DORISIZ SOG’LOMLASHTIRISH.
Bugungi kunda fizik omillar va jismoniy mashqlar yordamida tezroq tuzalib ketmaydigan kasalliklar yo’q desa ham bo’ladi. Salomatlikni mustahkamlashda va turli xil kasallliklarning oldini olishda ulardan keng foydalaniladi. Uy sharoitida fizioterapevtik va shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalarini qo’llash ham mumkin va bu yaxshi samara beradi. Butun dunyo mamlakatlarida bu yo’nalish yaxshi rivojlanib bormoqda. Fizioterapevtik usullarning afzalliklari va e’tiborga loyiq taraflari.
Birinchidan, fizikaviy usul davolash vositasi sifatida barcha uchun qulay, hatto uy sharoitida ham qo’llanilishi mumkin. Ikkinchidan, fizioterapevtik usullar ancha arzon. Samaradorlik jihatidan boshqa davolash vositalaridan yuqori turadi. Uchinchidan, fizioterapevtik usullarni qariyalar va bolalarda qo’llash mumkin, chunki ularni qo’llashda og’riq sezilmaydi, aksincha yoqimli ta’sir ko’rsatadi. To’rtinchidan, dori darmonlar va boshqa davolash vositalaridan farqi fizioterapevtik usullardan faqatgina davolash vositasi emas, balki turli kasalliklarning oldini olish, organizmni sog’lomlashtirish va chiniqtirish uchun ham foydalaniladi. Beshinchidan, organizmning barcha sistemalariga fizik omillar faol ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun fizioterapevtik apparatlardan bir necha xili bo’lsa ham, ularning ishlatilishi uslubini yaxshi bilgan holda turli xil kasalliklarni samarali davolash mumkin.
DORISIZ DAVOLASH.
Kasalliklarni davolashda va oldini olishda, bemorlar sog’ligini qayta tiklashda fizioterapevtik va jismoniy tarbiya davolash usullarini qo’llash kata ahamiyatga ega. Inson uzoq davrlardan beri turli kasalliklar va salbiy holatlar bilan kurashishda tabiat kuchlari va turli omillaridan foydalanib kelgan. Hozirgi vaqtda bemorlarni qisqa muddatda tez va sifatli davolashga, shu bilan birga kasalliklarning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslik uchun davolash kompleksiga katta e’tibor qaratilmoqda, ya’ni davolash kompleksida faqat dori-darmonlarni qo’llashga tayanib qolmasdan, balki dorisiz davolash usullarini qo’llashga kata e’tibor berilmoqda. Buni amalga oshirishda fizioterapevtik muolajalarning va shifobaxsh jismoniy tarbiyaning roli kattadir. Bunga erishish uchun organizmga ta’sir etadigan fizik omillar va jismoniy mashqlar xarakterini , ta’sir mexanizmini , fiziologik ta’sirini , fizioterapevtik muolajalarning qo’llash usullarini va dozirovkalarini , shifobaxsh jismoniy tarbiyaning vosita va shakllarini , harakat tartibotlarini bilish shart. Kasallikni davolashdan ko’ra , uning oldini olish afzalligini yodda tutgan holda kasalliklarni oldini olish va sog’lom turmush tarzini targ’ibot etishga imkon darajasida keng yondashish zarurdir. Bugungi kunda fizik omillar va jismoniy mashqlar yordamida tezroq tuzalib ketmaydigan kasalliklar yo’q desa ham bo’ladi. Salomatlikni mustahkamlashga va turli xil kasalliklarni oldini olishda ulardan keng foydalaniladi. Uy sharoitida fizioterapevtik va shifobaxsh jismoniy tarbiya vositalarini qo’llash ham mumkin va bu yaxshi samara beradi. Butun dunyo mamlakatlarida bu yo’nalish yanada rivojlanib bormoqda. FIZIOTERAPIYA VOSITALARI.
Tibbiyot amaliyotida tabiiy (tabiat qo’ynida dam olish maskanlarida) va sun’iy (shakllantirilgan) fizik omillardan keng foydalaniladigan fizioterapiyaning ma’lum bir bo’limi kurortologiya deb atalib, tabiiy ikkinchi bo’limi fizioterapiya deb nomlanadi. Fizioterapiyani turli guruhlarga bo’lib, kvalifikatsiya qilish mumkin.
Fizik omillarning inson organizmiga ta’sir mexanizmi.
Fizik omillar turli xil ko’rinishda bo’lgani bilan ularning organizmga ta’sir mexanizmi natijasida ko’plab umumiy holatlar yuzaga keladi. Buning sababi, organizm ichki muhitini bir xilda ushlab turishga qaratilgan reaktsiyalar shakllanishining umumiy bir xil qonunga asoslanganligidir. Organizm ichki muhitining bir xilligi , doimiyligi uning barcha sistemalarini normal me’yorda ishlashi uchun zarur. Organizm ichki muhitining doimiyligini saqlab turuvchi reaktsiyalar mazmuni quyidagilardan iborat:
Fizik omillar tashqi muhitda o’zgarish chaqirgani kabi , organizm ichki muhitida ham o’zgarish chaqiradi.
Tashqi va ichki muhit o’zgarishlariga har bir tirik organizm umumiy (sistemali) moslashuv reaktsiyasi bilan javob beradi.
Bu reaktsiyalar gumoral boshqaruvining ko’p bo’limlar va nerv sistemasining barcha bo’limlari ishtirokida boshqariladigan reflector mexanizm natijasida rivojlanib boradi. Shunisi muhimki, bu reaktsiyalar organizmda muvozanatni saqlash yoki tiklashga, kompensator holatni rivojlanishiga, kasallik natijasida hosil bo’lgan asoratlarni yo’qotishga, organizm chiniqtirishga qaratilgan.
Dorisiz davolashda fizioterapiyaning o’rni juda kata ahamiyatga ega ekanligini hisobga olib, ushbu atamaga chuqurroq ta’rif berib o’tish lozim.
Fizioterapiya (yunoncha physis tabiat va therapy davolamoq) – klinik tibbiyotning bir sohasidir. Tabiiy (quyosh nuri, havo, suv, shifobaxsh balchiq) va sun’iy fizik omillar (elektr toki, magnit maydoni, sun’iy yorug’lik manbalari, ultratovush va boshqalar) ta'sir’ mexanizmini o’rganadi va ularni davolash pro- fillaktika maqsadida qo’llash usullarini ishlab chiqadi. Qadimgi Sharq mamlakatlarida ,xususan, Yunoniston va Qadimgi Rimda tabiiy omillardan davo maqsadida foydalanilgan. XVIII asrga kelib fizikaning rivojlanishi va elektr toki kashf etilishi tufayli fizioterapiya ,asosan, elektr bilan davolash vujudga keldi.
Keyinchalik Fizioterapiya tibbiyotning ilmiy-amaliy maxsus bo’limi sifatida rivojlandi. I.M. Sechenov, N.Ye. Vvedenskiy, I.P.Pavlov ishlarida fizioterapiyaning nazariy asoslari yoritib berilgan. Ilmiy va amaliy fizioterapiyaning keying rivojiga O’zbekistonda M.Faybushevich, Ya. K. Mo’minov, R.A.Katseno- vich , Z.A. Dolimovich kata hissa qo’shdilar. Keyingi yillarda o’zbek olimlari tomonidan gidroaeroionizatsiya, ultratovush,
quyosh va sun’iy qizil impulsli hamda kogerent nurlari , iqlim, ma’danli suvlar , bishofit, bentonit, magnit, shifobaxsh o’simliklar bilan davolash usullari, shuningdek, fizioterapevtik muolajalarni hujayra darajasida tajribaviy o’rganish keng yo’lga qo’yildi. Fizioterapiyada davolash maqsadida tashqi muhitning tabiiy ( landshaft, iqlim, yorug’lik, peloidlar) va sun’iy fizik omillari ( elektr va mexanik energiyaning o’zgartirilgan usuli) ishlatiladi.
Fizik omillar odamga uning butun evolutsion taraqqiyoti davomida ta’sir etgan. Shuning uchun fizioterapevtik davo tad-birlari dori moddalariga qaraganda organizmga ko’proq ijobiy ta’sir etadi va noxush o’zgarishlar kam kuzatiladi. Fizioterapev- tik omillar organizmga eng kichik dozada berilganda a’zolar maxsus himoya tizimi , yallig’lanishga qarshi jarayonlarni tiklab, kata terapevtik samaraga erishish mumkin. Fizik omillarning a’zolariga ta’siri zamirida tanada hozil bo’luvchi maxsus biokimyoviy raeksiyalar yotadi. Fizioterapevtik muolajalardan nafas, yurak-qon tizimi, ovqat hazm qilish, bo’g’im, nerv tizim-lari va boshqa xastaliklarning oldini olish hamda davolash maqsadida foydalaniladi.
Keng qo’llaniladigan fizioterapevtik omillarga galvanizatsiya, dori elektroferez, elektro uyqu, DDT, interferens tok, amplipuls terapiya, flyuktorizatsiya, darsonvalizatsiya, induktotermiya, ultratovushli terapiya kiradi.
Undan tashqari iqlim bilan davolash, aeroterapiya, geliotera- piya, talassaterapiya, psammoterapiya, tuzli g’or, gidroterapiya, shifobaxsh loy bilan davolash, mexanoterapiya va boshqa tabiiy fizioterapevtik omillardan hisoblanadi.
SOG’LOM TURMUSH TARZI.
Sog’lom turmush tarziga rioya etish ko’plab muammolarning oldini olish demakdir. Bugun ushbu mavzuga juda ko’p duch kelamiz. Bir qaraganda qiyin ko’rinuvchi, anchagina kuch, sabr va iroda , vaqt va sharoit talab etuvchi sog’lom turmush tarzi- ning asosiy qoidalari nimalardan iborat ekanligini ko’rib o’tamiz. O’zgalarga maslahat berishdan oson ish yo’q bo’lib turgan bugungi kunda qanday qilib sog’lom turmush tarziga rioya etish mumkin. Quyidagi sog’lom tarzining eng muhim yetti qoidasi siz-u bizga avvaladan ma’lum bo’lgan biroq hayotning mayda- chuyda tashvishlari bilan yodimizdan ko’tarilgan va amalga oshira olmay qolgan tartiblarni yodaga solsa ne ajab!
1.SPORT.
Sport - umrimiz oxiriga qadar sog’lom hayot kechirishning asosiy shartlaridandir. U yosh ham, joy ham, hattoki shart – sharoit ham tanlamaydi. Uning ko’rinishlari , shakllari, usullari ko’p. Yoga, pilates,piyoda yurish, yugurish, turnikka tortilish, otjemaniya, raqs ,rafting, body-bilding, gimnastika, futbol va hokazo turlari bor. Istaganingizni tanlang, jismonan faol bo’lsangiz kifoya. Har kuni emas, kunora 30-60 daqia sport bilan shug’ullansangiz sog’lom bo’lishingiz uchun yetarli . Kamroq o’tirish va ko’proq harakatlanish kerak. Agarda kasbingiz o’tirib ishlashni taqazzao etsa, har soatda kamida 5 daqiqa tanaffus qi-ling va bu vaqtda turli yengil mashqlarni bajarib, yelka , bel va oyoqlar chigalini yozing. Ayniqsa, yugurish sport turi bilan shug’ullanish inson salomatligi uchun juda foydali hisoblandi. Bunga rioya qilish o’z sog’ligimiz uchun ekanligini unutmasligimis kerak.
2.TO’G’RI OVQATLANISH.
Ovqatlanish ratsioningizga tabiiy mahsulotlar- meva va sabzavotlar , vitamin va minerallarga boy oziq-ovqatlarni ko’proq kiriting. Ovqatlanish ratsionining 65 % ini meva va sabzavotlar , non va turli bo’tqalar tashkil etishi, 30 % ini go’sht va sut mahsulotlari, 5 % ini shirinlik va yog’larga ajratilishi lozim. Ozuqalar imkon qadar yangi, mavsumga mos bo’lishi lozim. Bahor va yoz da o’simliklar, qishda oqsil va yog’ga boy mahsulotlarga ko’proq o’rin ajratilishi kerak. Har kuni ikki litr atrofida suv iching. Fast food , gazli ichimlikllar , yarim tayyor mahsulotlar , chips va kirieshkilar, boshqa ko’plab sun’iy ta’m , rang va shakl berilgan ozuqalardan voz keching.
3.ZARARLI ODATLAR.
Organizmning asosiy dushmanlaridan bo’lmish tamaki va alkogol mahsulotlari , turli zararli odatlar ( ularni o’zingiz yaxshi bilasiz ) dan voz kechish orqali sog’lom turmush tarziga yo’l oching. Har bir chekilmagan sigaret , ichilmagan har bir stakan aroq sizning sog’lom hayot kechirish sari tashlagan muhim qadamingizdir.
4. KUN TARTIBI.
Kun tartibiga qat’iy rioya eting. Birinchi navbatda – 8 soat- lik uyqu! Ikkinchidan , kunning bir vaqtida uxlash va muayyan vaqtda uyg’onishga odatlanish. Uyquning buzulishi asta sekinlik bilan inson ruhiyati , hissiyotlariga ziyon yetkazadi, ishchanlik kayfiyatini yo’qotadi. Keyinchalik turli surunkali , jiddiy xastalik- larning rivojlanishiga sabab bo’ladi.
5. IJODIY KAYFIYAT.
Sog’lom turmush tarzining yana bir muhim qoidasi – yorqin va ijobiy kayfiyatdir! Hayotdan ko’proq zavq oling , muvaffaqqi- yatsizlik , omadsizliklarga ko’p e’tibor qaratmang, doim olg’a intilish uchun kuch topa oling va odamlarga nisbatan g’araz , gina - kudrat yomon gumonlar saqlab yurmang. Kechirimli va bag’rikeng bo’ling, nodonlar bilan aslo tenglasha ko’rmang.
6. TOZA HAVO.
Uyingiz , xoan va ish kabinetingizni doimo toza tuting, har kuni uni artib - tozalang. Derazalarni ochib, toza havo kirishini ta’minlang . Normal jismoniy holatda bo’lish uchun albatta chuqur va to’g’ri nafas olishni bilish lozimdir. Tabiat qo’ynida sayr qilish , oynalarni ma’lum muddat ochib qo’yish , tomorqa yoki ochiq havoda jismoniy mehnat qilishga yetadigani yo’q!
7. SHAXSIY GIGIYENA.
Ovqatlanishdan avval va keyin albatta qo’llarni yuvish , uyqudan oldin va ovqatlangandan keyin tishlarni tozalash , toza kiyim , umuman , tozalikka qat’iy rioya etish – sog’lom turmush tarzining asosiy shartlaridan hisoblanadi. Unutmang sog’lom turmush tarzi bu – har qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik , kuch - qudrat garovidir. U insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvoffaqqiyatga erishish garovidir! Sog’lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi , mehnat jamoasi, umuman, jamiatda o’z o’rniga ega bo’ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o’tish hayot qiyinchiliklari oldida o’zini yo’qotmaslikka o’rgatadi. Yana bir gap! Sog’lom turmush tarzi qoidalari bir birini qo’llab quvvatlaydi , biri ikkinchisisiz sodir bo’lishi amri mahol. Ularni ertaga qoldirmasdan hoziroq amalga oshirishni boshlash bilan sog’lom va baxtli hayot sari ilk qadamlarimizni tashlagan bo’lamiz.
Sog’lom turmush tarzi shunday – shunday yashash tarziki, unda odamlar salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar bo’lmas- ligi , inson ulardan ongli ravishda o’zini chetga olishi kerak.
Sog’lom turmush tarzi yoki oqilona yashash tarzi tushunchalari keng qamrovli bo’lib, o’z ichiga insonning tug’ilishidan boshlab umrining oxirigacha aql farosat bilan ya- shashishini – zararli odatlardan xoli bo’lishini, to’g’ri ovqatlanib, to’g’ri dam ola bilishi kabi ko’plab boshqa ijobiy xislatlarni oladi. Oqilona turmush tarzi har bir insonning aql farosati bilan yarati-ladi va har bir kishi uchun individualdir. Bir kishiga foydali bo’l- gan narsa boshqaga zarar keltirishi mumkin. Hayot ritmi , meh- nat qilish va uxlash davomiyligi , qabul qilinadigan miqdori va sifati har bir inson tomonidan o’z ehtiyoji va imkoniyatiga qa- rab tanlab olinishi zarur . Shuning uchun ham salomatlikni inson aqlining mahsuli deb qarash kerak. Inson uning o’z xohi-shiga qarshi sog’lom qilish va unga uzoq umr baxshida etish aslo mumkin emas. Sog’lom turmush tarzi o’z asosida biologic va ijtimoiy tamoyillarni mujassamlashtiradi.
Biologik nuqtai nazardan sog’lom turmush tarzi :
Orgaznimning yoshiga bog’liq xususiyatlarga va salomatlik holatiga mos kelishi , organizmning energiya ta’minotiga bo’lgan talabini iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat maxsulot-lari hisobiga to’la qondirish;
Organizmning mustahkam va jismoniy faol bo’lsihi;
Belgilangan kun tartibiga rioya qilish, mexnat qilish va dam olish ni mutanosib qilishga asoslanishi , hayot ritmlariga mos kelishi;
Ijtimoy nuqtai nazardan esa:
Axloqiy pok bo’lish;
Iroda asosida boshqarish;
Go’zal bo’lish;
O’zini - o’zi tarbiyalashga asoslanishi lozim;
Sog’lom turmush tarzi tushunchasi tarkibiga:
Zararli odatlardan (tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish va giyohvandlik ) tiyilish;
Muttasil ravishda jismoniy va xarakat faolligi , mo’tadil ha- rakatlanish tarkibiga rioya qilish;
Tarkib jihatidan tenglashtirilgan va ratsional ovqatlanish;
Organizmni chiniqtirish;
SHaxsiy va jamoatchilik gigienasi;
Ijobiy ehtiroslar ,ziddiyatli vaziyatlardan o’zini chetga olish, stressli holatlarda oqilona yechimni topa bilish;
Tartibli maxnat qilish va to’laqonli dam olish;
Qulay ruhiy holatga ega bo’lish bilan ruhiy filiologik jihatdan qoniqib yashash;
Yuksak tibbiy faollikga ega bo’lish;
Iqtisodiy va madaniy jihatdan mustaqil bo’lish;
O’z ishidan qoniqish hozil qilib yashash
Kabi yo’nalishlarni qamrab oladi.
Sog’lom turmush tarzi – bu kundalik turmushni biolo- gik va ijtimoiy qonunlar asosida tashkil qilib , salomatlikni saq-lash va mustahkamlashga qaratilgan turmush tarzidir.
Shunday qilib, Ibn Sinoning jismoniy tarbiya sohalaridagi qarashlariga , shuningdek, sog’lom turmush tarzini shakllanti-rishga bag’ishlangan adabiyotlarni o’rganib chiqib, shuni aytish mumkin: barcha davrlar uchun ham sog’lom turmush tarzi jamiyat rivoji uchun ham eng muhim omillardan biri hisoblan- gan. Ibn Sino ning jismoniy tarbiya sohalasidagi merosi uzoq vaqt davomida chuqur o’rganilgan va ulardan bugungi kunda ham zamon talablariga moslashtirilgan holda foydalanish mum- ligini ta’kidlab o’tish lozim.
Buyuk mutaffakkir Abu Ali Ibn Sino Gippokrat qarashlarini to’la qo’llab quvvatlagan holda ichki tozalanish va ruhiy osoyishtalikni , qomatning mutanosibligini saqlash, kiyinish gigi- yenasi , havoning tozaligi hamda mo’tadil uyqu va uyg’oqlikni ta’minlash kabi talablarni ham kiritgan.
Sog’lom turmush tarzining yo’nalishlarini aniqlashda biz kasalliklarga qarab emas, balki insoniyatning evolutsiyon taraq-qiyotini hisobga olgan holda , uning organizm va ayrim tizimlari- ning faoliyatini ta’minlovchi omillarga qarab belgilanadi. Sababi insoniyatning taraqqiyot yo’lini o’rganish bizga shu bugungi kundagi turmushimizni to’g’ri tashkil etishda yordam beradi.
Muhtasar qilib aytganda, chalinishimiz mumkin bo’lgan va kasallangan holatlarda iloji boricha tabiiy ravishda , dorisiz sog’lomlashtirish vositalaridan foydalanishimiz kerak. Zamonaviy turdagi dori- darmonlarning foydali qismi bo’lsa-da, ma’lum miqdorda inson organizmining boshqa qismiga yetkazishi mumkin bo’lgan zararli qismlari ham afsuski mavjud. Axir tanganing ham ikki tomoni bor! Bu dunyoda inson uchun eng muhimi uning sog’ligi va salomatligidir. Kasallik davrida esa uni dorisiz davolash usullari bilan davolash - boshqa usullarga qaraganda foydali va samaraliroq. Eng avvalo, salomatligimizga e’tiborliroq bo’laylik. Zero, sog’lik – tuman boylikdir!
Do'stlaringiz bilan baham: |