Do‘stlik muqaddas tuyg‘udir. Do‘stlik tog‘lardan baland, zilol suvdek toza tuyg‘udir. Har bir inson tug‘ilib ulg‘ayibdiki, albatta yonida mehribon do‘sti bo‘lishi kerak. Shu do‘st umr bo‘yi yonimizda hamroh, sirdosh, ishongan insonimiz bo‘lib ketadi. Do‘stlikning qadriga do‘st topgan biladi. Shuning uchun har birimiz do‘stlarimizning qadriga yetaylik, chunki ko‘p inson do‘st topishda qiynaladi, topganida esa aldanadi. Shunday muqaddas tuyg‘uni, do‘stlik deya atalmish bir tog‘ni yaratdikmi, uning qadriga yetib yuraylik, yer bilan bitta qilib payhon qilmaylik. - Do‘stlik muqaddas tuyg‘udir. Do‘stlik tog‘lardan baland, zilol suvdek toza tuyg‘udir. Har bir inson tug‘ilib ulg‘ayibdiki, albatta yonida mehribon do‘sti bo‘lishi kerak. Shu do‘st umr bo‘yi yonimizda hamroh, sirdosh, ishongan insonimiz bo‘lib ketadi. Do‘stlikning qadriga do‘st topgan biladi. Shuning uchun har birimiz do‘stlarimizning qadriga yetaylik, chunki ko‘p inson do‘st topishda qiynaladi, topganida esa aldanadi. Shunday muqaddas tuyg‘uni, do‘stlik deya atalmish bir tog‘ni yaratdikmi, uning qadriga yetib yuraylik, yer bilan bitta qilib payhon qilmaylik.
Do‘stlarga hamma vaqt sodiq bo‘lish uchun ularni izzat-hurmat qilish, yaxshi-yomon kunlarida ularga ko‘maklashish zarur. Chin do‘stdan faqat foyda tegadi. U kishiga yomonlik sog‘inmay, ziyon-zahmat yetkazmaydi. Agar u qattiq gapirsa ham, bundan xafa bo‘lmaslik kerak. Chunki u kishini noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarmoq maqsadidagina kuyunganidan shunday qiladi. - Do‘stlarga hamma vaqt sodiq bo‘lish uchun ularni izzat-hurmat qilish, yaxshi-yomon kunlarida ularga ko‘maklashish zarur. Chin do‘stdan faqat foyda tegadi. U kishiga yomonlik sog‘inmay, ziyon-zahmat yetkazmaydi. Agar u qattiq gapirsa ham, bundan xafa bo‘lmaslik kerak. Chunki u kishini noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarmoq maqsadidagina kuyunganidan shunday qiladi.
Shuning uchun ham: “Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib”, “Do‘st so‘zini tashlama, tashlab boshing qashlama”, “Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st xatongni to‘g‘irlaydi”, “Do‘st kuyinar, dushman suyunar”, “Do‘sting bilan dildosh bo‘l, qilar ishda qo‘ldosh bo‘l” kabi xalqimizning ibratli maqollari mavjud. Do‘stlar ko‘p bo‘lsa, turmush yaxshi o‘tadi va, aksincha, do‘stsiz kechirilgan hayot bema’ni o‘tadi. Shuning uchun ko‘proq do‘st orttirishga da’vat etiladi. - Shuning uchun ham: “Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib”, “Do‘st so‘zini tashlama, tashlab boshing qashlama”, “Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st xatongni to‘g‘irlaydi”, “Do‘st kuyinar, dushman suyunar”, “Do‘sting bilan dildosh bo‘l, qilar ishda qo‘ldosh bo‘l” kabi xalqimizning ibratli maqollari mavjud. Do‘stlar ko‘p bo‘lsa, turmush yaxshi o‘tadi va, aksincha, do‘stsiz kechirilgan hayot bema’ni o‘tadi. Shuning uchun ko‘proq do‘st orttirishga da’vat etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |