Suyuq ekstrakt tarkibidagi spirt quvvatini distillyasion
usulda aniqlash.
Hajmi 200-250 ml bo‘lgan yassi shaklli kolbaga aniq o‘lchab olingan miqdordagi suyuq ekstrakt solinib, 75 ml bo‘lgunga qadar tozalangan suv solinadi.
Idishdagi ekstraktni bir me’yorda qaynashini ta’minlash maqsadida unga chinni yoki shisha bo‘laklari solinadi. Agar ekstrakt qaynaganda ko‘piradigan bo‘lsa, unga 2-3 ml fosfor yoki sulfat kislota, 2-3 g kalsiy xlorid, parafin yoki mum qo‘shiladi. Ekstrakt solingan idishning og‘zi maxkam yopilib, shisha naylar yordamida sovutgich va xaydalgan spirt yig‘iladigan idish bilan ulanadi. Xaydalgan spirt yig‘iladigan idish sifatida 50 ml li o‘lchov kolbasidan foydalaniladi va u o‘z navbatida sovuq suv solingan idishga botirib qo‘yiladi. So‘ngra preparat solingan idish toshpaxtali to‘r ustiga qo‘yib qizdiriladi. Bunda preparatdagi spirt va suv bug‘i sovutgichga o‘tib, suyuqlikka aylanadi va o‘lchov kolbasida 48 ml bo‘lguncha yig‘iladi.
Olingan suyuqlikning harorati tekshiriladi, agar kerak bo‘lsa 200S ga etkaziladi va 50 ml ga etguncha suv qo‘shiladi. Keyin xaydab olingan suyuqlikning zichligi piknometr yordamida aniqlaniladi.
Buning uchun toza, quruq piknometr 0,0002 g aniqlikda tortib olinib, belgisigacha tozalangan suv quyiladi. Qopqog‘i berkitilib, 20 daqiqa 200S li termostatda saqlanadi. So‘ng piknometr termostatdan olinib, analitik tarozida 10 daqiqa qoldiriladi va 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Keyin piknometrdagi suv to‘kib tashlanadi va spirt-efir aralashmasi bilan chayiladi. Piknometrdagi efir qoldig‘i havo puflash bilan yo‘qotiladi. Quritilgan piknometr tekshirilayotgan suyuqlik bilan belgisigacha to‘ldiriladi va suv bilan bajarilgan jarayon takrorlanadi. Zichlik (20) quyidagi tenglama yordamida xisoblanadi:
bunda m - bo‘sh piknometrning massasi,g;
m1 - suv solingan piknometrning massasi, g;
m2 - piknometrni suyuqlik bilan massasi, g;
0,0012 - 760 mm simob ustuniga teng bo‘lgan bosimda, 20oS haroratdagi havoning zichligi;
0,99703 - 200S haroratdagi xavo zichligi xisobga olingan suvning zichligi.
Topilgan natija orqali XI DF ning birinchi alkogolometrik jadvali yordamida spirtning hajmiy foizi topiladi.
So‘ng quyidagi tenglama yordamida preparatdagi spirt miqdori topiladi:
bunda x - preparatdagi spirtning hajmiy foiz miqdori,
50 - xaydab olingan suyuqlik miqdori, ml.
a - distillyatdagi spirtning xajmiy foiz miqdori.
v - tekshirish uchun olingan suyuq ekstrakt miqdori, ml.
Eslatma. Preparat tarkibida uchuvchi moddalar bo‘lsa, u oldindan qayta ishlanadi. Masalan, agar preparatda efir moyi bo‘lsa, u teng hajmda olingan to‘yingan natriy xlorid va petroleyn efiri aralashmasi bilan chayqatiladi. Agar ekstraktda uchuvchi kislotalar bo‘lsa, ishqor eritmasi bilan neytrallanadi, uchuvchi asoslar bo‘lsa, fosfor yoki sulfat kislota bilan ishlov berilib, so‘ngra xaydaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |