36 Ma’ruza
MAVZU 36.
Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan
qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullari.
Ma’ruza maqsadi:
Dori shaklllarini tayyorlashdagi nomutanosibliklar, ro‘y beradigan
qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish usullariga oid nazariy ma’lumotlarni berish
Tayanch atama va iboralar:
nomutanosiblik, qiyinchilik tugdiradigan dorixatlar
Reja.
1.
Dorishakllaridauchraydigannomutanosibliklar
2.
Bir-biriga qo’shib bo’lmaydigan dorilar aralashmalari
3.
Qiyinchilik tug’diradigan dorixatlar
4.
Bir-biriga qo’shib
5.
bo’lmaydigan dori aralashmalari
6.
Qiyinchiliklarnii bartaraf etish usullari
Ayrim shifokorlar dorixatdagi yozilgan dori turini tayyorlab berishni farmatsevtlarning ishi
deb xisoblaydi. Bu noto’gri, albatta, lekin shifokorlar murakkab dorixatlarga kiradigan xamma
dorilarning fizik va kimyoviy xususiyatlarini bilmay, ba’zan xato kilib ko’yishlari mumkin.
Bunday xatolarning oldini olish farmatsevtlarning muxim vazifasidir. SHifokor tomonidan yo’l
ko’yilgan xatoga beparvolik yoki moddalar xossalarini bilmaslik natijasida xatoni sezmay
tayyorlab berilgan dorilar uchun shifokor bilan birga farmatsevt xam javobgardir. Xozirgi zamon
farmatsiyasining tibbiyot, kimyo va boshka fanlar bilan chambarchas boglanganligi xamda
ularning kundan-kunga rivojlanishi dorivor moddalarning xilma-xilligiga ta’sir ko’rsatmokda.
Dorivor modda sifatida fizik va kimyoviy xossalari xar xil xamda turlicha fiziologik ta’sir
ko’rsatadigan moddalar ko’llanilishi va ularning kundan-kunga ko’payib borishi dorixat
tarkibining xar xil, ayrim xollarda esa murakkab bo’lishiga olib keladi.
1.
Kiyinchilik tugdiradigan dorixatlar.
Ayrim dorixat birinchi karashda chalkash bo’lib ko’rinsa xam, sinchiklab o’rganish
natijasida ular bilim va tajribasi yukori bo’lgan farmatsevtlar tayyorlay oladigan dorixatlar bo’lib
chikadi. Bunday dorixatlar kiyinchilik yaratadigan dorixatlar deb yuritiladi. Farmatsevt ularni
tayyorlashda o’ziga xos usullar va ularning xususiyatlaridan foydalanadi.
Ba’zan kiyinchilik tugdiradigan dorixatlarni ayrim ko’shimcha moddalar kiritish yo’li
bilan xam tayyorlash mumkin. Bu xolat, birinchidan, farmatsevtning rolini, ikkinchidan, unga
talabchanlik va javobgarlikni oshiradi.
Dorixatlar tarkibiga ko’shimcha modda kiritilishi natijasida ingredientlar mikdori
o’zgaradigan bo’lsa, albatta shifokor bilan maslaxatlashish kerak, chunki dorixat o’zgartirilishi
natijasida ba’zan shifokor xisobga olmagan kimyoviy jarayonlar yuz berishi mumkin.
Kiyinchilik yaratadigan xar bir dorixatni aloxida-aloxida xal kilish farmatsevtning asosiy
vazifasi bo’lish bilan birga, bemorga beriladigan dorining sifatli chikishini xam ta’minlaydi. Biz
kuyida kiyin retseptlarga oid bir necha misollar keltiramiz.
Rp: Decocti foliorum Uvae ursi ex 20,0-200,0
Hexamethylentetramini 4,0
M. D. S. Kuniga 4-5 marta bir osh koshikdan ichilsin.
Bu dorixatda ko’rsatilgan geksametilentetramin ayikkulok yaprogi tarkibidagi
burishtiruvchi moddalar bilan tannatlar xolida cho’kma xosil kiladi. CHo’kma Zaharli
bo’lmagani uchun doriga "Ishlatishdan oldin chaykatilsin" deb yozilgan yorlik yopishtiriladi.
Oling: Glyukoza eritmasi 40% — 200,0 ml
Natriy brom 4,0
Askorbinkislotasi 5,0
Kofein benzoat natriy 1,5
Aralashtiring. Bering. Belgilang.
Tayyorlangan mikstura uzokturibkolsa, benzoy kislotasi ajralib chikishi natijasida
loykalanadi. CHo’kma xosil bo’lmasligi uchun shifokor bilan kelishib, 1,5 g kofein benzoat
natriy o’rniga0,57 gtoza kofein olish yoki askorbin kislotasini aloxida dozalarga bo’lib berish
mumkin.
Oling: Kalsiy xlorid eritmasi 4% — 200 ml
Kodein fosfat — 0,15
A. B. B.
Mikstura umumiy qoida bo’yicha tayyorlansa, cho’kma xosil bo’ladi. Shuning uchun
kodein fosfat o’rniga kerakli miqdorda toza kodein olish yoki ikki moddaning eritmalarini
aloxida-aloxida tayyorlab, so’ngra bir-biriga ko’shib berish mumkin.
Oling: Valeriana nastoykasi 10,0
Marvaridgul nastoykasi 10,0
Kaliy bromid 2,0
A. B. B.
Miksturada kaliy bromid cho’kmagatushmasligiuchunaralashmaga 15-20 tomchi suv
qo’shish kifoya.
Oling: Mentol 0,1
Glitserin 10,0
A. B. B.
Mentol glitserinda yomon eriydi (1:500). Shuning uchun mentolni 0,25 ml spirtda eritib
olib, so’ngra glitserin ko’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |