiva xonning istibdod tuzumi bilan kurashda mag‘lubiyatga uchragan Yosh xivaliklar mamlakat hududidan chiqib ketishga majbur bo‘ldi
6. 1945-yil avgustda SSSR va AQSH vositachiligida quyidagi qaysi davlatdagi dushmanlik harakatlari to’xtatilishiga erishiladi?
A) Shimoliy va Janubiy Koreya B) Yaponiya
C) GFR va GDR D) Xitoy
7.Quyidagi qaysi davlatda fashistlar hokimiyatga kelgan
Dastlabki davrlarda mavjud siyosiy partiyalar va kasaba uyushmalarini taqiqlanmadi, parlament faoliyat yuritdi,
partiyalarning gazetalari ham chiqib turdi?
A) Ispaniya B) Germaniya C) Italiya D) Yaponiya
8. Quyidagi voqealarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring?
1. Mussolini irqiy qonunlar chiqardi 2. Eronda chodra o‘rab yurishni bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilindi
3. Buyuk Britaniya sanoatning asosiy sohalari bo‘yicha
jahon iqtisodiy inqirozi dan oldingi ko‘rsatkichlarga yetib oldi.
4. Fransiya fashistlarga taslim bo’lgach, Jazoir va Tunis Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga aylantirildi.
5. Sovet Ittifoqi o‘z hududini fashistlardan to‘liq ozod qildi
6. Italyan – German qo‘shinlarini Afrikadan to‘liq
quvib chiqishga erishdilar
7. Chikagoda Enriko Fermi ilk atom reaktorini yaratdi.
A) 2,3,1,4,7,6,5 B) 2,1,3,5,4,7,6
C) 2,7,3,1,4,6,5 D) 3,1,2,5,7,6,4
9. Quyidagi voqealardan qaysi biri Germaniya iqtisodiyoti
to‘liq urush maqsadlariga bo‘ysundirilgan vaqt oralig’ida bo’lib o’tmagan?
A) SSRda harbiy sanoat korxonalarini qurish rejalashtirildi.
B) SSSR Mo‘g‘ulistonga qo‘shin kiritdi
C) sovet-yapon shartnomasi imzolandi
D) Ispaniyada Parlament saylovlarida Xalq Fronti g’alaba qozondi
10. Quyidagi jadvalda harflar bilan berilgan kataklar o’rniga mos keluvchi ma’lumotlarni toping?