M.Pirnazarova,
Qoraqalpog‘iston axborot agentligi muxbiri.
https://kknews.uz/oz/9894.html
http://geografiya.uz/ekologiya/844-zaharli-osimliklar.html Zaharli o`simliklar
14 409 13-06-2015, 07:00 Ekologiya
Shahar tashqarisiga sayohat shifokorga murojaat bilan tugamasligi uchun shuni bilib qo’ygan yaxshiki, nafaqat ba’zi jonzotlar, balki bir ko‘rinishda beozor tuyulgan ayrim o‘simliklar ham inson uchun zararli boiishi mumkin.
Million yillar davomidagi evolyutsiyasi natijasida o‘simliklar turli jonivorlarga qarshi ko‘plab zaharlar ishlab chiqarishga moslashgan. Demak, ular sut emizuvchilar sinfiga kiradigan inson uchun ham xavfli bo`lib qolgan.
O‘simliklarning zaharliligi ularda alkalond va glikozid kabi kimyoviy birikmalar mavjudligiga bog`liq.
Zahar tarkibini kimyoshunoslar o'rganadi, siz esa ularning ta’sir etish usullarini bilishing kerak.
Ayrim o‘simliklar agarda ularga tegib ketsangizgina zarar yetkazadi, bunday zaharlanish tog’ridan-tog’ri zaharlanish deyiladi. Boshqa zaharlar qon orqali organizmga ta’sir etadi. Bularga misol sarguzasht romanlardagi "kurare” zahari.
Uchinchisi esa oldin oshqozonga tushib, keyin qonga o‘tadi.
To‘rtinchi guruh zaharlar nafas olish yoilari orqali ta’sir etadi. Bunday zaharga ega o‘simliklarga tegmay turib ham nafas olish orqali zaharlanish mumkin. O‘simliklardagi zahar bir xilda taqsimlanmagan.
Ayrim hollarda zahar o’simlikning ildiz va urugiarida to‘planadi, boshqa hollarda butun tanasida: guli, poyasi, bargi, ildizi va mevasida bo`lishi mumkin.
Har bir o‘simlikning "zahar yig’ish mavsumi” bor, ayrimlari gullaganda, boshqalari gulidan avval yoki gulbarglarini to’kkandan keyin eng ko’p zahar yig‘adi, yana boshqalari mevasi pishganda. Ba’zi o’simliklardagi zahar miqdori tuproq va iqlimga bog'liqligini odamlar bilib olgan.
Markaziy Osiyoda zaharli o'simliklarning ko‘plab turi uchraydi. Ularning orasida eng xavflisi - akonitdirdir. U dunyo bo’yicha ham eng zaharli o‘simlik hisoblanadi. Unga qo‘l tegizmagan ma’qul.
Soyabongullilar oilasiga mansub beladonna, uy va ariqlar yaqinida o‘suvchi bangidevona, it petrushkasi, jumladan hammaga tanish boigan it uzumi zaharlidir.
Soyabongulli o‘simliklaming makkorligi shundaki, ular qarindoshlari: sabzi, selderey, ukrop, petrushkalarga o‘xshab ketadi.
Ituzumdoshlar oilasiga mansub o‘simliklar o‘zlarining mevalari bilan zaharlidir. Sizlarga yana bir maslahatimiz: o‘z xavfsizligingizni o‘ylab, zaharli o'simliklarni tanishingiz, eslab qolishingiz va ularning qaysi qismi zaharli hisoblanishini bilishingiz kerak.
Kutubxonadan o‘simliklar atlasini olib Markaziy Osiyoda о‘sadigan zaharli o'simliklarni bilib qo'ying. Ularga duch kelganingizda ehtiyot bo`ling!
Do'stlaringiz bilan baham: |