O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi 2018 yil 19 fevralda qabul qiligan PF-5349-sonli farmonida:
tadbirkorlik subyektlari tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksport qilinganligi uchun eksport shartnomasi tuzmasdan va bank komissiyasi undirilmasdan, Internet tarmog’idagi elektron savdo maydonchalari orqali, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ro’yxat bo’yicha ayrim tovarlardan tashqari, tovarlar, ishlar (xizmatlar) eksportini amalga oshirish huquqiga ega;
Mavzuning dolzarbligi
Bugun kunda deyarli har bir tashkilot o’z veb sayti bor. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish nuqtai nazaridan reklama sohasini kengaytirishga imkon beruvchi va shu bilan qo’shimcha mijozlarni jalb etadigan hayotiy zarur omil hisoblanadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida hozirgi paytda axborotlarni sifatli saqlash va qayta ishlashga mo’ljallangan ko’plab dasturiy vositalar mavjud. Ular qatori internet magazinining ahamiyati ham juda katta. Shuning uchun har bir sohada bo’lgani kabi dorixonalarning ham online tizimini
yaratish muhim vazifalardan biridir.
Ishning asosiy maqsadi
Biznes tizimlari uchun internet magazin yaratish bo’yicha ma’lumotlar bazasi va uni boshqarish dasturini yaratishdan maqsad qilingan mazkur dasturning ma’lumotlar bazasining shakllantirilishi so`nggi web texnologiyalar sarasiga kiruvchi “Yii2 framework” orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Ishning amaliy ahamiyati. Internet magazin faoliyati
Birinchi bobda ma’lumotlar bazasining asosiy tushunchalari, ma’lumotlar bazasining turlari, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va ularning turlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi bobda dorixonalarga onlayn buyurtma berush tizimini ishlab chiqish va undan foydalanish tavsifi, shuningdek, foydalanuvchilar uchun ko’rsatmalar, hamda kompyuterlar bilan ishlashda hayot faoliyati xavfsizligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi bobda dasturiy vositani yaratish bosqichlari va undan foydalanish tavsifi, shuningdek, foydalanuvchilar uchun ko’rsatmalar, hamda kompyuterlar bilan ishlashda hayot faoliyati xavfsizligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Xulosa qismida bajarilgan ishlar bo’yicha olingan natijalar xulosasi keltirilgan.
Ilova qismida dastur matni (kodi) keltirilgan.
Bu yerda dasturning asosiy ko’rinishi va uning bo’limlari keltirilgan
Dorixonalarga onlayn buyurtma berish va zamonaviy veb texnologiyalarda veb sahifalarni yaratish usullari o’rganildi.
Internet-do’konni rivojlantirish vazifasi mahsulot narxlari ro’yxatini yangilash jarayonini avtomatlashtirish va yetkazib beruvchilarning serverlari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ishlarni amalga oshirishdan iborat edi.