Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlashni kengaytirish hamda aholi o‘rtasida undan foydalanishni targ‘ib qilish bo‘yicha



Download 62,97 Kb.
bet6/6
Sana10.07.2022
Hajmi62,97 Kb.
#768330
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
pq dorivor

Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlashni kengaytirish hamda aholi o‘rtasida undan foydalanishni targ‘ib qilish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

1.

Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi instituti hamda Toshkent davlat agrar universitetining aniq hisob-kitoblariga asosan, O‘simlik moddalari kimyosi instituti va Toshkent davlat agrar universitetida dorivor o‘simliklar tarkibida maqsadli biologik faol moddalar mavjudligini tekshirish laboratoriyalarini tashkil etish va ularni jihozlashga xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish.

1. Fanlar akademiyasi O‘simlik moddalari kimyosi institutining hamda Toshkent davlat agrar universitetining hisob-kitoblariga asosan laboratoriyalar jihozlari va uskunalar uchun texnik talabnomalarni ishlab chiqish.

2022-yil iyul

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev)

2. Laboratoriyalarni tashkil etish va jihozlashga yo‘naltiriladigan xalqaro moliya institutlarining jalb etiladigan mablag‘lar manbalarini aniqlash.

2022-yil avgust

3. Zaruriy jihozlarni xarid qilish uchun tenderlarni o‘tkazish va pudratchi tashkilotni tanlash.

2022-yil oktyabr

4. Laboratoriya binolarini ta’mirlash hamda zarur jihozlarni xarid qilish va o‘rnatish.

2022-yil dekabr

5. Dorivor o‘simliklar tarkibida maqsadli biologik faol moddalar mavjudligini tekshiruvchi laboratoriyalarni ishga tushirish.

2023-yil fevral

2.

Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning farqini (aniq chegarasini) belgilash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalarning farqini (aniq chegarasini) belgilash.
2. Biologik faol qo‘shimchalar hisoblangan komponentlarning aniq ro‘yxatini tasdiqlash.

2022-yil iyul

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(B. Musayev)

3.

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi klasterlarni jalb etgan holda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Fanlar akademiyasi Botanika bog‘i huzurida namunaviy Dorivor o‘simliklar botanika bog‘ini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish. Loyihada:
mazkur bog‘ni tashkil etish uchun talab etiladigan yer maydonini aniqlash;
Qo‘qon shahri hokimligi tomonidan mazkur bog‘ uchun yer ajratish hamda boshlang‘ich xarajatlarni hisoblash va uni qoplash uchun mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratish;
Dorivor o‘simliklar botanika bog‘ini tashkil etish uchun talab etiladigan dorivor o‘simliklar va manzarali daraxtlarning urug‘ va ko‘chatlarini yetkazib berish mexanizmi;
ushbu bog‘da yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni parvarishlash hamda xomashyosini qayta ishlashni tashkil etuvchi tashabbuskorlarni aniqlash nazarda tutiladi.

2022-yil iyul

Farg‘ona viloyati hokimligi
(X. Bozarov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov)

4.

Yetakchi xalqaro ekspertlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, shifokorlar va ilmiy xodimlarni jalb qilgan holda “Dorivor o‘simliklar va biologik faol qo‘shimchalarning afzalliklari va o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida xalqaro forum o‘tkazish.

1. Forumni o‘tkazish muddati va joyini aniqlash va tegishli mas’ullarni belgilash.

2022-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(B. Musayev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov)

2. Forum dasturini ishlab chiqish hamda unda qatnashuvchi yetakchi xalqaro ekspertlar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar, shifokorlar va ilmiy xodimlarni aniqlash.

2022-yil sentyabr

3. Forumning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.

2022-yil oktyabr

5.

“Qizil kitob”ga kiritilgan dorivor o‘simliklarni qayta tiklash, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, urug‘chiligi va onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘lari hisobidan grantlar e’lon qilish.

1. “Qizil kitob”ga kiritilgan dorivor o‘simliklarni tiklash, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, ularning urug‘chiligi va onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish bo‘yicha grantlar yo‘nalishlarini belgilash.
2. Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablag‘larini aniqlash.
3. Tanlov asosida mazkur loyihalar g‘oliblarni aniqlash.

Har yili

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov),
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
(N. Oblamurodov)

6.

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida dorivor o‘simliklardan yangi biologik faol moddalarni ajratib olish, ularni chuqur qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, dorivor o‘simliklarning sertifikatlangan urug‘chiligini tashkil etish, dorivor o‘simliklar ko‘chatlarini “in-vitro” usulida ko‘paytirish, ularni yetishtirish agrotexnologiyasini yaratish mavzularida loyihalar tanlovlarini e’lon qilish.

1. Tanlovni o‘tkazish muddati va tegishli mas’ullarni belgilash, tanlov dasturini ishlab chiqish.

2022-yil iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev)

2. Tanlovning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.

2022-yil sentyabr

7.

“Organik ishlab chiqarish mahsuloti” hamda “Zarur dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti — GASP” davlat standartlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish.

1. “Organik ishlab chiqarish mahsuloti” hamda “Zarur dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti — GASP” davlat standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish.
2. Davlat standartlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil iyul

O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
(D. Sattarov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish a�entligi
(S. Kariyev)

8.

“Organik ishlab chiqarish mahsuloti” hamda “Zarur dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti — GASP” davlat standartlariga muvofiqligini baholashni yo‘lga qo‘yish.

“Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan “Organik ishlab chiqarish mahsuloti” hamda “Zarur dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish va terib olish amaliyoti — GASP” davlat standartlariga muvofiqligini baholash.

2023-yil iyul

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev)

9.

Aholi tomorqalarida dorivor o‘simliklar yetishtirishni kengaytirish maqsadida uch oy muddatda “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida aholi tomorqalarida dorivor o‘simliklarni yetishtirishni kooperatsiya usulida tashkil qilish bo‘yicha salohiyatli tashabbuskorlarni aniqlash hamda manzilli dasturni tasdiqlash.

1. “Bir tuman — bir mahsulot” tamoyili asosida aholi tomorqalarida dorivor o‘simliklarni yetishtirishni kooperatsiya usulida tashkil qilish bo‘yicha salohiyatli tashabbuskorlarni aniqlash.

2022-yil iyun

O‘zbekiston fermer, dehqon ho‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi
(A. Xaitov),
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
(R. Mamatov),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev),
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vaxabov)

2. Aholi tomorqalarida kooperatsiya usulida dorivor o‘simliklar yetishtirishni tashkil qilish bo‘yicha manzilli dasturni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyun

3. Hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi tashabbuskor subyektlar va tomorqa yer egalari uchun mo‘ljallangan dorivor o‘simliklarni yetishtirish hamda xomashyolarini tayyorlash bo‘yicha malaka oshirish kurslarining o‘quv dasturlarini tasdiqlash.

2022-yil iyun

10.

Umumta’lim maktablarida tabiatshunoslik, botanika fanlarida dorivor o‘simliklarning xususiyatlari, ularni yetishtirish va qo‘llash usullari hamda afzalliklarini o‘rgatishga oid mavzularni kiritish.

1. Tabiatshunoslik, botanika fanlarida dorivor o‘simliklarning xususiyatlari, ularni qo‘llash usullari va afzalliklarini o‘rgatish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.
2. Chora-tadbirlar asosida tabiatshunoslik, botanika fanlariga yuqoridagi mavzularni kiritish.

2022-2023 o‘quv yilidan boshlab

Xalq ta’limi vazirligi
(B. Saidov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev)

11.

Respublika hududida o‘suvchi dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish, urug‘lik materiallarini tayyorlash, ajratib olingan ekstrakt va substansiyalar tarkibini va qayta ishlash texnologiyalarini o‘rgangan holda, iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lgan ilmiy loyihalar portfelini shakllantirish va Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

1. Ishlab chiqaruvchilar, dorivor o‘simliklar klasterlarining takliflari asosida amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar yo‘nalishlarini aniqlash.

2022-yil iyun

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

2. Mazkur yo‘nalishlar asosida ilmiy loyihalar portfelini shakllantirish hamda Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil iyul

12.

O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan sertifikatlangan dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlab, amalga oshirish.

O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitiga mos bo‘lgan sertifikatlangan dorivor o‘simliklar urug‘chiligi va ko‘chatlarini yetishtirish bo‘yicha 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyun

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(I. Abduraxmonov)

13.

Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan dorivor o‘simliklarning foydali xususiyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalarida namoyish qilish.

1. Dorivor o‘simliklarning foydali xususiyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan ijtimoiy roliklar tayyorlash.

Doimiy

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev)
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
(A. Xodjayev),
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
(A. Ko‘chimov),
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi
(A. Xadjayev)

2. Dorivor o‘simliklar va ulardan ishlab chiqilgan mahsulotlarning tibbiy ahamiyati hamda qo‘llashga oid maxsus ko‘rsatuvlar va roliklarni muntazam namoyish etib borish.

Doimiy

3. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qo‘llashni targ‘ib qilish bo‘yicha “Eng yaxshi maqola”, “Eng yaxshi teleko‘rsatuv” va boshqa nominatsiyalarni e’lon qilish va g‘oliblarni taqdirlash.

Har yili

14.

Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, dorivor o‘simliklar afzalliklarini aholi va shifokorlar orasida keng targ‘ib qilish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va chuqur qayta ishlashda ilm-fan va ishlab chiqarish korxonalarining kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish va mustahkamlash uchun “Ibn Sino merosi” xalqaro ko‘rgazmasini tashkil etish.

1. Xalqaro ko‘rgazmani o‘tkazish muddati va tegishli mas’ullarni belgilash, xalqaro ko‘rgazma dasturini ishlab chiqish.
2. Xalqaro ko‘rgazmaning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.

Har yili

Savdo-sanoat palatasi
(D. Vaxabov),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

15.

Respublikaning barcha hududlarida shahar va tuman kesimida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar orasida keng qamrovli kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish maqsadida ixtisoslashgan savdo yarmarkalarini o‘tkazish.

1. Savdo yarmarkalarini o‘tkazish muddati va tegishli mas’ullarni belgilash.
2. Savdo yarmarkalarining yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash.

Har yili mart oyi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Savdo-sanoat palatasi
(D. Vaxabov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(L. Qudratov),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
(S. Kariyev)

16.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida Qishloq xo‘jaligi vazirligining Jahon banki bilan hamkorlikdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan kredit mablag‘lari hisobidan Dorivor o‘simliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish.

1. Dorivor o‘simliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasi binosini qurish va jihozlash uchun zarur asbob-uskunalar ro‘yxatini shakllantirish hamda talab etiladigan mablag‘lar miqdorini aniqlash.
2. Aniqlangan zarur mablag‘lar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni belgilangan tartibda Jahon banki bilan kelishish.
3. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida Dorivor o‘simliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish.

2023-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov)

17.

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tarkibida tashkil etiladigan Dorivor o‘simliklar xomashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish.

1. Ushbu laboratoriyani O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda jahon standartlariga javob beradigan akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash.
2. Laboratoriyaning belgilangan muddatlarda akkreditatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash.

2024-yil dekabr

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi
(N. Bakirov),
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi
(D. Sattarov)

18.

2022 — 2026-yillarda agrotexnolog, texnolog va xalq tabobati mutaxassisligi bo‘yicha malakali oliy va o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlarni tayyorlashning maqsadli ko‘rsatkichlarini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Oliy ta’lim muassasalarida “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” va “Xalq tabobati” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida grant kvotalarini oshirish to‘g‘risida taklif kiritish.

2022-yil iyun

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(A. Toshkulov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(J. Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(B. Musayev)

2. Professional ta’lim muassasalarida “Dorivor va ziravor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnologiyasi” va “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish agronomi” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida grant kvotalarini oshirish to‘g‘risida taklif kiritish.

2022-yil iyun



(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 07/22/251/0443-son)
Download 62,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish