Dorixona yoki apteka


Dorixona (filiallar) dizenfeksiyalar ishlarini profilaktikasini o‘tkazish uchun ko‘chma kvars lampalar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak



Download 1,51 Mb.
bet4/4
Sana18.07.2022
Hajmi1,51 Mb.
#819009
1   2   3   4
Bog'liq
Документ Microsoft Word

Dorixona (filiallar) dizenfeksiyalar ishlarini profilaktikasini o‘tkazish uchun ko‘chma kvars lampalar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak.
Dorixonaning omborxona xonalari binoning pastki qavatida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunda omborxona xonalari balandligi 2,4 m dan past bo‘lmasligi kerak.
Dorixona va ularning filiallari xonalarini tabiiy shamollatish qishki va o‘tish davrida 1/50 dan kam bo‘lmagan hajmda, derazaning yuqori qismi va fortochkasi yordamida, yilning yozgi davrida esa ochiq derazalar yordamida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang. Savdo xonasi (savdo zali) dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya (sotish) qilish jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash uchun uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno).
dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar — ambulatoriya sharoitida tibbiyot amaliyotida qo‘llash maqsadida aholiga realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan dori vositalari va tibbiy buyumlar;
ijtimoiy dorixona — o‘z logotipiga ega bo‘lgan, dorixona assortimentidagi ijtimoiy ahamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda O‘zbekiston Respublikasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi, Sog‘liqni saqlash tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat-xususiy sheriklik — davlat sherigi va xususiy sherikning muayyan muddatga yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun o‘z resurslarini birlashtirishiga asoslangan hamkorligi;
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi uning nomidan ish yuritadi;
(2-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
xususiy sherik — faoliyatining asosiy maqsadi aholini dori vositalari bilan ta’minlash hisoblangan, dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana va ulgurji realizatsiyasini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyaga, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxs;
davlat-xususiy sheriklik shartnomasi — tomonlarning huquq, majburiyatlari va javobgarligini hamda davlat-xususiy sheriklik loyihasi ijrosi bo‘yicha boshqa shartlarni belgilovchi, davlat va xususiy sheriklar o‘rtasida tuzilgan yozma shartnoma.
3. Ijtimoiy dorixona yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi (filial) shaklida tashkil etiladi.
4. Ijtimoiy dorixonaning yagona logotipi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ijtimoiy dorixona O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko‘ra, “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va mazkur Nizomga muvofiq tashkil etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2020-y., 09/20/259/0507-son)
6. Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etishda qo‘yiladigan asosiy talablar:
a) dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji, chakana realizatsiyasini amalga oshirish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni saqlash va berish uchun litsenziyaning mavjudligi;
b) aholini:
Ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kiruvchi (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan cheklangan narxlardan oshmaydigan narxlarda, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan to‘liq hajmda ta’minlash;
davlat-xususiy sheriklik hamkorligi shartlari asosida cheklangan savdo ustamalarini qo‘llash yo‘li bilan Ro‘yxatga kirmaydigan, dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash;
dori vositalari bilan shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda ta’minlash;
dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ijtimoiy dorixonalarning tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari qoshidagi oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarida joylashgan filial tarmoqlari orqali ta’minlash;
maxsus ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalari orqali qishloq vrachlik punktlari mavjud bo‘lmagan tog‘li, yetib borish qiyin hududlardagi aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni yetkazib berishni ta’minlash;
v) dorixona assortimentidagi ro‘yxatga kiritilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning uzluksiz realizatsiyasini amalga oshirish maqsadida ularning ikki oylik zaxirasi mavjudligi.
2-bob. Ijtimoiy dorixonalarni joylashtirish tartibi
7. Ijtimoiy dorixonalar dislokatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
8. Quyidagilar ijtimoiy dorixonalar joylashishining asosiy omillari hisoblanadi:
viloyat, tuman, shaharning ma’muriy-hududiy tuzilishi;
hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;
shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni;
ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
ijtimoiy dorixonalarning xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5 — 10 kmdan ko‘p bo‘lmagan masofada).
9. Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirilishi lozim.
3-bob. Ijtimoiy dorixonalarning vazifalari va funksiyalari
10. Ijtimoiy dorixonalar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka va mazkur Nizomga amal qiladi.
11. Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlashdan iborat.
12. Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji realizatsiyasi uchun va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan ta’minotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari);
shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan retsept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq dori vositalarini retseptsiz ravishda chakana realizatsiya qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlaydi;
belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q qiladi;
iste’molchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri va samaradorligi past holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qiladi;
ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan dori vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda ma’lumot taqdim etadi;
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qo‘llash bo‘yicha maslahat berish va axborot yordami ko‘rsatadi;
aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi to‘g‘risida axborot berish imkonini ta’minlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i bo‘yicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi;
ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan cheklangan narxlar ko‘rsatilgan dori vositalari assortimenti ro‘yxatini ko‘rinarli joyda joylashtiradi;
shifokor retsepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini o‘tkazish (tegishli litsenziyasi mavjud bo‘lganda).
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ijtimoiy dorixonalarda tovar-moddiy boyliklarni inventarizatsiya va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun yopish davlat tomonidan, sherik bilan kelishilgan holda, sanitariya kunlarini o‘tkazish uchun esa — qo‘shimcha ravishda Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.



Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish