Dori vositalarining sanoat texnologiyasi



Download 7,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/317
Sana06.06.2022
Hajmi7,62 Mb.
#641048
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   317
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi

3. Membranali filtrni nazorat qilishning salbiy tomonlari: 
Aseptik sharoitlarda intervallab qismli filtrlashda tekshirilayotgan modda saqlamagan (0,1% 
mg/ml peptonli suvga) sterilsuyuqlikni o‘rnatilgan membranali filtrning boshqa o‘rnatilgan qismlar 
bilan birga sterilizatsiya qilingan bittasi orqali (porasi 0.45μ o‘lchamli membranali filtr) ajratiladi.
So‘ng membranali filtrni steriligi tekshirilib, natijalar yozib olinadi. To‘g‘ri testni bajarilganligi 
uning sterilligini samaradorligiga va asboblarni ishlatishdagi mos kelishiga bog‘liq bo‘ladi.
4. Membranali filtrni nazorat qilishning ijobiy tomonlari: 
Bu testni olib borishda membranali filtr va asbob tahlilida samaradorligi tekshiriladi. 
Intervallab qismli filtrlashda oldindan sterillangan membranali filtr asbobni sterilsuyuqlikni (0,1% 
mg/ml peptonli suvga), inokulirlangan 100 dan ortiq bo‘lmagan maxsus kulturali mikroorganizmlar 
(o‘sish faolligiga qarang) ni ajratiladi. Membranali filtrni ajratib olib mos bo‘lgan muhitga solinadi 
va 14 kun mobaynida inkubirlanadi. Qo‘shimcha ravishda filtratni ham o‘sha muhitga inokulyasiya 
qilinadi va 14 kun mobaynida inkubirlanadi. Membranali filtr va asbob tahlilida samaradorligini 
ijobiy natijalar (lozim bo‘lgan organizmni o‘sishi) membrana orqali test o‘tkaziladi va filtrat 
natijasiga ko‘ra salbiy natijalar tasdiqlanadi. Natijalarni yozib olinadi. 
5. Membranali filtrlash – inokulyasiyani nazorat qilish:
bu testni olib borishda sterillik testini samaradorligi tekshiriladi, va buning uchun ekiladigan 
moddalarni samaradorligini ingibitor ta’sir qiladigan, substansiyadan qoldiq qog‘ozni tozalashuchun 
yuvish qancha suyuqlik ketishini bilish kerak.
Filtrlangan ma’lum miqdordagi mahsulotni olib, unga mos bo‘lgan suyuqlik bilan yuviladi. 
Inokulirlangan o‘sha miqdordagi suyuqlikni 100 dan ko‘p bo‘lmagan hayotga chidamli kulturalarni 
ajratib olinadi va o‘sha membrana orqali filtrlanadi. Membranali filtrni ajratib olinadi va mos bo‘lgan 
muhitga solinaji. Inkubatsiyadan so‘ng testlash jarayonida keltirilgan vaqtda va keltirilgan haroratda 
vizual hoslatda o‘sishni “membranali filtrning ijobiy nazorat qilish”da ko‘rsatilganidek, solishtiriladi. 
Natijalarni yozib olinadi. Bu test har doim bir yilda bir marta harbir mahsulot uchun tekshiriladi. 
Tahlil:
tekshirilayotgan flakonlarni tashqi sirtini (1 jadvalda keltirilgan test miqdordagi 
flakonlarni) mikrobga qarshi modda bilan yuviladi va dezinfeksiyalanadi, masalan, 0,02% VKS yoki 
70% izopropil spirti. Aseptika qoidasiga rioya qilib, laboratoriya stolida LAF yozilgan flakonlar 
miqdorini 200 ml ekish uchun steril suyuqlikni, ya’ni 0,1% li peptonli suvini (Tarkibi: 1 gramm 
peptonni 1 litr suvda eritiladi, rN ko‘rsatkichi aniqlaniladi 7.1 ±0,2. Kolbalarga taqsimlanadi va 20 
daqiqada 121 °S haroratda sterilizatsiya qiliniladi) kolbalarga o‘tkaziladi.
Sterillangan o‘rnatilishlarni kolbada filtrlash uchun kollektor orqali vakuumni yoqib, 
yig‘iladi.Aseptika qoidasiga rioya qilib, eritmani membranali filtrlashga o‘tqaziladi va tezda vakuum 
bilan filtrlanadi. membranani 200 ml har bir steril erituvchilar bilan 3 marta yuviladi. Aseptika 
qoidasiga rioya qilib, membranani ajratib olinadi va ikki qismga bo‘linadi. Steril pinset orqali 
inokulirlangan bir qism membranani 100 ml tioglikolevli muhitli steril suyuqlikdan tarkib topgan 
probirkaga, ikkinchi qism membranani - 100 ml soyali-kazein muhitli steril suyuqlikdan tarkib 
topgan probirkaga solinadi. 
Suyuq tioglikolevli muhitli bitta probirkani 14 kun mobaynida 30°S - 35°S haroratda va 
suyuq soyali-kazen muhitli bitta probirkasini 14 kun mobaynida 20°S - 25°S haroratda inkubirlnadi. 
Natijalar:
muhitni makroskopik mikrob o‘sishini borligini butun inkubatsion davrimobaynida 
boshlanishidan to uning tugashigacha o‘rganiladi. Agar mikrob o‘sishi kuzatilmasa, sterillakka 
bo‘lgan test samarali o‘tganligidan dalolat beriladi. Agar mikrob o‘sishi kuzatilsa, bu mahsulotni 
sterillik talablariga mos kelmaydi, ammo ma’lum sabablarga ko‘ra tekshirilayotgan mahsulot ta’luqli 
bo‘lmaydi.
Testni yaroqsiz hisoblanadi, agar quyidagi sharoitlar bajarilsa: 


236 
a) mikrobiologik tekshirishlarni test olib borilganda, sterillash noto‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa; 
b) Jarayon taqrizidagi testda xatolik topilsa; 
s) Salbiy nazorat qilishda mikrob o‘sishi kuzatilsa; 
d) 
Testirlashdan 
ajratib 
olingan 
mikroorgnaizmlarni 
tabiatini 
aniqlaganda, 
bu 
mikroorganizmlarini o‘sishi sterilligini olib borishdagi asbob va /yoki materiallarni noto‘g‘ri 
ishlatishidan bo‘lishi mumkin. 
Agar testni yaroqsiz hisoblansa, o‘sha material va asboblarni ishlatib, qaytarish lozim. Agar 
qayta o‘tkazilgan testda mikroblarni o‘sishi kuzatilmasa, tekshirilayotgan mahsulot sterillik testining 
talablariga javob beradi. Agar qayta test o‘tkazilashda mikroblarni o‘sishi kuzatilsa, tekshirilayotgan 
mahsulot sterillik testining talablariga javob bermaydi. 

Download 7,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish