Antibiotiklar bilan surtmalar tayyorlash
Dermatologiya va ko’z kasalliklarini davolashda tarkibiga antibiotik kiritilgan surtmalar ko’p ishlatiladi.
Antibiotiklar bilan surtma dorilar tayyorlash. Surtma dorilar antibiotiklar bilan aseptik sharoitda surtma dorilar tayyorlash texnologiyasi koidalariga asoslanib tayyorlanadi. Asos dorixatda ko’rsatilmagan bo’lsa, unda 60 qism vazelin va 40 qism suvsiz lanolin aralashmasi ishlatiladi. Asosni tayyorlash uchun vazelin va suvsiz lanolin eritilib, 150°S haroratda 1 soat mobaynida sterillanadi. Antibiotiklar suvli sharoitda tez inaktivatsiyaga uchraydi, shu sababli ularni asosga suspenziya holatida qo’shish kerak. Buning uchun ularni sterillangan vazelin moyi yoki eritilgan asos bilan eziladi.
Oling: Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 TB.
Suvsiz lanolin 4,0
Vazelin 6,0
Aralashtiring, surtma dori hosil bo’lsin.
Bering. Belgilang. Ko’zga surtish uchun.
Pasport: Natriy benzilpenitsillin tuzi 100000 TB. (0,06g)
Vazelin 6,0
Suvsiz lanolin 4,0
Umumiy og’irligi 10,06 g
Aseptik sharoitda steril hovonchada 0,06 g natriy benzilpenitsillin tuzini 2-3 tomchi vazelin moyi bilan eziladi. Ustiga vazelin va suvsiz lanolin qo’shib, bir xil korishma hosil bo’lguncha aralashtiriladi. Tayyor massani steril bankaga o’tkazib qopqoq bilan yopiladi, yorliq yopishtiriladi.
Tarkibida antibiotik bo’lgan surtma dorilar aseptik sharoitda tayyorlanadi. Asos sifatida lanolin va vazelin (4: 6) aralashmasini ishlatish maqsadga muvofikdir. Chunki penitsillin va boshqa antibiotiklar toza vazelindagi aralashmada teriga kiyin suriladi. Asoslar steril holatda ishlatiladi.
Rp: Unguenti Benzylpenicillini — natrii
Unguenti Erythromycini ana 10,0
Misce. Da. Signa. Kuz surtmasi.
Steril hovonchaga 50000 TB (0,03 g) penitsillin (1 g surtma doriga 5000 TB to’g’ri keladi) va 100000 TB (0,11 g) eritromitsin (1 g surtma doriga 10000 TB to’g’ri keladi) ulchab olinadi, unga sterillangan asosdan oz-ozdan qo’shib bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
Tayyor surtma dori idishga solinib «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan erlik epishtiriladi.
Tetratsiklin gidroxlorid, streptomitsin va boshqa antibiotiklar bilan ham surtma dori yuqorida keltirilgandek tayyorlanadi.
Antibiotiklarning ko’pchiligi yoruglik ta’siriga chidamsiz bo’ladi. SHuning uchun ularni ogzi maxkam berqiladigan chinni yoki shisha idishga solib berish maqsadga muvofikdir. «Sirtga» va qo’shimcha «Salqin joyda saqlansin» deb yozilgan erlik epishtiriladi.
Asosiy adabiyotlar:
Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.
Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.
Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.
Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.
Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.
Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.
Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.
Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda
Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.
Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.
Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.
Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).
Internet saytlari:
www.ziyonet.uz
www.nuph.edu.ua
www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology
www.rzgmu.ru
www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml
www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php
Do'stlaringiz bilan baham: |