Do‘stlik va sadoqat tushunchalari bir-biriga ma'nodosh va bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lgan so‘zlardir. To‘g‘rirog‘i, sadoqat bu – do‘stlik degani, do‘stlik esa sadoqat demakdir. Zero, arab tilidan kirib kelgan sadoqat so‘zi do‘stlik ma'nosini ifoda qiladi. Chunki haqiqiy do‘st sadoqatli bo‘ladi. Sodiq do‘st degan so‘z ham shundan kelib chiqqan. Sadoqat - do‘stlik kishi uchun nasib qilishi mumkin bo‘lgan ne'matlarning eng yaxshilaridan biridir, deb aytsak xato qilmagan bo‘lamiz. Bu ne'matni faqat haqiqiy do‘sti bor odamgina to‘laqonli his qila oladi.
Sadoqat - do‘stlik “sidq” so‘zidan olingan. “Sidq” esa rostgo‘ylik, samimiyat va vafodorlikni anglatadi. Zero, do‘st do‘stiga nisbatan rostgo‘y, samimiy va vafodor bo‘ladi.
Do‘stlik tushunchasining mazmun mohiyati haqida donishmand kishilar, olimu fozillar tomonidan ko‘plab so‘zlar aytilgan bo‘lib, ularning ba'zilarini siz azizlar bilan baham ko‘ramiz.
- Do‘stlik shunday bir daraxtdirki, urug‘i vafo, shohlari umid, yaproqlari saodatdir.
- Do‘stlik bir shahardirki, kaliti vafo, aholisi esa vafodorlardir.
- Do‘stlik usiz inson yashay olmaydigan kuch-quvvat manbaidir.
- Do‘stlik ikki shaxsning go‘yoki bir shaxs sifatida birlashib ketishi va yagona fikrni o‘zida tashimog‘idir.
- Do‘stlik u orqali kishi o‘z dardini chiqarib yuborib, yengil nafas oladigan bir tuynukdir.
- Do‘stlik o‘zga uchun o‘z manfaatlarini qurbon qilish, fidokor bo‘lish hamda xudbinlik illatidan ozod bo‘lishdir.
Do‘stlik va sadoqat vafodorlik va fidokorlik
Qaysidir zamonda ikki do'st yashagan ekan. Nima bo'lidi-yu, biri ikkinchisining yuziga shapaloq tortib yuboribdi. Hafa bo'lgan do'sti hech narsa demasdan, sohildagi qumga "Bugun eng yaqin do'stim meni urdi”, deb yozibdi.
Ular qaygadir safarga chiqishibdi. Bir vodiyda ular daryodan suzib o'tishayotgan ekan, suv oqizib ketibdi. Shapaloq urgan yigit do'stini qutqaribdi. Do'st o'ziga kelib, toshga: "Bugun mening eng yaqin do'stim mening jonimni saqlab qoldi”, deb yozibdi.
Shapaloq urgan va keyinchalik qutqargan do'st unga:
- Nega men seni hafa qilgan kunim qumga yozgan eding, bugun esa toshga o'yib yozding?
Do'st zhavob berdi:
- Kimdir bizni hafa qilsa, biz uni qumga yozaylikki, to suv va shamol uni o'chirsin. Lekin, birov bizga yaxshilik qilsa, toshga o'yib yozaylikki, hech qanday shamol ham uni o'chira olmasin.
O'z dard-alamlaringni qumga va shodliklaringni toshga yozishni o'rgangin!.
Do`stlik – inson axloqining bebaho go`zalligi, ijobiy fazilatlar gavhari. Insondagi barcha go`zal fazilatlar bir marvarid shodasi bo`lsa, uning dur-gavhari chin insoniy muhabbatga asoslangan do`stlikdir, Do`stlik tufayli xonadonimiz obod, dunyoda tinchlik va dasturxonimizda to`kinlik hukmron. Shuning uchun ham dono kishilar hamma jamiyatda ham do`stlikni ulug`lab, qadrlab kelganlar va odamlarni do`st bo`lib yashashga, ko`proq do`st orttirishga undaganlar.
27Do’sting bo’lsa.
Yoningda chin do’st bo’lsa
Mard va jasur bir so’zli
Sen yashayver sho’x-shodon
Bu dunyoda bearmon
Xoh kunduz, xoh tunda ham
Yaxshi yomon kunda ham
Oro kirib joningga
Doim tursa yoningda
G’amli damda egib bosh
Tursa doim elkadosh
Ahdi bo’lsa bir qaror
Bundan o’zga ne darkor
Bir do’st uchun, bir jon deb
Sayri do’stni mard deydi
Bunday do’stni do’stim deb
Joning bersang arziydi.
Har bir bolaning, o'spirinning va kattalarning hayotida doimo do'st deb ataladigan odam bor. Vaqt o'tishi bilan aloqa to'xtaydi, chunki qiziqishlar, maqsadlar, dunyoqarash, qadriyatlar, jamiyat - inson ongiga ta'sir qiladigan hamma narsa o'zgaradi. Biroq, haqiqiy do'st yillar, masofa va "tushadi".
DO’STLIK O’ZI BIR SHISHA,
SINSA ASLO TIKLANMAS.
DO’STLIGIMIZ CHIN BO’LSA,
UNI HECH KIM SINDROLMAS.
Bir do'stim bor jondan ham aziz,
Yuzi doim kulib turadi.
unga hamma havasla boqar,
Uni shodlik yaxshi ko'radi.
Bir do'stim bor qalblari otash,
Muxabbatga to'lib yuradi.
Har lag'zasi doim baxtiyor,
Uni baxt ham yaxshi ko'radi.
Bir do'stim bor orzulari ko'p,
Orzusiga albata yetadi.
Chunki unga doim madatkor,
Omad uni yaxshi ko'radi.
do'slari ko'p atrofida jam,
suxbatiga shoshib yuradi.
Bir men desam mendan-da,
o'tib hayot uni yaxshi ko'radi.
Yangi do'st
Yangi do'st topganingda, eskisini unutma,
Sinalmagan kishining etagidan ko'p tutma.
Kimdir sening qalbing-la, o'ynashsayu hor qilsa,
Unday do'stni unut, ko'p kutmagin ko'p kutma,
Yangi do'st topganingda, eskisini unutma!
Ey do'st
Mevali daraxtga otadilar tosh,
Yomonning dastidan egar yaxshi bosh,
Zaharni do’st yutar, nodon yeydi osh.
Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st.
Kimlardir alamga tashlaydi o’zin,
Olmang o’zingizga nobakor so’zin
Barchangizga bersin iloyo to’zim
Bu dunyo o’tkinchi, qo’y ishonma do’st!
Do'st
Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Quloq solsa har bir so’zingga,
Yolg’on qo’shmay so’zlaydi u,
Tikka boqib turib ko’zingga.
Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Hiyonatlar qilmaydi ta’sir.
Yomonlarning o’tmaydi zahri,
Dushmaning ham ololmas asir.
Bir kishi biroz pulga muxtoj bo`lib qoldi, do`stidan yordam olish maqsadida uning uyiga borib, еshigini taqillatdi. Do`sti chiqib, u bilan ko`rishdi, uyga taklif qilsa xam u kishi qabul qilmay:
- Do`stim, mеni kеchir, uyga qilgan taklifigni xozircha qabul еtmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz so`m qarzdor еdim, bugun kеlib, pulini qistadi. Qo`limda pul yo`q еdi. Shuning uchun sеning xuzuringga kеldim, yordam еtarsan, dеb umid qilaman, - dеdi.
Uy еgasi darxol ichkaridan yuz so`m olib chiqib, do`stining qo`liga bеrdi.
- Do`stim, biror narsaga muxtoj bo`lib qolsang, mеndan yаshirma, qo`limdan kеlgancha yordam bеrishga tayyorman, dеb do`stini ko`nglini ko`tardi.
Do`sti xursand bo`lib, u bilan xayrlashib, uyga qaytdi.
Uy еgasi do`sti qaytib kеtgandan kеyin yig`lab uyiga kirdi. Хotini "Еrim ko`p pul bеrib yuborganiga pushaymon qilib yig`layotgan bo`lsa kеrak" - dеb, еriga:
- Biror narsani baxona qilib, pul bеrmasdan qaytarib yuborsangiz bo`lmasmidi? - dеgan еdi, еri shunday javob bеrdi:
- Yo`q, sеn o`ylagancha еmas, do`stim pulga muxtoj bo`lib qolganini bilmaganimdan. U kеlib so`ramasdan oldin o`zim borib, "Do`stim, biror narsaga muxtojmasmisan,tortinma, ayt", - dеb so`rashim kеrak еdi, g`aflatda qolganimga achinib yig`layаpman.
Daraxt emas, yaproqli,
Ko‘ylak emas, etakli,
Odam emas so‘zlaydi,
Turli kuylar kuylaydi.
(Kitob)
Ustida qopqoq,
Tagida qopqoq,
Ichinda yaproq.
(Kitob)
Tilsiz, aql o‘rgatar.
(Kitob)
Bodomcha bodomcha bilan,
Yetti kalit tom bilan.
Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor,
So‘ylashadi odam bilan.
(Kitob)
Oq yer ochdim,
Qora bug‘doy sochdim.
(Qog‘oz, yozuv)
Qo‘l bilan ekilar,
Og‘iz bilan yig‘ilar.
(Yozish, o‘qish)
Tog‘dan tayladim sinmadi,
Suvga tayladim sindi.
(Qog‘oz)
Sirti tayoq,
Ichi bo‘yoq
(Qalam)
Uzun bo‘yli,
Yo‘rma to‘nli.
(Qamish qalam)
Qishda terlab ishlaydi,
Boshqa mahal qishlaydi
(Pechka)
Tunukani chertadi,
Kesaklarni kertadi.
Biroz sho`xlik qilgach u,
Yerga singib ketadi.
(Do`l)
Qish chog`i kapalaklar,
Uchib yurar osmonda.
Qiziq, yo`qolib qolar,
Asvaltga qo`ngan onda.
(Qorparcha)
Yungi igna,
Burni tugma.
Ko`zi munchoq,
Bag`ri yumshoq.
(Tipratikan)
O`rkach-o`rkach tuyalar,
Bir biriga suyalar.
Qimir etmas yil, asr,
Bag`rida xazina, sir.
(Tog`lar)
Oyna emas jimirlar,
Tek turolmas, qimirlar.
(Soylar)
Qat-qat qatlama,
Aqling bo`lsa tashlama.
(Kitob)
Tikuvchiga o`rtoq o`zi,
Bittagina jajji ko`zi.
(Igna)
Yoz, kuz bo`yi chirqillab,
Don tashiydi pirillab
(Chumchuq)
Aytsalar oyim bizga,
Uyqu keladi ko`zga.
(Alla)
Na boshi bor, na tani,
Na joni, na vatani.
Eshitsa biror ovoz,
Javob qaytarar shovvoz.
(Aks-sado)
Oq sandig`im ochildi,
Olamga nur sochildi.
(Quyosh)
Dum-dumaloq barkash non,
Ko`k yuzida suzadi.
(Oy)
Tinmay o`qisang agar,
Ko`p narsani o`rgatar.
Bilsang uka, o`ylab top,
Bilim koni u – …..
(Kitob)
Ikki ajib qulog`i bor,
Biri tinglar, biri so`zlar.
(Telefon)
Rangi har xil,
Nomi bir xil.
(Qalam)
Suvdan bo`lgan, qotsa
Qani suvga botsa.
(Muz)
“Chiq-chiq” der yo`q to`xtovi,
Vaqtning aniq o`lchovi.
(Soat)
Toping-chi uning nomin,
Sichqonning berar dodin.
(Mushuk)
O`sar ko`kka bo`y cho`zib,
Qulochday bargin yozib.
Xipcha bel, zarrin soqol,
Tishlari zich, dur misol.
(Makkajo`hori)
Do'stlaringiz bilan baham: |