37§. Tovush to`lqinlari.
1) Tovush to’lqinlari qanday chastota oralig’ini egallaydi?
A) 17-20 kHz B) 17-20000 Hz C) 17-200 Hz D) 17-30 kHz.
2) Tovush balandligi nimaga bog`liq?
A) Amplitudaga. B) Chastotaga. C) To`lqin uzunligiga. D) T.J.Y.
3) Tovush qattiqligi nimaga bog`liq?
A) Amplitudaga. B) Chastotaga. C) To`lqin uzunligiga. D) Tovushning tarqalish tezligiga.
4) Tovush to`lqini bir muhitdan boshqa muhitga o`tganda, to`lqin uzunligi 2 marta ortdi. Tovush
balandligi qanday o`zgaradi?
A) 2 marta ortadi. B) 2 marta kamayadi. C) O`zgarmaydi. D) T.J.Y.
5) Tovush intensivligi deb nimaga aytiladi? Tovushning intensivligi deb, miqdor jihatidan …
A) tovush to`lqinlari tarqalish yo`nalishiga tik joylashgan tekislikning yuza birligidan birlik
vaqt oralig`ida o`tuvchi tovush to`lqinlari energiyasiga ...
B) birlik vaqt oralig`ida tovushning tarqalish yo`nalishidga tik joylashgan yuzadan o`tuvchi
tovush to`lqinlar energiyasiga …
C) tovush tarqalish yo`nalishiga tik joylashgan yuza birligidan muayyan vaqt davomida
o`tgan tovush to`lqinlari energiyasiga …
D) ixtiyoriy yuza birligidan birlik vaqt oralig`ida o`tuvchi tovush to`lqinlari energiyasiga …
… teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi.
6) Tovush tezligi quyidagi omillarning qaysi biri bilan aniqlanadi?
A) To`lqin uzunligi bilan. C) to`lqin amplitudasi bilan.
B) Tebranishlar chastotasi bilan. D) muhitning xossalari bilan.
7) Tovush to’lqining uzunligi 8m, davri 0,02 s bo`lsa, uning tarqalish tezligi qanday (m/s) bo`ladi?
A) 340. B) 400. C) 500. D) 600.
8) Poezddan 1200 m masofada turgan odam poezd gudogini u yangragandan 4 s keyin eshitgan.
Agar gudok chastotasi 1 kHz bo`lsa, gudok tovushining to`lqin uzunligi qanchaga (sm) teng?
A) 60. B) 120. C) 15. D) 30.
9) Tovush havodan suvga o`tganda, qaysi kattalik o`zgarmaydi?
A) Tezlik. B) Chastota. C) To`lqin uzunligi. D) T.J.Y.
10)Exolotdan yuborilgan tovush signali 10 s da qaytgan bo`lsa, kema turgan joydagi chuqurlik
qancha (m)? Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s.
A) 15000. B) 4500. C) 6000. D) 7500.
11)Exolotdan yuborilgan signal 1,6 sekunddan keyin qabul qilingan bo`lsa, dengizning chuqurligi
qanday (km)? Tovushning suvdagi tezligi 1500 m/s.
A) 2,4. B) 1,2. C) 1,6. D) 0,94.
12) Qanday tovushlar ultratovushlar hisoblanadi?
A) Chastotasi 20 Hz dan kichik bo`lgan. C) Chastotasi 20000 Hz dan katta bo`lgan.
B) Chastotasi 20 Hz dan 20000 Hz gacha bo`lgan. D) T.J.Y.
Do'stlaringiz bilan baham: |