a) o’quvchilar bilan salomlashish;
b) sinfxonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish;
c) o’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol-javob orqali aniqlanadi:
1. Yunon koloniyalari qachon tashkil topgan?
2. Qora dengiz sohillarida qaysi shaharlar vujudga keldi?
3. Yunonlar o‘zlarini va o‘z vatanini qanday atashgan?
Tarixiy atama mazmuni
Polis
|
Shahar
|
Goplit
|
O’g’ir qurollangan jangchi
|
Akropol
|
Yuqori shahar
|
Metek
|
Ajnabiylar
|
Pedagog
|
Bolani yo’lda kuzatib boruvchi
|
Ilot
|
Spartadagi mahalliy yunonlar
|
Periyek
|
Spartada to’la huquqga ega bolmagan aholi.
|
III bosqich: YANGI MAVZU.
1.Demokratiyaning shakllanishi.
2.Drakont qonunlari.
3.Solon isloxatlari.
4.Afinada demokratiya ravnaqi.
5.Perikl asri.
Afina shaxrida markaziy maydon bo’lib,uning atrofini turli imoratlar o’rab turishadi.Maydoni aholi ,,Agora’’deb atashib,shu maydonda barcha ozod afinalik qatnashib davlatni qanday boshqarish haqida fikrlarini bayon qilishardi. Ular yuzaga kelgan muommolar va qonunlarni qabul qilishda har oyda to’rt mahal yig’ilishardi.Barcha qarorlar ovoz berish yo’li bilan qabul qilingan.Boshqaruvni bu shakli “Demokratiya’’ –ya’ni xalq xokimiyati edi.
M. avv.VII asrda Afinani idora qilishda Oqsoqollar kengashi muhim rol o’ynagan.Kengash xokimlar, sudiyalarni saylashgan.Ular aslzodalar bo’lgan.Zadogonlar yer-mulklarga egalik qilishib,oddiy xalq demos ular foydasiga ishlashga majbur edi.Oqibatda ular o’rtasida doimiy nizolar kelib chiqardi .
Avvaliga afinaliklar bu qonunlarga bo’ysunadi,so’ngra norozi bo’lib Drakontni shahardan quvib yuborishadi.
Afina davlatida xalq aslzodalardan narozi edi .Oqibatda ular qo’zg’olon ko’tarishadi.Ular o’z yeri,jonidan havotirga tushib,xalq talabini bajarishga majbur bo’ladi.Zadogon Solon xalqqa yon berish tarafdori bo’lib, zadogonlarni aris tokratiyadan demokratiyaga o’tishiga ishontiradi. Miloddan avvalgi 594 yilda zodogonlar Solonni Afina xukmdori qilib saylashdi.Davlat boshqaruvida faqat erkaklar ishtirok etishi mumkin, ayollar va meteklar qonun muhokamasida qatnashmaydi. Qarzdorlik evaziga qullik bekor qilindi.Davlat boshqaruvidagi islohatlar Xalq majlisi foaliyati tiklanishi va nasl-nasabidan qa’tiy nazar ,afinaliklar davlat lavozimlarini egallashlarini ko’zda tutardi.
Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar.Tarkibi savdogar,ishchi dehqondan iborat bo’lib ,omma uchun foydali qarorlar chiqarishgan.Afinada mansabdor shaxslar ma’lum muddatga saylanib,majlisga hisobot berib borishgan. Xalq majlis qonunlar,qarorlar qabul qilishar yoki bekor qilishardi.
Beshyuzlar kengashi kundalik joriy masalalarni xal etishib unga ,strateg boshchilik qilgan.Kengash qarorlari Xalq ma jlisida tasdiqlangan.
Xalq sudi muhim davlat organni bo’lib,30 yoshga yetgan fuqarolar uning ishida ishtirok etishi mumkin.Sudda ayblanuvchi o’zini ximoyalashi qonuni biladigan odamni yollashi mumkin.
Miladdan avvalgi 443-429 yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga Perikl saylangan davri Afinani eng gullagan davri xisoblanadi.Perikl tarixchi Gerodot,xaykaltarosh Fidiylar bilan do’st tutingan edi.Davlat lavozimlariga ish xaqi joriy qildi Parfenon ibodatxonasi tashabbuskori bo’ldi.Perikl o’limidan so’ng,u joriy etgan ko’pgina yangiliklar bekor bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |