137,3 ming gektar maydonlarda ushbu tadbirning o‘tkazilishi nazorat qilib boriladi.
Bugungi kunga kelib, barcha viloyatlarda Qishloq xo‘jalik boshqarmalari va ularning tuman bo‘limlari, O‘zagroinspeksiyaning viloyat hududiy boshqarmalari va tumanlar bo‘limlari, paxta to‘qimachilik klasterlari mutaxassislari, tegishli idora va tashkilotlar mutaxassislari hamda urug‘lik paxta yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari ishtirokida aprobatsiya seminarlari o‘tkazildi va ish rejaning tegishli bandlari ijrosi ta’minlandi.
1. Aprobatsiya o‘simlik navining genetik jihatidan tozaligi, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamliligi va ekishga mo‘ljallangan urug‘likning umumiy holatini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
2. Aprobatsiya urug‘lik paxta va g‘alla maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi yoki “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining qo‘shma qaroriga asosan o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Har bir fermer xo‘jaligi, tumanlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘yicha paxta va g‘alla maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish, ularning natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi yoki “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi hamda O‘simliklarni himoya qilish va agrokimyo markazi, O‘zbekiston Fermyerlar kengashi va tegishincha ularning hududiy bo‘linmalari mutaxassislari va seleksioner olimlardan iborat Respublika, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tuman aprobatsiya komissiyalari tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Respublika hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat aprobatsiya komissiyalari tarkibi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining buyrug‘i bilan, tuman aprobatsiya komissiyalarining tarkibi manfaatdor tashkilotlar bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi yoki viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
5. Aprobatsiya o‘tkaziladigan urug‘lik paxta va g‘alla maydonlari Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 1551, 2006-yil 13-mart) hamda Super elita, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik g‘alla yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun xo‘jaliklar o‘rtasida tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1794, 2008-yil 17-aprel) muvofiq aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Aprobatsiya urug‘lik yetishtiruvchi ilmiy tadqiqot institutlari va ilmiy muassasalarda ham o‘tkaziladi.
6. Aprobatsiya har yili tuziladigan paxta va g‘alla maydonlarida aprobatsiya o‘tkazish rejalari asosida o‘tkaziladi. Mazkur rejalar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar kesimida — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan;
tumanlar kesimida — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda viloyatlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari tomonidan;
fermer xo‘jaliklari kesimida — tumanlar qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari tomonidan tasdiqlanadi.
7. Boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi ekinlarining aprobatsiyasi urug‘lik maydonlarida tuman hokimining qaroriga muvofiq tashkil etiladigan tuman aprobatsiya komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bunda ozuqabop ekinlar aprobatsiya qilinadigan maydonlar Ozuqabop ekinlar urug‘chiligiga ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarni tashkil etish va ozuqabop ekinlar urug‘ligini yetishtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1820, 2008-yil 10-iyun) muvofiq aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |