Filtrlab sterillash
Filtrlab sterillash deb, maxsus teshiklari bo’lgan filtrlar orqali eritmalarni filtrlab, mikroorganizmlardan tozalash usuliga aytiladi. Bu usul xozirgi kunda farmatsevtik zavodlarda juda keng qo’llanilib, dorixona amaliyotida ham qo’llanish me’yorlari ishlab chikilmokda. Asosan, bu usul bilan haroratga chidamsiz bo’lgan suyuq preparatlar sterillanadi. Bu usulni umuman filtrlashdan so’ng sterillangan dori moddalar eritmalari uchun qo’llash ham maqsadga muvofikdir. Bu mikroteshikchaning filtrlarni tozalash xususiyati mikroorganizm tanachalarini mexaniq to’sikda ushlab kolishga asoslangan bo’lmay, balki shu teshikcha devorlari va govaklari orasiga tanachalarining so’rilib (adsorbsiyalanib) kolishini ham ahamiyati katta. Tekshirishlarni ko’rsatishicha, filtrlash usuli bilan sterillash natijasi mikroorganizm turi, uning eritmadagi miqdori va filtrlash usuliga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |