Dreamweaver dasturida freymlar asosida elektron qo'llanmalar yaratish rej



Download 1,41 Mb.
bet1/11
Sana16.01.2022
Hajmi1,41 Mb.
#371705
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-ma’ruza. Dreamweaver dasturida freymli tuzilma yaratish. Reja


DREAMWEAVER DASTURIDA FREYMLAR ASOSIDA ELEKTRON QO'LLANMALAR YARATISH

REJA:

  1. Web-saytning freym tuzilishi.

  2. HTML da freym tuzilishini yaratish.

  3. Dreamweaverda freymlarni yaratish.

  4. Freym xususiyatlarini sozlash.

  5. Freymlar toplami xususiyati.

  6. Freym olchamlarini aniqlash.

  7. Murojaat yordamida freym tarkibini boshqarish.

  8. Freym va freymlar toplamini xotirada saqlash.



Odatda Web-sahifa birta hujjat hisoblanib, brouzer ishchi oynasida tasvirlanadi va bu oynani tulik egallaydi. Lekin HTML zamonaviy standarti ishchi oynani bir necha mustakil zonalar (freymlar) ga ajratish imkonini beradi. Ularning har birida o‘zining Web-sahifasi tasvirlanadi.

Masalan, ekranda 3 ta freymni joylashtirish mumkin: yuqorida – sahifa sarlavhasi tasvirlangan gorizontal bo‘lim, chapda - «tugmali menyu»li vertikal bo‘lim, bunda har bir tugma qism sahifaga murojaat hisoblanadi, brouzer oynasining kolgan qismi esa Web-sahifaning asosiy qismi hisoblanib, boshqa freymdagi ishlatilgan murojaatlarga qarab uning tarkibi o‘zgaradi. Bundan tashqari, asosiy qismdagi ma`lumotlar ekranga sig‘masa, ma`lumotlarni ko‘rish uchun sichqoncha yoki Page Up, Page Down tugmalaridan foydalanamiz.

Dreamweaverda freymlarni yaratish


Dreamweaverda taklif qilinayotgan freymlarning standart to‘plami sizga zarur sahifa tuzilmasini tashkil qilishga yordam beradi. Ob`ektlar panelining Frames (Freymlar) bo‘limida freymlarning standart to‘plami tugmalari joylashgan.

Tanlangan to‘plam joriy hujjatni kamrab oladi, ya`ni, o‘sha vaqt kirish nuqtasi joylashgan hujjat. Freymlar standart to‘plami belgisining xavorang sohasi ayni paytda belgilangan sahifani yoki hujjatdagi freymni, ok soha esa – yangi freym yoki freymlarni bildiradi.

Freymlarning standart to‘plami o‘rnatish uchun:


  1. To‘plamga kiritmokchi bo‘lgan hujjatga kiritish nuqtasini joylashtiring.

  2. Panellar ob`ektining Frames bo‘limidan freymlarning standart to‘plamini tanlang. To‘plamga kiritish uchun uning tugmasini bosishingiz yoki tugmani hujjatga o‘tkazishingiz mumkin.

Freymlar va freymlar to‘plami HTML ning alohida hujjatlari hisoblanadi. Freymlarni o‘zgartirish uchun uni belgilash lozim. Buni hujjat oynasida yoki Frames palitrasi yordamida qilishingiz mumkin.

Freymlar yoki freymlar to‘plamini belgilayotgan paytda Frames palitrasi va hujjat oynasida belgilash chiziqlari paydo bo‘ladi.



Frames palitrasi xayolan hujjatning freymlarini tasvirlaydi. Frames palitrasidan freymlar yoki freymlar to‘plamini tanlashingiz, so‘ngra uni kurish yoki Properties (Xusiyatlar) palitrasida belgilangan element xususiyatlarini qayta tahrirlashingiz mumkin.

Frames palitrasi freymlar to‘plami ierarxiyasini ko‘rsatib turadi. Frames palitrasida freymlar to‘plamini kalin 3 o‘lchamli chegara o‘rab oladi, Freymlar esa mayin kulrang chiziq bilan uralgan, har bir freym esa o‘z ismiga ega.

Frames palitrasini kurish uchun Window (Oyna) menyusidan Frames

punktini tanlang.



Frames palitrasida alohida freymni tanlash uchun shu palitrada ramkani bosing.

Frames palitrasida freymlar to‘plamini tanlash uchun, Frames palitrasida freymlarni urab olgan chegarani bosing.

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish