Issiqlik ajraluvchi jihozlarda yong'inni oldini olish?
(vaziyat)
Sanoat korxonalarini loyihalash-qurish jarayonida yong'inga qarshi tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Bu tashkiliy ishlar qatoriga yong'inga qarshi to'siqlarni ko'rsatish mumkin. Bularga yong'inga qarshi devor, eshik darvoza, lyuk tambur-shlyuzlar va derazalar kiradi. Yong'inga qarshi to'siq vositalari yonmaydigan materiallardan tayyorlangan bo'lishi va quyidagicha o'tga chidamlilik chegarasiga ega bo'lishi kerak (soatlarda). Yong'inga qarshi asosiy devor-2,5 soat. Yong'inga qarshi devorlarda bo'lgan eshik, deraza va darvozalar-1,2 soat. Asosiy bo'lmagan devor-0,75 soat. Asosiy bo'lmagan devordagi eshik, derazalar, shuningdek, tambur, shlyuzlar 0,6 soat. Bu yerda shuni ta'kidlash kerakki, tosh va boshqa tabiiy minerallardan qilingan devorlar o'tga chidamlilik chegarasi bo'yicha qo'yilgan yuqoridagi talablarni bajaradi. Agar devorlar mabodo sinchli bo'lsa, uning asosiga ishlatilgan sinchning va orasiga urilgan devorlarning o'tga chidamlilik chegarasi hisobga olinadi.
“NOVAGALEN” farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasida dorivor o‘simliklar asosida quruq ekstraklar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Texnolog Z. Ikromov belladonna quruq ekstraktini seriyali ravishda ishlab chiqarishga ma’sul xodim bo‘lib, bu erda ekstraklar aylanma (sirkulyason) usulda ajratma olindi. Bu usulda ajratma olish ajratuvchining uzluksiz aylanma harakatiga asoslangan. Ajratma olinadigan qurilma uzluksiz va avtomatik tarzda ishlaydigan Sokslet asbobiga o‘xshash ishlaydi.
Olingan ekstraktlar Purkagichli quritgichlar yordamida quritiladi. Bunday quritgichlar suyuqliklarni quritishda ishlatiladi va quritish jarayoni juda tez va ishlab chiqarish unumdorligi juda yuqori bo‘ladi. Purkachgichli quritgichlar kamera(1) (xona), purkagich(2) (forsunka yoki disk), qurigan mahsulotlarni tashqariga chiqarib beradigan shnek(3), siklon(4 ), quritish xonasiga havoni ma’lum har oratgacha isitib beradigan moslama (kalorifer(7), havo qoimi bilan uchib ketgan mayda zarrachalarni tutib olish uchun sun’iy matodan tayyorlangan suzgichlardan(5) va ventilyator(6 )dan iborat.
Sanoatda ishlatiladigan pechlarda katta issiqlik ajralishi natijasida yong'in xavfi tug'iladi. Bu xavf asosan pech yonish zonasida, unga ishlatilgan qurilish materiallarining yemirilishi, pechdagi biror kamchiliklar natijasida uning qopqoqlari va tashqi qismlarining issiq ta'siridan buzilib ketishi natijasida paydo bo'ldi. Buning oldini olish choralarini ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |