Izotoniklik: ko’z tomchilari ko’z yoshi suyuqligiga nisbatan
izotoniklikni talab qiladi
(quyidagi hollardan tashkari: kachonki dori modda katta konsentratsiyada yozilgan bo’lsa va
kollargol, protargol eritmalaridan tashkari). Ko’zga izotonik bo’lmagan eritmalar yuborilsa
og’riq paydo bo’ladi. Ammo ko’z tomchilarini izotonik kilish shart bo’lgan konunga hamma
dorixonalar ham rioya kilavermaydi. Agar ko’z tomchilarida dori moddaning miqdori 3% gacha
bo’lsa, natriy xloridning izotonik eritmasida yoki boshqa izotonik eritmalarda xech qanday hisob
kilmasdan tayyorlashga ruxsat etiladi. Bu bilan ularning ishini birmuncha osonlashtirish
mumkin. Ba’zi farmakopeyalarda (AKSH) bunga ruxsat etiladi. Ko’z tomchilari yana
izogidriklik
talabiga javob bersa, maqsadga muvofikdir. Adabiyotlarda berilishicha rN=7,3–9,7
bo’lgan eritmalar ko’zga tomizilganda og’riq paydo kilmaydi.
Turg’unlik: ko’z tomchilaridagi erigan dori moddaning barkarorligi ta’minlangan bo’lishi
kerak. Termik sterilizatsiya va ko’z eritmalarini shisha idishda o’zok vaqt saqlash ko’p dori
moddalarning (alkaloidlar, antisintetiklar va boshqalar) oksidlanishi va gidrolizlanishi natijasida
buzilishiga olib keladi.
Turg’unlikni oshiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi: konservantlar, muxit — pH ini
tutib turuvchi moddalar va oksidlanishdan saqlovchi moddalar. Ko’z tomchi shaklida
ishlatiladigan dori moddalar eng ko’p turg’unliklari eritmaning pH ga bog’liq holda 3 ta guruhga
bo’linadi.
1. Birinchi guruhga alkaloid tuzlari va sintetik azotli asos tuzlari,
kislotali muxitda
oksidlanmaydigan va gidrolizlanmaydigan moddalar kiradi. Bu moddalarni turg’unlashtirish
uchun 1,9-2% konsentratsiyali borat kislotasi tavsiya etiladi. Borat kislotasi atropin sulfat,
pilokarpin gidroxlorid, skopolamin gidrobromid, dikain, novokain ko’z tomchilari turg’unligini
oshirishda foyda beradi.
2. Ikkinchi guruhga kuchsiz kislotali va neytral muxitda barkaror bo’lgan dori moddalar:
benzilpenitsillin, streptomitsin, levomitsetin tuzlari kiradi. Bu dorilarni turg’un kilish uchun har
xil bufer aralashmalar, natriy sitrat va boshqalar ishlatiladi.
3. Uchinchi guruhga ishqoriy muxitda barkaror bo’lgan dorilar:
sulfatsil natriy,
norsulfazol-natriy va boshqalar kiradi. Ularni turg’unlashtirish uchun natriy ishqori, natriy
gidrokarbonat, natriy tetraborat, pH ko’rsatkichi ishqoriy bo’lgan bufer aralashmalar qo’llaniladi.
Oksidlanuvchi modda eritmalari — ko’z tomchilarini turg’unlashtirish uchun oksidlanishga
qarshi moddalar: sulfit va metabisulfit natriy, ya’ni in’eksiya uchun
ishlatiladigan eritmalarni
oksidlanishdan to’xtatishda foydalanadigan moddalar ishlatiladi. Masalan, 30% li sulfatsil- natriy
eritmasi 0,5% li metabisulfit natriy bilan, 1% li etilmorfin gidroxlorid eritmasi esa 0,1% li
metabisulfit natriy bilan turg’unlashtiriladi.
Ko’z tomchilari mumkin kadar o’zok davom etadigan ta’sirga ega bo’lishi kerak.
YOpishkoklikni oshirish bilan suvli eritmalar ta’sir kilish muddatini o’zaytirish mumkin. Bu
maqsadda polivinil spirti, metilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza ishlatiladi. Bu
moddalar ko’zning ko’rishini xiralashtirmaydi va yaxshi yopishkoklik xususiyati bilan unga
nojo’ya ta’sir ko’rsatmasdan ko’z uchun zarur vazifani ta’minlaydi.
PVS, KMS (1,5%) va MSning (0,5%) li suyultirilgan eritmalari
oson sterillanadi va
saqlanganda tinikligicha qoladi. Ko’z tomchilari uchun 5-15 sP yopishkoklik eng kulay
hisoblanadi. YOpishkoklik 40-50 sP dan oshmasligi kerak, agar bundan oshsa dozalash
kiyinlashadi. Tiniklik: ko’z tomchilari juda tinik va ko’z pardasini mexaniq jaroxatlaydigan
muallak zarrachalar saqlamasligi kerak. Ko’z tomchilarini oliy navli filtrlovchi kogozlar orqali
filtr ostiga o’zun tolali paxta bo’lagini qo’yib filtrlanadi. Filtrlab bo’lgandan
keyin eritma
konsentratsiyasi va umumiy og’irligi belgilangan normadan ortib yoki kamayib ketmasligi kerak.
Dorixona retsepturasida tez-tez takrorlanib turadigan tarkiblarni o’rganish asosida oldindan,
ma’lum muddatga tayyorlab turadigan konsentratlarni ishlatish oz miqdordagi suyuqliklarni
filtrlashdagi nokulaylikdan xalos qiladi.
Olimlar tomonidan ko’z tomchilarining sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash,
dorixonalarda ularni oldindan tayyorlab qo’yiladigan turlarini ko’paytirishga olib keldi.