144
sterilligi, zarur xollarda pirogenlik holati nazorat qilinishi kerak.
Agarda dastlabki o‘rov materiallarini tayyorlash jarayonida validatsiya qilingan bo‘lsa,
ularning sterilligi va pirogenligi ayrim xollarda tekshirilishi mumkin.
Korxonada o‘rov va materiallarni qabul qilish hamda chinligini aniqlash, ish joylarini va
jihozlarni tekshirish qoidalari, o‘ram va yorliqlash tartibini o‘zida aks ettirgan yo‘riqnomalar bo‘lishi
zarur.
Tayyor mahsulot aniq yorliqqa ega bo‘lishi kerak. YOrliqning mazmuni va yozuvlari, har bir
muayyan dori vositasi uchun amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan talablarga mos
bo‘lishi lozim. Mahsulotlarni yorliqlashda avtomatlashgan tarzda ndentifikatsiyalashni
osonlashtiruvchi kodlashtirishdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Markalash maxsus yorliqlar ko‘rinishida bo‘lishi yoki bevosita birlamchi o‘ram sirtiga
tushirilishi mumknn.
Yorliqlar va boshqa bosma materiallar tayyorlash shunday tashkil etilishi kerakki, ularni
o‘zaro aralashib ketishi bartaraf etilsin.
O‘rov uchun kerakli yorliqlar va boshqa bosma materiallar yopiladigan konteynerlarda
maxsus xonalarda saqlanishi lozim. YOrliqlar va har bir alohida nomdagi dorilar u markalash
materiallari, dori vositalarining dozalari alohida saqlanishi kerak. Ular faqat tegishli yozma
farmoyish bo‘lsagina beriladi.
Yorliqlarni saqlash xonasidan markalash va o‘rash liniyasiga olib borish shunday tashkil
etilishi kerakki, ularni qalbakilashtirish yoki boshqa dori vositalari, xom ashyolar yoki yordamchi
materiallarni markalash uchun mo‘ljalangan yorliqlar bilan aralashib ketmasligi kafolatlangan
bo‘lsin.
Eskirgan, ishdan chiqqan yorliqlar, markalash va o‘rov materiallari, hamda seriya raqami va
boshqa ishlatilmagan ma’lumotli yorliqlar yo‘q qilinishi va hujjat bilan rasmiylashtirilishi lozim.
Tayyor dori vositalarini transportda tashishda, ularning butligini ta’minlash maqsadida ular
amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq qo‘shimcha ravishda, ikkinchi marta o‘ralgan va tara
guruhga joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Ikkilamchi o‘ramning markalanishi amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga mos
bo‘lishi kerak. Bundan tashqari bitta qutidagi birlamchi o‘rov soni haqidagi ma’lumotlar ham
bo‘lishi zarur.
Umumiy o‘ramni markalanishi amaldagi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga va ikkilamchi
o‘ram markalanishiga mos bo‘lishi lozim.
Tayyor mahsulot korxona xududidan chiqarilayotganda, ikkilamchi va umumiy o‘ramlar
markalanishining o‘zaro mosligini shu maqsad uchun ajratilgan xodimlar tomonidan yana bir bor
tekshirib chiqiladi.
Umumiy taraga o‘rovdagi dori vositalari usti yopiq transport vositalarida, amaldagi me’yoriy-
texnik hujjatlar talablari va transport qoidalariga mos ravishda tashilishi kerak.
O‘rash va markalash jarayonida bir-biri bilan kontaminatsiyalanish, aralashish yoki bir
turdagi mahsulot o‘rniga boshqasini adashtirib qo‘yishni ogohlantiruvchi chora tadbirlari nazarda
tutilishi kerak.
Agar texnologik yullar oralig‘i to‘siqlar bilan ajratilmagan bo‘lsa dori vositalarini bir-biriga
bevosita yaqin joyda o‘rash mumkin emas.
Markalash mahsulot birlamchi o‘rov materialiga joylangandan va berkitilgandan so‘ng darhol
amalga oshirilishi kerak. Agar markalash (yorliqlash) keyinga qoldirilsa xato markalash, boshqa
mahsulot bilan aralashib va chalkashib ketishini oldini olish uchun chora-tadbirlar ko‘rilishi kerak.
O‘rov jarayoni tamom bo‘lgach, seriya raqami qo‘yilgan hamma ishlatilmagan o‘rov va
markalash materiallari yo‘q, qilinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: