Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga 
oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar.
Davlat inspektori:
- xo‘jalik faoliyati sub’ektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda 
kirish; (O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuni tahriridagi xat boshi) 
- xo‘jalik faoliyati sub’ektidan davlat nazoratini o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar va 
ma’lumotlarni olish;
- davlat nazoratini o‘tkazishda xo‘jalik faoliyati sub’ektining texnika vositalaridan 
foydalanish va mutaxassislarni jalb etish;
- standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy 
talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab 
olishni o‘tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, 
o‘lchovlarni) o‘tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining ishlab chiqarish 
chiqimlariga kiritiladi;
- mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizasiya qilish (etkazib 
berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali 


49 
suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf 
etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish;
- xo‘jalik faoliyati sub’ekti tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizasiya 
qilishni man etish huquqiga ega.
Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini 
ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va 
nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: (O‘zR 
25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni tahriridagi xat boshi), (Oldingi tahririga qarang) 
- standartlarning majburiy talablari buzilganligi uchun xo‘jalik faoliyati sub’ektlariga 
nisbatan jarimalar qo‘llash to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
- standartlar buzilishida aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati sub’ektlarining mansabdor 
shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish;
- tekshirilgan mahsulotni u standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda 
realizasiya qilishni (‘etkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) taqiqlash yoki 
to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; (O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son Qonuni tahriridagi 
xat boshi)
- tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni 
ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizasiya qilishni (‘etkazib berishni, sotishni), undan 
foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish.
Davlat inspektorlarining mahsulotni realizasiya qilishni (etkazib berishni, sotishni) man etish 
yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmasini buzganlik uchun xo‘jalik faoliyati sub’ektlari 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarima to‘laydilar.
Jarima solish sud tomonidan, xo‘jalik faoliyati sub’ekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi 
aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat 
inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi. (O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuni tahriridagi 
qism) 
O‘zR 10.10.2006 y. O‘RQ-59-son Qonuniga muvofiq beshinchi va oltinchi qismlar 
tegishincha oltinchi va ‘ettinchi qismlar deb hisoblansin 
Xo‘jalik faoliyati sub’ektlari berilgan ko‘rsatmalar va qarorlarni bajarmagan taqdirlarida 
davlat inspektorlari zarur materiallarni prokuratura organlariga yoki sudga oshiradilar.
Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada 
bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonun hujjatlarida belgilangan 
javobgarlikka tortiladilar.

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish