Dorivor limono’t (Melissa officinalis L.) o’simligi urug’ining unuvchanligi.
Annotatsiya:Ushbu maqolada shifobaxsh xususiyatga ega bo’lgan Dorivor limono’ti o’simligi urug’ning laboratoriya sharoitida unib chiqishiga oid tajriba natijalari keltirilgan.
Kalit so’zlar: Melissa, unuvchanlik, optimal harorat, efir moylar, sitral aldegid, flavonoidlar, triterpenlar.
Dorivor o’simliklar insonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Ular insonlardagi turli xil kassaliklarni oldini olish va davolash uchun xizmat qiladi. Tabiiy sharoitda kam tarqalgan, shuningdek xom-ashyosini yig’ib olish qiyin bo’lgan aksariyat dorivor o’simliklar dorivorlik xususiyati yuqori ekanligi bilan ajralib turadi. Bu kabi qimmatli bo’lgan o’simliklarni madaniylashtirish, ularni xom-ashyosini yig’ib olish va ularni qayta ishlash jarayonini yo’lga qo’yib, mahsulot ishlab chiqarish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu kabi qimmatli dorivor o’simliklar jumlasiga Yasnotkadoshlar Lamiaceae (labguldoshlar-Labiatae) oilasining muhim shifobaxshlik xususiyatiga ega bo’lgan Dorivor limono’t (Melissa officinalis) o’simligini misol qilish mumkin. Melissa officinalis ko’p yillik o’simlik bo’lib, bo’yi 30-60 sm ga yetadi. Poyasi shoxlangan, tik o’suvchi, qalin dag’al tuklar bilan qoplangan.Barglari tuxumsimon shaklga ega bo’lib, ustki tomoni tuklangan, ostki tomoni esa tuksiz. Gullari halqasimon joylshgan.Dorivor limono’tining poyasi va bargalari limon singari hidga ega.
Melissa officinalis O’rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rossiyaning Yevropa qismining janubida tarqalgan. Melissa bu kabi davlatlarda daraxtlarning, toshlarning soyalarida o’sishga moslashgan. O’zbekistonda yovvoyi holda Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida uchratish mumkin.[1.156]. Lekin 2018-yilda nashr etigan S.Meliboyevning “O’zbekiston florasida uchraydigan dorivor o’simliklar” nomli kitobida bu o’simlikni Farg’ona va Qashqadaryo viloyatlarida ham uchratishimiz mumkinligi qayd etilgan.[2.148].
Dorivor limono’ti o’simligi dorivor o’simlik sifatida xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda ishlatildi. Bu o’simlik tarkibida 0.01-0.03% efir moyi, vitamin C, kofe, xlorogen, ferul, protokatex singari fenilkarbon kislotalar, triterpenlar, lyuteolin-7-glikozid kabi flavonoidlar mavjud. Bundan tashqari bu o’simlik tarkibida asiklik (Ochiq zanjirli) monoterpenlarda iborat efir moylar mavjud. Bu efi moylarning asosiy qismini sitral alegid yoki geraniol aldegidi tashkil etadi. Bu aldegid yoqimli limon hidini beradi.[2.113]. Shuning uchun ham Melissaning yer ustki qismidan limon hidi keladi.
Bu o’simlikning dorivor preparatlarini Abu ALI Ibn Sino yurak mutahkamlashda, aqlni charxlashda va boshqa bir qancha kasalliklarda foydalangan. O’zbekiston Respublikasi SSV tomonidan bu o’simlik damlamasi klinik sinovdan o’tkazilgan bo’lib, rasmiy tibbiyotda tinchlantiruvchi va qon bosimini tushuruvchi vosita sifatida gipertoniyada qop;llashga ruxsat etilgan.
Bu o’simlikni muhim dorivorlik xususiyatini bilgan holda urug’ining unuvchanligi laboratoriya sharoitida tekshirildi.
Melissa officinalis urug’lari mayda, qattiq, cho’zinchoq uchburchaksimon shaklda, qora, qo’ng’ir rangli uzunligi 1-2 mm ni tashkil etadi. 1000 dona urug’ining vazni 0.4 grammga teng.
Ma’lumki, o’simliklarning unib chiqishi uchun optimal harorat muhim ahamiyatga ega bo’lib, hamma o’simliklar uchun turli darajani tashkil etadi. 2022-yilda 6 va 12 oy saqlangan urug’larning turli harorat va namlikda laboratoriya sharoitida unuvchanligi kuzatilganda, urug’larning unib chiqishi uchun eng maqbul harorat +22-24 bo’lib, unuvchanligi 7-10 kun ichida 86-87 % ni tashkil etadi. Harorat oshishi va pasayishi unuvchanlikka salbiy ta’siri etganligi kuzatildi. 15-16 haroratda unuvchanlik 40-45% ni tashkil etdi. 30-32 haroratda esa 30-35% ni tashkil etdi.
Dorivor limono’t urug’larining laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi (% hisobida uch takrorlikdan o’rtacha ko’rsatgichlar keltirilgan, urug’lar 100 tadan ekilgan, aprel 2022-yil).
Harorat
|
Urug’larning saqlanish muddati
|
|
6 oy
|
12 oy
|
22-24
|
72.3 2.1
|
83.5 2.5
|
15-16
|
42.3 1.2
|
43.4 1.4
|
30-32
|
30.5 2.5
|
34.8 2.0
|
Laboratoriya sharoitida urug’larning eng yuqori va past unib chiqish ko’rsatgichlari quyidagicha bo’lib, 22-24 haroratda 6 oy saqlangan urug’larda 72% ni, 6 oy saqlangan urug’larda 30-32 haroratda 30% ni, 12 oy saqlangan urug’larning eng past unuvchanligi esa 34%ni tashkil etdi. Eng yuqori unuvchanlik esa 12 oy saqlangan urug’lar uchun 22-24 haroratda 85%, 6 oy saqlangan urug’larda esa 72%ni tashkil etdi.
Xulosa.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, Dorivor limono’t laboratoriy sharoitida 22-24 haroratda 72.3%dan 83.5% gacha bo’lishi aniqlandi.Bundan ko’rinib turibdiki, o’simlikni o’zi uchun optimal bo’lgan haroratda ekilsa, yuqori hosil olish mumkin. Shuning uchun Melissani ekish muddatlarini to’g’ri tanlash va uni yig’ib olingan urug’larini saqlash muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’.Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulov- “Dorivor o’simliklarni yetishtirish texnologiyasiva ekologiyasi”- “Tafakkur bo’stoni” nashriyoti Toshkent-2018
2.S.Meliboyev, M.Isroilov, Z.Isomiddinov, X.Abdunazarov, Sh.Tursunova- “O’zbekiston florasida uchraydigan dorivor o’simliklar”- Farg’ona nashriyoti 2018-yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |