Gidrofob moddalardan miksturalar tayyorlash
Gidrofob moddalarga kamfora, fenilsalitsilat, terpingidrat, mentol, benzonaftol va boshqalar kiradi. YUqorida ko’rsatganimizdek, bu moddalarning poroshogi suv bilan aralashib, yumaloklashgan massani hosil qiladi va suv yuzasida suzib yuradi. Bemor hamma yozilgan moddani bir marta ichishda qabul qilishi mumkin, natijada doza noto’g’ri taqsimlanib, noxush holatda yuza kelishi mumkin.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,2
Phenyli salicylatis 3,0
Aguae puriuficastae 200,0 ml.
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin.
Masalan: agar bu dorixatdagi dorini oddiy suv bilan dispergirlash usulida tayyorlasak, fenilsalitsilat dona-dona bo’lib suv yuziga chiqib, chayqatilsa idish devoriga yopishib qoladi. Gidrofob suspenziyani tayyorlashda suspenziyalarning agregatsiya (zarrachalarning yiriklashishi) holatini qaytarish hamda uning barkarorligini oshirish maqsadida stabilizatorlar qo’shiladi.
Stabilizatorlar sifatida mikstura-suspenziyalarni gidrofob moddalar bilan tayyorlashda tabiiy va sun’iy yuqori molekulali moddalar: jelatoza (jelatina to’liqsiz gidrolizlangan modda), elimlar, o’simlik shilimshig’i, kraxmal elimi, tabiiy polisaxaridlar yigindisi, metilsellyuloza, polivinilpirrolidon, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonitlar va boshqalar ishlatiladi. Hamma sanab o’tilgan moddalar bir tomondan yuza-faol moddalardir. Gidrofob moddalarni dispergirlanish tabiatiga qarab, yuqori molekulali moddalarning yarmi yoki baravar miqdorida olinadi. Misolda fenilsalitsilat va belladonna ekstrakti bilan tayyorlashni texnika, har xil yuqori molekulali va yuza faol moddalar bilan stabillashni tekshirib ko’ramiz.
Hovonchada 3 g fenilsalitsilatni 20 tomchi spirt bilan 30 sekund davomida maydalanadi. Keyin hovonchaga 3 g stabilizator (metilsellyuloza va kraxmal elimidan boshqa) va 3 ml suv solamiz, yana 60 sek davomida aralashtirishni davom etamiz. Hovonchadagi aralashmay qolgan suvni quyib aralashtiramiz va tayyor dorini idishga solgach, hovonchani ozgina suv bilan chayib, idishga kuyamiz. Belladonna ekstraktini suv qo’shilmasdan ilgari birlamchi massa bilan ezgan yaxshiroq. Ekstrakt kolloid eritma holida joylashgan bo’ladi. Agar metilsellyulozani va kraxmalni qo’shsak, massani darrov 5% metilsellyuloza va 5% kraxmal elimi bilan olamiz. har xil stibilizatorlar bilan fenilsalitsilat suspenziyasi dispersligini aniqlash 6-jadvalda keltirilgan.
Ma’lumki, fenilsalitsilatning yuqori dispersli suspenziyasi 5% metilsellyuloza eritmasi bilan, jelatoza, gorchitsa urug’i shilimshig’i va polisaxarid eritmasini kompleks (chuchukmiya ildizi) olish mumkin.
Yuqori molekulali birikmalar suspenziyalarni stabillash uchun keng qo’llaniladi va gidrofil dori moddalardan suspenziya tayyorlashda ham foydalaniladi. Bariy sulfat suspenziyasini stabillash alohida muximroq savollardan bo’lib, uning me’da-ichak yo’llari rentgen suratini olishda yuqori konsentratli suvli 45-55% suspenziya ishlatiladi. Bu suspenziya xaddan tashqari turg’unmas, tezda bo’laklarga ajraladi, shu bilan birga dispers fazani cho’kmasi oldingi holiga qaytishi kiyin. Bunday suspenziyalarni stabillash uchun har xil yuqori molekulali moddalar: zig’ir urug’ining shilimshig’i - mutsin, bentonit va b. taklif qilingan.
Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofob moddalar ikki guruhga bo’linadi:
a) kuchli gidrofob xossaga ega bo’lgan;
b) kuchsiz gidrofob xossaga ega bo’lgan.
Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari, terpingidrat, benzonaftol, fenilsalitsilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga kalkib chikib flokulyasiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. Shunday xodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar deb ataladi. Ularga jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), elimlar, o’simliklardan olinadigan shilimshiq moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid komplekslari, MS, KMS, PVP, poliglyukin, spanlar, tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo’ladi.
Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo’lgan moddaga — 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo’lgan moddalarga — 0,5 g jelatoza qo’shiladi.
Rp.: Sol. Natrii bromidi 0,5%—120 ml
Camphorae 1,0
Coffeini natrii — benzoatis 0,5
M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal.
Pasporti: Natriy bromid eritmasi (1:5) 3ml
Koffein benzoat natriy eritmasi (1:10) 5ml
Tozalangan suv 112 ml
Kamfora 1,0
Jelatoza 1,0
V umumiy=120ml
Do'stlaringiz bilan baham: |