Dorivor Tirnoqgul



Download 37,22 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi37,22 Kb.
#233886
1   2   3
Bog'liq
Dorivor Tirnoqgul jalol og'aga

Kirish va xulosa
Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash klasterini tashkil etish Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning har safar olimlar bilan uchrashganlarida alohida urg‘u berib: "Biz yetishtirgan mahsulotimizni, ayniqsa qishloq xo‘jalik mahsulotlarini xom-ashyo holida emas, balki ilmiy yondashib, olimlarimizning innovatsion ishlanmalardan foydalanib, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi samarali hamkorlik asosida chuqur qayta ishlab, tayyor holga keltirib jahon bozoriga olib chiqsakkina, dehqonlarimiz dasturxonini to‘kin-sochin qilish bilan birga, yurtimiz iqtisodiyotini ko‘zlagan yuqori cho‘qqiga ko‘tara olamiz" - degan da'vatlari olimlar oldiga aniq vazifalar qo`yadi. Ayna shu yo`nalishda FA Navoiy bo‘limi olimlarining sa'y-harakatlari bilan Navoiy viloyati Nurota tumanining chekka qishloqlarida yashovchi aholining tomorqalarida dorivor o‘simliklar yetishtirilmoqda. Hozirgi vaqtda, Bo‘limning yosh olimlari o‘simliklarning o‘sishini doyimiy monitoringgini olib borishmoqda, natijalar esa, ko‘ngildagidek. Bundan yoshlar ilhomlanib, ushbu yo‘nalishdagi ikkinchi qadam sifatida o‘zlarining yana bir g‘oyalarini, ya'ni Navoiy bo‘limi qoshida Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash klasterini tashkil etish taklifini tayyorladilar. Bunda, Navoiy bo‘limi qoshida klaster tashkil etish quyidagi ikki bosqichda amalga oshirilishi taklif qilinmoqda. Birinchi bosqichda, dorivor o‘simliklar yetishtirish fermer xo‘jaliklari va qishloq joylardagi aholining tomorqasida shartnoma asosida amalga oshiriladi. Shartnomada yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni bugungi bozor talabidan kelib chiqib, kelishilgan narxlarda sotib olishni Klaster o‘z zimmasiga oladi. Bunda, Klaster tomonidan dorivor o‘simliklarning qaysi turini ekish istagini bildirgan fermerlar va tomorqa egalari ushbu dorivor o‘simliklar urug‘lari, ekish va parvarishlash agrotexnikasi to‘g‘risidagi uslubiy-amaliy qo‘llanmalari bilan ta'minlanadi. Bundan tashqari, Navoiy bo‘limi olimlari tomonidan ekilgan dorivor o‘simliklarning o‘sish jarayoning doimiy monitoringgi, video kuzatuv va bevosita joylarga chiqqan holda olib boriladi hamda mutaxassislar tomonidan zaruriy tavsiyalar berib boriladi. Navoiy bo‘limi olimlari tomonidan fermerlar va tomorqa egalari bilan hamkorlikning ushbu usulida shartnoma asosida 50 gektar yer maydonida quyidagi dorivor o‘simliklar ekish rejalashtirilgan. Topinambur, moychechak va amarant – 10 gektardan, qora sedona, kunjut, tirnoqgul va arpabodiyon – 5 gektardan hamda ekin maydonlari atrofiga 500 tupdan na'matak va achchiq bodom. Bunda, ushbu ekin maydonlarida 200 tonna topinambur, 4 tonna moychechak, 15 tonna amarant, 5 tonna qora sedana, 10 tonna kunjut, 2,5 tonna tirnoqgul va 4,8 tonna arpabadyon hosil olish hamda yetishtirilgan hosilning 50 foizini qayta ishlab tayyor mahsulot holiga keltirish rejalashtirilmoqda. Albatta, Navoiy bo‘limining yosh olimlari tashabbuslari bilan tashkil etilishi rejalashtirilayotgan dorivor o‘simliklar klasterining asosiy maqsadi - yetishtirilgan mahsulotlarini qayta ishlab iste'molchiga tayyor holda yetkazib berishdan iborat. Bunda, xom-ashyoni keyingi qayta ishlash jarayonidagi xarajatlar qoplangandan keyin, dorivor o‘simliklarni yetishtirgan fermerlar va tomorqa egalari ham tayyor mahsulotlarni sotilishidan olinadigan foydaga ellik foizgacha sherik bo‘lishlari imkoniyati bo‘ladi. Demak, olimlar, fermerlar va tomorqa egalarining bunday odilona hamkorligidan, sifatli tayyor mahsulot yetishtiruvchilar ham manfaatdor bo‘ladi. Endi, eng asosiy muammo - bizning tashabbusimizni amalga oshishi uchun zarur bo‘ladigan dastlabki 1300,0 mln. so‘m pul mablag‘ini topishda qoldi. O‘zbekiston Innovasiya vazirligi tomonidan e'lon qilingan tanlovlarga ushbu yo‘nalishdagi loyihani tayyorlab topshirganmiz, ijobiy natija bo‘ladi, - degan umiddamiz. Bundan tashqari, viloyatdagi tadbirkorlarni va fermerlarni hamkorlikga chaqiramiz, balki Navoiy bo‘limiga imtyozli kredit olarmiz, maqsad ushbu taklifimizni amalga oshirish orqali yurtimiz iqtisodiy rivojiga hissa qo‘shish hamda qishloq joylardagi aholining tomorqalarini daromad manbaiga aylantirishga ilmiy yondashish. 2 Klaster tashkil etilgandan keyin ikkinchi bosqichda, bevosita klasterning o‘ziga 50 gektar yer maydoni olinadi va yetishtirilgan hosilni 100 foiz qayta ishlash tashkil etiladi.

RESPIRAZOL PREPARATINI QO'LLASH BO'YICHA YO'RIQNOMA

Tarkibi va chiqarilish shakli

Tabiiy horn ashyodan tayyorlangan nastoyka 150 ml. Himoyalovchi plombali polietilen flakonda. (1) Himoyalovchi golografik yorliqli karton o'ram (2) Dozator-qoshiq (3) qo'llash bo'yicha yo'riqnoma.

Dala choy (Hypericum rerforatum), Oddiy achambiti (Sapsella bursa-pastoris), Dorivor tirnoqgul (Calendula officinalis), Na'matak (Rosa canina), Turkiston do'lanasi (Carataegus turkistanica pojark), Oltin tomir (Rhodiola rosea) Distillangan suv, Shakar kukini, Etil spirti (95%).

Ta'siri


•                       Gepatotsitlarni tiklaydi;

•                       Jigarda moddalar almashinuvini normallashtiradi;

•                       Detoksikatsion ta'sir-jigarga tushgan toksinlarni va boshqa zararli moddalarni zararsizlantiriadi;

•                       Jigarni chidamliligini oshiradi;

•                       Jigar kasalliklari davrida va kasallik o'tkazgandan so'ng gepatotsitlar tiklanishini tezlashtiradi;

•                       O't hosil bo'lishi va ajralib chiqishini normallashtiradi.

Qo'llanilishi

•          Alkogol gepatitlarida (jigarni alkogol kasalliklarida);

•          Jigar sirrozida har qanday kelib chiqishli;

•          Virusli gepatilarda (A, V, S va D);

•          Turli genezli xolestazlarda;

•          Uzoq vaqt dorilar qabul qilganda - sitostatiklar, bir qancha antibiotiklar va b.q.

•          Toksik gepatitlarda;

•          Jirovoy gepatoz;

•          Xolangitlarda;

•          Mukovissidozda;

•          Ovqatdan zaxarlanishlarda; (Kompleks terapiya tarkibida)

Qo'llash usuli va dozalari

Yakka tarzda belgilanadi. Iste'mol qilishdan avval chayqatilsin.

•                       6 yoshgacha 1,25- 2,5 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

•                       6-12 yoshda 2,5-5ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

•                       12-16 yoshda 5 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin.

•                       Kattalarga 5-10 ml dan kuniga 3 mahal ovqat iste'mol qilishdan 5-10 daqiqa oldin. Davolash kursini davomiyligi 20 kun.

Zarurat tug'ilganda davolash kursi qaytarilishi mumkin.(l haftadan so'ng.)

Nojo'ya ta'siri

Ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin (preparat tarkibiy qismlariga bo'lgan yuqori sezuvchanlik holatlarida).

Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

Preparatni bir yoki bir nechta tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.

Dozaning me'yoridan ortiq qabul qilinishi

Preparatni me'yoridan ortiq qabul qilinishi holatlari haqida xabar qilinmagan.

Boshqa preparatlar bilan o'zaro ta'siri

Boshqa dori vositalari bilan qo'llanilganda nojo'ya ta'siri kuzatilmagan.

Saqlash sharoiti va yaroqlilik muddatlari

Preparat bolalar qo'li etmaydigan, yorug'likdan himoyalangan joyda +25°C gacha haroratda saqlanishi kerak.

 Saqlanish muddati-24 oy.

Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi mustaqillik yillarida



O‘tgan asrning 70 yillarida, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi tasarrufida Dorivor o‘simliklar boshqarmasi tashkil qilindi. Mazkur boshqarma asosan respublika O‘rmon xo‘jaliklarida tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar xom ashyosini tayyorlab, farmatsevtika zavodlari va dorixonalarga yetkazib berish bilan shug‘ullanib keldi.
O‘sha davrlarda, o‘rmon xo‘jaliklari farmatsevtika sanoati korxonalari ehtiyojidan kelib chiqib, O‘rmon fondi yerlarida mavjud bo‘lgan, yovvoyi holda o‘suvchi na’matak, zag‘oza, afsonak, omonqora kabi boshqa bir necha xil dorivor o‘simliklar xom ashyosidan tayyorlab farmatsevtika zavodlariga qayta ishlash uchun topshirar edi.
Shuni ta’kidlash joyiz kim, o‘rmon xo‘jaligi xodimlari hamda dorivor o‘simliklar boshqarmasi xodimlari tomonidan yovvoyi dorivor o‘simliklardan oqilona foydalanish, ularni tabiiy zaxiralarini kamayib ketishini oldini olish maqsadida joylarda maydonlarga bo‘lib navbatma-navbat, terishni tashkil qilinishiga qaramasdan, har yili bu o‘simliklarni uzluksiz tayyorlash natijasida ularni tabiiy zaxiralari so‘zsiz qisqarib borar edi. Hamma joylarda dorivor o‘simliklarni tayyorlovchilar, o‘sha o‘simlikning biologik xususiyatlarini to‘liq bilmas va natijada u yoki bu dorivor o‘simliklarning tabiiy zaxiralari kamayib borardi. Chunki o‘rmon xo‘jaligi xodimlaridan tashqari dorivor o‘simliklar tayyorlash bilan bir necha tashkilotlar, chunonchi sog‘liqni saqlash dorixonalari xodimlari, matlubot savdo tashkilotlarini tayyorlash idoralari shug‘ullanardi. Bunday holat, tabiiyki, dorivor o‘simliklarni tabiatda yo‘qolib borishga olib kelardi.
Yuqoridagi holatlarni hisobga olib respublikamiz mustaqilligini ilk davrida 1991 yil 31 dekabrida Vazirlar Mahkamasining 271-farmoyishiga asosan O‘rmon xo‘jaligi tizimida, dorivor o‘simliklar boshqarmasi negizida “Shifobaxsh” ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Bundan maqsad mustaqil respublikamizda dorivor o‘simliklar dehqonchiligini rivojlantirish, tabiatdan iloji boricha kamroq yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash, ko‘proq ularni ekib o‘stirib, farmatsevtika sanoati va sog‘liqni saqlash korxonalari ehtiyojlari uchun dorivor o‘simliklar xomashyosi bazasini yaratishdan iborat edi.
Dorivor o‘simliklarni ekib o‘stirar ekanmiz, birinchi navbatda ularni tur sifatida tabiatda yo‘qolib borishdan asraymiz, ikkinchidan, bizning tabiatimizda tabobat amaliyotida ishlatiladigan barcha dorivor o‘simliklar mavjud emas, o‘shalarni respublikamizdan tashqari davlatlardan olib kelib iqlimlashtirib va madaniylashtirib ekib o‘stirishimiz lozim. Shu maqsadda mustaqil respublikamizda 6 ta ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligi tashkil etildi va hozirgi vaqtda dorivor o‘simliklarni ekib o‘stirish bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bular Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida Y.Oxunboboyev nomidagi, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi “Yakkabog‘”, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Hisor”, Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida A.Navoiy nomidagi, Namangan viloyati Pop tumanidan Abu Ali ibn Sino nomidagi hamda Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida “Toshoxur” davlat o‘rmon xo‘jaliklari hisoblanadi, bundan tashqari dorivor o‘simliklar tayyorlash va ularni yetishtirish bilan 18 ta davlat o‘rmon xo‘jaliklari muntazam ravishda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi orasida faqat bizning Respublikamizda dorivor o‘simliklarni ekib o‘stirish va tayyorlashga ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari va “Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilgan, bu ham bo‘lsa Respublikamiz rahbariyati tomonidan dorivor o‘simliklar dehqonchiligini yanada rivojlantirishga bo‘lgan e’tiborning isbotidir.
Agarda, mustaqillikga erishgunga qadar respublikamiz bo‘yicha har yili 100-150 tonnagacha 5-6 turdagi tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar xom ashyosi tayyorlangan bo‘lsa, mustaqillikga erishgandan so‘ng yiliga 300 tonnadan ziyod dorivor o‘simliklar xom ashyosi tayyorlanmoqda, tayyorlanayotgan dorivor o‘simliklar xomashyosi miqdorining 80% madaniylashtirilgan dorivor o‘simliklar zimmasiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda 22 turdagi dorivor o‘simliklar – tirnoqgul, moychechak, na’matak, pol-pola,bo‘ymodaron, arslonquyruq, makkai sano, dalachoy, valeriana, eman, tuxumak, na’matak, totum, exinatsiya va boshqa bir qanchalari ekilmoqda.
Dorivor o‘simliklardan ekin maydonlari kengayib bormoqda, har yili 100-150 gektardan ziyod maydonga bir va ko‘p yillik dorivor o‘simliklar turlari ekib yetishtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2007 yil 7-sentyabr №186 sonli “Yapon saforasi” va “kashtan” daraxt ko‘chatlarini ekishni ko‘paytirish choralari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarida mazkur daraxtlardan urug‘lar tayyorlanib niholxonalar tashkil qilindi va yetishtirilgan ko‘chatlardan yangi o‘rmanzorlar barpo qilinmoqda.
Yapon saforasi va kashtan o‘rmon hosil qiluvchi manzarali daraxtlar sirasiga kirishlari bilan bir qatorda dori-darmon beruvchi shifobaxsh o‘simliklardan hisoblanadi. Yapon saforasi mevasi va gulg‘unchasidan R-vitamanlik fa’ollikka ega bo‘lgan dori vositalari hamda kashtan mevasidan esa vena qontomirlari kengayishi (varikoz) kasalliklarini davolovchi “Eskuzan” dorisi tayyorlanadi.
Respublikamizda yagona bo‘lgan Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida joylashgan “Toshoxur” ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida teri-charm sanoati uchun zarur bo‘lgan oshlovchi modda beruvchi Totum (sumax) o‘simligi ekib o‘stirilmoqda. Hozirgi vaqtda 250 gektardan ziyod totumzorlar tashkil qilinib, har yili “Tarandubitel” zavodiga 90 tonnadan ziyod totum barglari yetkazib berilmoqda va undan olingan oshlovchi ekstrakt moddalari teri oshlashda hamda neft-gaz sanoatida burg‘ulashda ishlatilmoqda.
“Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazi ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaliklarida Respublika Qizil kitobiga kiritilgan Anzur piyozi, Omonqora kabi noyob dorivor o‘simliklarini ekib ko‘paytirilmoqda.
Markaz tasarrufida ikkita dorivor o‘simliklarni birlamchi qayta ishlab qadoqlaydigan kichik korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda, bular Abu Ali ibn Sino va Y.Oxunboboyev nomidagi ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligidagi sexlardir. Bu korxonalarda yiliga 100-120 ming dona 12 turdagi tayyor ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarilib iste’molchilarga yetkazib berilmoqda, iste’molchilar asosan, “O‘zfarmsanoat” konsern korxonalari, farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari, kichik korxonalar va dorixonalar hisoblanadi. Mazkur iste’molchilar bilan asosan o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida ish olib borilmoqda.
“Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazida ishlab chiqarish bilan bir qatorda ilmiy bo‘lim ham faoliyat ko‘rsatmoqda. “Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazining ilmiy yo‘nalishi asosan Respublikamizning turli iqlim va tuproq sharoitlariga mos keladigan dorivor o‘simlik turlarini tanlash, o‘stirish agrotexnik chora tadbirlarini ilmiy asoslarini ishlab chiqish va ularning dehqonchiligini rivajlantirishga bag‘ishlangan. Shu maqsadda Markaz, Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy-tadqiqot institutlari va Oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ish olib bormoqda. Dorivor o‘simliklar dehqonchiligiga oid fundamental, amaliy va inovatsion loyihalar tuzib konkurslarda ishtirok etib kelmoqda.
Chet el firmalari bilan qo‘shma korxonalar tuzish, investitsiyalarni jalb qilish maqsadida yangidan yangi loyihalar tuzish ustida ilmiy-amaliy ishlar olib borilmoqda.
Hulosa qilib aytganda, respublikamiz O‘rmon xo‘jaligi hamda Qishloq xo‘jaligi sohasida yangi yo‘nalish bo‘lgan dorivor o‘simliklar dehqonchiligi “Shifobaxsh” ilmiy-ishlab chiqarish markazining ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarida muntazam ravishda rivojlanib bormoqda. Bu esa kelajakda nafaqat farmatsevtika sanoatini, balki oziq-ovqat, yengil va parfyumeriya sanoati korxonalarini shifobaxsh o‘simliklar xom ashyosi bilan muntazam ravishda ta’minlash kafolatini beradi.

Биз сизнинг эътиборингизга IHLOS HERBAL PHARM дан турли хил таъм ва фойдали хусусиятларни ўз ичига олган турли хил чойларни тақдим этамиз.

IMMUNOMODULYAR CHOYI
Insonning immun tizimi- bu o`ziga hos to`siqdir. U tashqaridan keladigan barcha virus va bakteriyalardan bizning organizmni himoya qiladi. Immuniteti kuchsiz inson himoyasizdir va bu ko`pincha kishilarda va ayniqsa bolalarda turli kasalliklarga chalinish sababchisi bo`lib qolmoqda. Immunitetni kuchaytirish va uni tashqi ta’sirlarga chidamliligini oshirish hammamiz uchun zarur. Kasallik kelishini kutib o`tirmay hozirdanoq immunitetni ko`tarish uchun qora choyining takrorlanmas ta’mi bilan nordon qalampirmunchoq hamda oltin ildizning tirnoqgul barglari bilan hamohangligi bezovtalik hislarini yo'q qiladi va kasallik qo’zg’atuvchilarga qarshi ta’sir ko’rsatadi. Efir moylariga boy bo'lgan arpabodiyon mevalarining soyabonlari, ichki yallig'lanishlarni bartaraf etadi va organizmni mustahkamlaydi.
Tarkibi; Namatak ,oltin ildiz, tirnoqgul, аrpabodiyon, qalampir munchoq, qora andiz , qizilmiya ildiz ,chistotel,ittikanak, qora choy..
Oltin ildiz (Pushti Rodiola) (Rhodeola Rosea L) - ilmiy izlanishlar o'simlik tarkibidagi 140 dan ortiq komponentlar, makro va mikro elementlarni aniqladi. O’simlik antibakerial va mikroblarga qarshi hususiyatga ega. Organizmni kasalliklarga qarshi kurashuvchanligini oshiradi.
Dorivor tirnoqgul (Calendula Officinalis L) - dorivor tirnoqgul markaziy asab tizimini tinchlantiruvchi, reflektor qo'zg'aluvchanlikni kamaytiruvchi, bir qator mikroblarga qarshi baktretsid hususiyatiga ega.
Arpabodiyon (Anisum Vulgare Gaertn) - yallig'lanishga qarshi, antiseptik, antispazmolitik xususiyatlarga ega. Anis mevalari bronxlar va ichaklarning bez apparati faoliyatini yaxshilaydi, oshqozon-ichak traktining sekretor funktsiyasini kuchaytiradi va ichakning silliq mushaklarining spazmlarini kamaytiradi.
Qalampir munchoq (Caryophyllus aromaticus L) – qalampirmunchoq kurtaklari ko'p miqdorda efir moyi va taninlarni o'z ichiga olgan. O'simlikning efir moyi va uning bir qismi bo'lgan “evgenol” moddasi bakteriostatik ta'sir ko'rsatadi.

10-15 daqiqa davomida damlanadi. Namligi nisbatan 70% dan oshmaydigan, quruq joyda saqlansin.

DIABET CHOY
Ushbu choydagi giyohlar yigindisi aynan inulinga boyligi bilan o'zining shifobaxsh xususiyatlarini namoyon etadi.Bu choyni istemol qilish ichak faoliyatini yaxshilaydi, qondagi xolesterin miqdorini tushiradi, suyaklarni, bơğimlarni, immunitetni mustahkamlaydi, umumiy holatni yaxshilaydi, glyukozani qondagi miqdorini normallashtirib qandli diabet bilan oğrigan bemorlarga foyda keltiradi. Oshqozon va ơn ikki barmoqli ichak yo’llarida foydali hisoblanadi. Gastrit, yơğon ichak yalliğlanishi, duodenit, pankreatitda yordam beradi, bơğin va beldagi oğriqlardan xalos etadi, anemiya , holsizlik va semirishda samarali ta'sirga ega. Jismoniy va aqliy mehnat bilan shuğullanganda chidamlilikni oshirib beradi.Uglevod va lipid metobolizmini yaxshilaydi va qandli diabet bilan oğrigan bemorlarning qondagi qand miqdorini me'yorlashtiradi
Tarkibi : Quddus artishokasi (Topinambur),Quddus artishokasi bargi (Topinambur bargi),Quddus artishokasi guli (Topinambur guli), Ravoch, Koк choy.
Quddus artishokasi (Топинамбур) (Hellantus Tuberosus L): - Quddus artishokida inulin mavjud - bu ajralmas moddadir, undan ko'plab kasalliklarning oldini olish va davolash uchun vosita ishlab chiqariladi. Quddus artishokining ajoyib xususiyati shundaki, o'simlik zararli kimyoviy moddalarni to'plashga qodir emas, lekin tarkibidagi barcha nitratlarni foydali narsalarga aylantiradiish paytida konsentratsiyani kuchaytiradi va ruhiy stressni kamaytiradi, xotirani yaxshilaydi, shu jumladan amneziyani oldini oladi. Qonni tozalaydi va qon aylanishini yaxshilaydi; tanadan toksinlar va zararli moddalarni olib tashlaydi; tanani tozalash, metabolizmni tezlashtirish, oshqozon tizimidagi spazmlarni engillashtiradi, oshqozon yarasini engillashtiradi va ovqat hazm qilishni normallantiradi; yallig'lanishni kamaytiradi; bosimni normallashtiradi; ich qotishini engillashtiradi; yaralarni davolash va terining tiklanishiga yordam beradi; hujayralarning yangilanishi jarayonini tezlashtiradi va tanani yoshartiradi; shamollash bilan kurashishga yordam beradi. Muhim!- Choy diabet kasalligi uchun ham tavsiya etiladi. Choyning xususiyatlari oshqozon osti bezi faoliyatini yaxshilaydi, glyukoza so'rilishini osonlashtiradi va metabolizmni normallashtiradi. Ichimlik kamqonlik uchun ishlatiladi.Ushbu shoy antidiyabetik ta'sir ko'rsatadi.

10-15 daqiqa davomida damlanadi. Namligi nisbatan 70% dan oshmaydigan, quruq joyda saqlansin.

QABZIYAT
Hushbo’y ko’k choyining takrorlanmas ta’mi ila shifobaxsh giyoxlar guldastasi aralashmasidan xosil bo`lgan ajoyib Qabziyat choyi. Sizga nafaqat choydan roxatlanish hissini balki o`zining shifobaxshligi va ichni yumshatish xususiyati bilan uyg`unlashgan holda ichki dunyoyingizga yengillik va xotirjamlikni olib keladi.
Tarkibi:Krushina, Arpabodiyon,Sano bargi,Sano urugi,Qalampir yalpiz,Valeriana, Jumrut, ko’k choy.
Sano bargi - o'simlikning barglari va ekstrakti uzoq vaqtdan beri ich yumshatuvchi sifatida, shuningdek jigar va o't pufagi kasalliklarida ishlatilgan.
Qalampir yalpiz - Oshqozon va ichak spazmlarida, meteorizmda, hamda ovqat hazm qilishni yaxshilovchi, va ishtahani oshiruvhi sifatida ishlatiladi. Yuqori nafas yo'llarining yallig'lanish kasalliklarida qo'llaniladi, bosh og'rig'ini tinchlantiradi.
Jumrut - turli xil taninlarni, tabiiy kislotalarni, flavonoidlarni o'z ichiga oladi. Quyidagilar uchun ishlatiladi: ovqat hazm qilish buzilishi, turli xil ich qotishlar, ichak atoniyasi; gemorroy. Ichak asab tolalari uchlarini qo'zg'atadi, peristaltikani, asosan qalin qismini kuchaytiradi va uning bo'shanishini tezlashtiradi.
Hushbo’y ko’k choyi bilan birlashtirilgan dorivor o’simliklar barglari Sizga g’oyat ajoyib yengillik beradi. Mikro va makro elementlarga boy bo’lgan qabziyat choyi antispazmolitik, yallig'lanishga qarshi va tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Badandan zararli bo'lgan toksinlarni chiqarib tashlaydi. Tananing ichki muvozanatini tiklaydi va ortiqcha vazndan halos qiladi. Yengil ich yumshatuvchi ta'sir ko'rsatadi.
10-15 daqiqa davomida damlanadi. Namligi nisbatan 70% dan oshmaydigan, quruq joyda saqlansin.

KO’K Choy


Qo’lingizdagi ushbu kok choy fermentasiya qilinmagani uchun foydali xususiyatlari kơproq: A, B, B1, B2, B15, C, P darmondorilari , ftor, kaliy, mis, rux, sink kabi moddalarga boy .
Kơk choy tishlar uchun ham foydali, viruslarga qarshi kurashuvchi. Moddalar almashinuvini yahshilagani uchun ozayotganlarga tavsiya qilinadi.Kơk choy kơp kasalliklar oldini olishda, ularni davolashda qơllanadi. Kơk choyning shifobaxsh xususiyatlari juda kơp. Jumladan:
Kơk choy qora choyga nisbatan mikroblarga qarshi kuchliroq ta'sir qiladi;
– xotirani yahshilaydi, fikrni ravonlashtiradi;
– nafas olishni yahshilaydi, nafas yơllarini tozalaydi;
– qishda tana haroratini oshiradi, yo'zda salqin bơlishini ta'minlaydi;
– kơk choy ovqatni oson parchalaydi, hazm bơlishiga yordam beradi;
– chanqoqni bosadi, tana haroratini bir maromda ushlab turadi;
– asabni tinchlantiradi, charchoqni oladi, kishiga huzur bağishlaydi;
– qonni su ltiradi, tomirlarda qon rishini xshilaydi, qondagi xiltlarni tozalaydi;
– kơk choy qon tomirlarini kengaytiradi, undagi yo'ğlarni eritadi, qon bosimini tushiradi;
– organizmning erta qarishi oldini oladi;
Tarkibi: Kok choy, rovach guli, boznochi.
2-5 daqiqa davomida damlanadi. Namligi nisbatan 70% dan oshmaydigan, quruq joyda saqlansin.

JIGAR VA O`T QOPI MALHAM CHOYI


Inson tanasining muhim a’zolaridan biri jigar. U organizmdagi o`ziga hos filtr vazifasini o`taydi. Vaqti kelib ichkiliklar, noto`g`ri ovqatlanish, yog`li ovqatlar, antibiotiklar uni toliqtiradi. Shunday vaqtlarda Sizning jigaringiz himoyasiga asl choy barglari va dorivor o’simliklarning nozik aralashmasi ila jigarni tashqi unsurlardan himoya qiladi va shu bilan birga o't pufagi kasalliklarini davolashda ham ko’mak beradi. Shifobahsh elementlarga boy bo’lgan ushbu choy, hujayralar metabolizmni yaxshilaydi. Safro miqdorini va uni ishlab chiqishini ko'paytiradi, bu yallig'lanishni kamaytirishga, o't pufagi kasalliklari va toshlar paydo bo'lishining oldini olishga va umumiy sog'liqni yaxshilashga yordam beradi.
Tarkibi; Qora andiz, tog rayhon, oltin ildiz, kiyik oti, rovach, qalampir yalpiz, dalachoy,egri,sumbula, qizilmiya ildizi,igir,qora choy
Dalachoy – oshqozon-ichak kasalliklarida, jigar va o't pufagi turli hil kasalliklarida ishlatiladi (o't toshlari kasalligi, xolestetsid, diskeniziya, o'tkir va surunkali gepatit);
Qora andiz - Gippokrat davrida ishlatilgan eng qadimgi ma'lum bo'lgan dorivor o'simliklardan biridir. Safro va siydik haydovchi vosita sifatida ishlatilgan. Yallig'lanishga qarshi kuchli vosita;
Tog’rayhon - tarkibida ko'p miqdordagi efir moylari, taninlar va askorbin kislotasi mavjud. Og'riqsizlantiruvchi va antiseptik ta’siriga ega, shuningdek oshqozonning faoliyatini turli hil buzilishlariga qarshi ishlatiladi;
Egri - tibbiyotda oshqozon-ichak kasalliklarida, jigar, o't pufagi, buyrak kasalliklarida bakteritsid vositasi sifatida ishlatiladi

10-15 daqiqa davomida damlanadi. Namligi nisbatan 70% dan oshmaydigan, quruq joyda saqlanadi.



Tinchlantiruvchi choy.
Tog’lardan avaylab terilgan ko’k choyning barglari, dorivor o'simliklar bilan birgalikda uygunlashganda Sizga takrorlanmas ta’m va giyohli choyning shifobahsh hususiyatlarini tuliq namoyon qiladi. Xushbo'y valeriana Sizga tinchlik va uyg'unlikni tuhfa etsa, yalpizning saralangan barglari tinchlantiruvchi ta'm va hidni his qilishingizga imkon beradi. Mikro-elementlarga boy bo'lgan kiyik o’ti barglari yurak urish maromini sekin asta tiklaydi,asab tizimiga hotirjamlik,tanangizga engillik beradi.
Tarkibi ; Arslonquyruq, dorivor limonot, qalampir yalpiz, dorivor valeriana, tog rayhon, kiyik oti,kok choy.
Yalpiz - Qattiq asabiy qo'zg'alish bilan bog'liq stresslarni tinchlantiradi. Yuqori nafas yo'llarining yallig'lanish kasalliklari asoratlarini engillashtiradi, bosh og'rig'ini hosil bo’lish sabablarini yuqotadi. Qattiq asabiy zo’riqishlarning organizmga zararli tasirini kamaytiradi.
Dorivor Valeriana - tinchlantiruvchi sifatida asabiylashish, uyqusizlik, yurak nevrozlari, bosh og’rigi, shaytonlash va qon aylanish sistemasini mo’tadillashtiradi.
Kiyik o’ti - asab tizimini tinchlantiradi va stress belgilaridan xalos bo'lishga yordam beradi. Umumiy charchoqlardan halos etib, taskin beruvchi ta'sirga ega..
10 -15 daqiqa davomida damlanadi. Namligi nisbatan 70% dan oshmaydigan, quruq joyda saqlanadi.
Download 37,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish