Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


Surtmalarni o‘rash va qadoqlash



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

Surtmalarni o‘rash va qadoqlash. 
Tarkibida suv va uchuvchan komponentlar saqlaydigan surtmalar ularni parlanishini oldini 
oladigan idishlarga qadoqlanadi. Surtmalarni qadoqlashda shisha, chinni, polimer (polistirol) 
bankalardan (hajmi 10, 20, 30, 50 yoki 100 ml bo‘lgan, og‘zi burama qopqoq bilan yopiladigan) 
foydalaniladi. 
Angro surtmalarni qadoqlashda hajmi 50-100 kg bo‘lgan yog‘och bachoklardan, hajmi 5, 10 
va 20 kg bo‘lgan tunuka yoki shisha ballonlarga qadoqlanadi. Surtmalar shnekli yoki porshenli 
dozalarga bo‘luvchi mashinalar orqali qadoqlanadi. Xozirgi zamon farmatsevtik ishlab chiqarish 
texnologiyasida surtmalarni tyubiklarga qadoqlash urf bo‘lgan. Tyubiklar boshqa qadoqlovchi 
idishlarga nisbatan qulay va gigienik talablarga to‘liq javob beradi. Surtmalar plasmassalardan 
tayyorlangan tyubiklar yoki A6 va A7 markali alyuminili metall tyubiklarga qadoqlaniladi. 
Tyubiklarning ichki tomoni FL-559 markali lak bilan qoplangan bo‘ladi. Tashqi tomoni esa jihozlash 
uchun qulay bo‘lgan emal bo‘yoq bilan bo‘yaladi. 
Tyubiklarni tayyorlash uchun polimer maxsulot sifatida past va yuqori zichlikka ega bo‘lgan 
polietilen, polipropilen, polivinilxloridlardan foydalaniladi. Qadoqning germetikligini ta’minlash 
uchun tyubikning og‘zi yupqa alyuminiyli qatlam bilan qoplanadi.
Tyubiklarni surtmalar bilan to‘ldirishda chiziqli va aylanma tipidagi avtomatlardan 
foydalaniladi. Masalan, Colibri “GA-40”, “GA-85” (Italiya), A-85, shuningdek, Germaniyaning Ivka 
firmasi tomonidan ishlab chiqilgan TI-23, TF-24, TF-51, “Gofliger – Karg” firmasining 
tuboto‘ldiruvchi “Rossi” markali mashinasi, metall, polietilen va polivinilxloridli tubalarga 
surtmalarni 
qadoqlovchi 
SHvetsiyaning “Arenko” firmasining “Arencomatic-1000” va 
“Arencomatic-2000” shular jumlasidandir. 
Surtmalarning saqlanishi. 
Surtmalar turi, tayyorlash texnologiyasi va qadoqlash turidan 
qat’iy nazar yorug‘lik nuridan ximoya qilingan xolda, salqin joyda saqlanadi. Oshlovchi moddalar, 
yod va simob saqlagan surtmalar metall buyumlardan uzoqda saqlanishi lozim. Emulsion surtmalar 
va emulsion asoslarda tayyorlangan surtmalar idishlarga to‘la xolda qadoqlanib saqlanadi (suvni 
parlanishini oldini olish maqsadida). SHuningdek, harorat 0
0
S dan pasayishi yoki 30-40
0
S haroratdan 
ortishi mumkin emas. Moyli asoslarda tayyorlangan surtmalar imkon darajasida past haroratda 
saqlanadi. SHuningdek, termolabil moddalardan tayyorlangan surtmalar ham xuddi shudday 
sharoitda saqlanishi lozim. 
Korxona sharoitida surtmalarni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish. 
Surtmalar ishlab chiqarishni xozirgi zamon talablari darajasida rivojlantirish, surtmalarni 
tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, yangi texnik asbob-uskuna va apparatlarni farmatsevtik 
ishlab chiqarish amaliyotiga olib kirishni taqozo etadi. XX asr oxirlariga kelib surtmalar 
nomenklaturasi 20-30% ga ortdi. 
Endilikda, steroid gormonal preparatlar, antibiotiklar va qsimlik ekstraktlaridan surtmalar 
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Virusli infeksiyalar, rak 
kasalliklari va yurak qon tomir kasalliklarini, shuningdek markaziy nerv sisitemasi va boshqa 
kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan surtmalarning yangi-yangi tarkiblari va mavjud 
texnologiyalarni takomillashtirish borasida tadqiqotlar davom etmoqda. 
Surtmalarning maksimal darajada terapevtik samaradorligini saqlab qola oladigan yordamchi 
moddalarni sintez qilish ishlari olib borilmoqda. Bu borada birinchi o‘rinda yuqori molekulyar 
birikmalar, shuningdek monomer sintetik moddalar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 


193 
Yordamchi moddalarni to‘g‘ri tanlanishi surtmalar, linimentlar va pastalarni –50S dan +40S gacha 
bo‘lgan haroratga chidamli bo‘lishini ta’minlamoqda. Surtmalarning farmakokinetik faolligiga dori 
moddasining disperli darajasi, tanlangan asosning tabiati, tarkibidagi sirt faol moddaning miqdori va 
ko‘pik xosil qiluvchilarning (penetratov) to‘g‘ri ta’sir qilishi tajribalar orqali isbotlangan. 
Surtmalar, kremlar, gellar, linimentlar va pastalarda “Dori vositalari sifatini standartlari. 
Asosiy qoidalar” tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat 
ko‘rsatkichlari o‘rganilishi kerak: 
1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari 
2. Xalkaro patentlanmagan nomi 
3. Tarkibi 
4. Tasnifi 
5. Chinligi 
6. O’ram ichidagi massa 
7. Suvli ajratma pHi 
8. Zarrachalar o’lchamlari 
9. Bir xilligi 
10. Yot aralashmalar (o’xshash birikmalar) 
11. Mikrobiologik tozaligi yoki sterilligi 
12. Miqdoriy taxlili
13. O’rami 
14. Yorliqlash 
15. Tashish 
16. Saqlash 
17. Yaroqlilik muddati 
18. Asosiy farmakoterapevtik guruxi 

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish