Dostonining ixcham nasriy bayoni



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana06.09.2021
Hajmi0,71 Mb.
#165992
1   2   3
Bog'liq
xrpt 86rzv4t4ktxunn2sex0725yzv98big5fbl6yfnpp8dblr35xo5sfzf5je3kn9euaroyx5dd3hed

MUQADDIMA

Alisher  Navoiy  o‘z  “Xamsa”sining  to‘rtinchi  dostoni

bo‘lmish  “Sab’ai  sayyor”  asarini  yozishga  kirishar  ekan,

Nizomiy va Xisrav Dehlaviylarning an’analarini davom ettirib,

Eron shohlaridan bo‘lgan Bahrom binni Yazdijurdning hayoti

va  faoliyatiga  murojaat etishni lozim topdi.  Ajam mamlakati

tarixiga bag‘ishlangan barcha asarlarda bu hukmdorning taxtga

chiqishi bilan bog‘liq ajoyib hodisalar, uning adolatli siyosati,

qiziqarli  hayot  tarzi,  “Havarnaq”  deb  atalgan  muhtasham

qasr qurdirishi, ov qilishga bo‘lgan ishtiyoqi, Diloromi changi

nomli  sozanda  va  xonanda  qiz  bilan  munosabatlari,

shuningdek,  halokati  tafsilotlari  atroflicha  bayon  qilinadi.

Alisher  Navoiyning  “Tarixi  mulki  ajam”  asarida  ham  shoh

Bahrom faoliyati ancha keng aks ettirilgan.

Shoir  jahon  tarixidan  munosib  joy  egallagan  ushbu

hukmdor haqida qalam surishga kirishar ekan, o‘z salaflariga

qaraganda  boshqacharoq  g‘oyaviy-badiiy  niyatni  o‘z  oldiga

maqsad  qilib  qo‘ydi,  ya’ni  dostonda  shoh  Bahromning  taxt

egallashi  bilan  bog‘liq  voqealardan  boshlab  o‘limiga  qadar

yuz bergan barcha hodisalarni to‘la tasvirlash yo‘lini tanlamay,

uning  Dilorom  bilan  munosabatinigina  bayon  qilish  va  u

voqe’likni shoh va uning kanizi o‘rtasidagi yuksak, pokiza va

samimiy  muhabbat  tarixiga  aylantirishni,  asardan  o‘rin

oladigan yetti hikoyani esa bevosita asosiy mavzu bilan uzviy

bog‘liq  holda  bayon  etishni  ma’qul  deb  bildi.  Chunki  bir

shoir tasvirlagan tarixni yana takrorlash nomaqbulligi, ya’ni:



Bir deganni iki demak xush emas,

So‘z chu takror topti, dilkash emas,

3

Kitobxon.Com




4

ekanligini  ta’kidlab,  shu  usulni  tanlagan  edi.  O‘zidan  oldin

bitilgan “Xamsa” lardagi Bahrom ta’rifi ham shoirga yoqmagan

edi, xususan, asarda bir  qator kamchiliklar ko‘zga  tashlanib

turardi.

Biri bukim, yo‘q, anda moyayi dard,

Qildilar ishq so‘zidin ani fard.

Kim birov mehridan bari bo‘lg‘ay,

Boqma, gar mehri xovariy bo‘lg‘ay!

Bo‘lsa tarix alarga gar matlub,

Anda so‘z bog‘lamoq emasdur xo‘b.

Yetti qasrga  olib kelingan malikalarga  murojaat qilib:



Hukm qilg‘ayki, siz fasona dengiz,

Demangiz uzru, bebahona dengiz!

Bo‘lung uyg‘oqlik ichra farsuda,

Men bo‘lay uyqu ichra osuda

deb  buyruq  berishini  nodonlik  deb  baholagan  shoir,

qizlarning  afsona  aytishini  ham  haqiqatdan  uzoq  hodisa,

deb  hisoblaydi  va:



Bo‘lsa ham aql man’ qilmasmu?

Qissa aytur kishi topilmasmu?

deb ta’kidlar ekan, Bahromni butun doston bo‘yicha maqtashni

nojoiz  deb  biladi.

Bo‘ldi, farzan, bu nav’ bul’ajab ish,

Bul’ajabroq yana bu ish bo‘lmish.

Ki munungdek iki vahidi zamon,

Har bir o‘z vaqtida faridi zamon.

Buyla nodon uchun yozib avsof,

Anga qilg‘aylar o‘zlarin vassof.

Madhini behisob yozg‘aylar.

Kitobxon.Com




5

Har birmi nazmida ko‘rub ko‘p ranj,

Qilg‘ay o‘z “Panj ganji” din bir ganj.

Olloh-olloh! Ne ganj bo‘lg‘ay bu!

Sarbasar elga ranj bo‘lg‘ay bu!

deb  taassuf  izhor  qilgan  edi.

O‘z salaflari ijodida Bahrom qiyofasining bu xildagi tasviri,

shoir ta’kidicha, ular yashagan zamonlar, XII-XIII asrlardagi

adabiy-ijodiy  tamoyillar,  badiiy  an’analar  bilan  ham

izohlanadi.  Chunki  mazkur  bosqichda  tarixiy  qahramonlarni

tasvirlashda  ular  shaxsi  bilan  bog‘langan  voqea-hodisalarni

aynan ifodalash usuli hukmronlik qilardi. Alisher Navoiy esa

faqat Sharq  adabiyoti emas,  ayni chog‘da  G‘arb adabiyotiga

ham  xos  bo‘lgan  bu  xil  an’analarga  zid  ravishda  tarixiy

shaxslarning an’anaviy qiyofalarini ijodkor belgilagan g‘oyaviy-

badiiy niyat asosida keskin o‘zgartirish usulini qo‘llash mutlaqo

yangicha  va  betakror  timsollarni  yaratishga  qo‘l  kelishini

dastlab  “Farhod  va  Shirin”  dostonida  isbotlab  bergan  edi.

Shoir  o‘zining  “Sab’ai  sayyor”  dostonida  ham  shu  usulga

murojaat  qilib,  Bahrom  qiyofasida  chinakam  oshiq  shoh

qiyofasini  chizib  berdi.

Navoiyning ta’kidlashicha, Nizomiy va Xisrav Dehlaviylar

shoh  Bahrom  tarixi  bilan  bog‘liq  voqea-hodisalarni  madh

etish  bilangina  cheklanib  qolganlar.  Faqat  tarixnigina

takrorlash esa ulug‘ ijodkorlarga munosib emasdir, deb yozar

ekan, shoir faqat bo‘lib o‘tgan voqealarnigina tasvirlash uchun

adabiy asar emas, tarixiy asar yozish kerak edi, degan fikrni

bildiradi. Har ikki dostonda o‘zini qoniqtirmagan jihatlar ustida

so‘z borar ekan, Navoiy:

Biri bukim, yo‘q anda moyai dard,

Qildilar ishq so‘zidin ani fard.

Kim birov mehrdin bari bo‘lg‘ay,

Boqma, gar mehri xovariy bo‘lg‘ay.

...Yana bir buki, anda ba’zi ish,

Zohiran nomunosabat tushmish



6

deb  davom  etar,  Bahromning  yetti  qasr  qurdirib,  ularga  yetti

mamlakat shohlari qizlarini olib kelib, uyqusi kelmagan chog‘larda

ularni afsona aytishga majbur qilishini tanqid qilar ekan:



Tongdin oqshomg‘a tegru pay-darpay,

Ulki ichgay qadah to‘la-to‘la may.

Anga xud g‘aflat o‘ldi da’bu sifat,

Uyqusig‘a fasona ne hojat?

Bo‘lsa ham aql man’ qilmasmu,

Qissa aytur kishi topilmasmu?

deb  yozgan.

Al isher  N avoiy  dostonining   kiris h  qisml ari  Sha rq

adabiyotidagi an’anaga muvofiq Olloh hamdi va Unga munojot,

Muhammad rasululloh sallollohu alayhi va sallam na’tlari va

me’rojnoma  (I-IV  boblar),  so‘z  ta’rifi  (V  bob),  Nizomiy,

Xisrav  Dehlaviy,  Jomiylar  madhi  (VI-VII  boblar),  asarning

yaratilish tarixi (VIII bob), Sulton Husayn va malika madhlari

(IX-X boblar), shoh Bahrom ta’rifiga bag‘ishlangan boblardan

iborat  bo‘lib,  asar  voqealari  esa  XII  bobdan  boshlanadi.

Asarning  yaratilish  tarixi,  nomi,  hajmi  doston  oxiridagi

37-bobda  quyidagicha  ko‘rsatilgan:



Lutf bu nazm aro bag‘oyatdur,

G‘araz ammo yeti hikoyatdur.

Chunki qoyil yeti musofir edi,

Ki alar sayr ishiga mohir edi.

Bo‘ldi chun bu raqam ishi tayyor,

Qo‘ydum otini “Sab’ai sayyor”.

Tortqanda bu turfa savtu madin,

Bayti besh mingta tortti adadin.

Manga ayyomi garchi yod ermas,

Leku to‘rt oydin ziyod ermas.

Bo‘lsam o‘zga umurdin emin,

Bor edi to‘rt hafta ham mumkin.

...Garchi tarixi erdi sekkiz yuz,

Sakson o‘tmish edi yana to‘qqiz.


7

Demak,  asardan  maqsad  yetti  hikoyat  bo‘lgani  va  ularni

yettita musofir-sayyoh aytib berishgani uchun shoir uni “Sab’ai

sayyor” (“Etti sayyoh”) deb nomlagan. Doston 5000 ga yaqin

baytdan  iborat,  uni  yozish  uchun  Navoiy  to‘rt  oy  vaqt

sarflagan. Agar bu vaqtda davlat va jamoatchilik ishlari bilan

ham  band  bo‘lmaganida  uni  to‘rt  haftada  yozib  tugatishim

ham mumkin edi, deb ta’kidlaydi shoir. Shu bob oxirrog‘ida

dostonning  889  (melodiy  1484)  yili  tugallangani  ko‘rsatib

o‘tilgan.

Dostonning asosiy qismlari 24 bobdan iborat bo‘lib, keyingi

uch  bobda  shoir  o‘limning  muqarrarligi  (36-bob),  shoh

Bahromni tushida ko‘rganligi (37-bob), “Sab’ai sayyor” asari

haqidagi  fikrlari (38-bob)ni  ifoda  etib,  uni:



Xalqqa zebi torak ayla ani!

Uqug‘ang‘a muborak ayla ani!

Yetti aflokni anga yor et!

Yetti iqlim elin xaridor et!

degan  baytlar  bilan  tamomlaydi.




8


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish