Laboratoriya jihozlari : Maxsus laboratoriya vositalari bilan jixozlangan xona
Dori modasining qovushqoqligini aniqlash.
Qovushqoqlik (ichki ishqalanish) – oquvchi jismlarning bir qismini ikkinchi qismiga nisbatan
harakatlanishiga ko’rsatadigan qarshiligidir.
Suyuqliklar uchun asosiy kinematik o’zgaruvchilar ularning deformatsiyasi va tezligidir.
Shuning uchun suyuqlikning reologik tavsifini o’rganish uchun uning kinematik o’lchamlari bilan
qo’yilgan tashqi yuklama orasidagi bog’liqlikni belgilash lozim bo’ladi.
Qovushqoqligi surilish kuchlanishiga bog’liq bo’lmay ma’lum kontsentratsiya va haroratda Nyuton
qonuniga ko’ra doimiy bo’lgan suyuqliklar Nyuton suyuqliklari deb ataladi. Suyuqlik Nyuton suyuqligi
bo’lmasa Nyuton qonuniga bo’ysunmaydi va uning qovushqoqligi surilish kuchlanishiga bog’liq bo’ladi.
Suyuqliklar qovushqoqligining dinamik, kinetik, nisbiy, solishtirma, keltirilgan va tavsiflangan turlari
mavjud. Nyuton suyuqliklari uchun asosan tuzilish qovushqoqligi xos. Tuzilish qovushqoqligi (samarali
qovushqoqlik) – suyuqlikning ma’lum surilish kuchlanishidagi qovushqoqligidir.
Dinamik qovushqoqlik yoki qovushqoqlik koeffitsienti (η – eta) – yuza birligiga tushadigan tangentsial
tenglama bo’lib, surilish kuchlanish ham deb atalib (τ), paskallarda ifodalanadi (Pa).
Dinamik qovushqoqlik qatlam maydoni 1 m2 bo’lgan suyuqlikni parallel harakatlanish yuzasida
sekundiga 1 metr (m ∙ s-1) tezlik bilan ikkinchi qatlamga nisbatan 1 metr masofaga siljitish uchun kerak
bo’ladigan surilish kuchlanishidir:
Dinamik qovushqoqlik (η) odatda puazlarda yoki santipuazlarda ifodalanadi (1 spz = 0,01 pz).
Agar siljish kuchlanishi 1 din/sm2 bo’lib, 1 s-1 siljish tezligini hosil qilsa uning qovushqoqligi 1pz bo’ladi.
SI sistemasida dinamik qovushqoqlik paskal-sekundlar (Pa x S) yoki millipaskal – sekundlar (Pa x S)
bilan ifodalanadi.
Kinematik qovushqoqlik metr kvadrat-sekundlar bilan ifodalanib dinamik qovushqoqlikni suyuqlikning
kg/m3 bilan ifodalangan zichligiga nisbati orqali hisoblanadi:
Kinematik qovushqoqlik odatda stoks yoki santistokslar bilan ifodalanadi. SI sistemasida esa m2/s yoki
mm2/s larda o’lchanadi:
1 st = 10-4m2 ∙ s-1.
Ba’zan bir suyuqlik qovushqoqligini ikkinchi suyuqliklik qovushqoqligiga nisbatan – nisbiy
qovushqoqligini aniqlashga to’g’ri keladi (ηnisbiy).
Solishtirma qovushqoqlik eritma qovushqoqligining qaysi qismi unda erigan moddaga bog’liqligini
ifodalaydi:
- eritmaning qovushqoqligi
0 – erituvchining qovushqoqligi
Solishtirma qovushqoqlikning eritma kontsentratsiyasiga nisbati – keltirilgan qovushqoqlik deyiladi:
Polimer moddalarning kimyoviy tuzilish tavsifini aniqlashda keltirilgan qovushqoqlik nol kontsentratsiya
uchun hisoblanib tavsifiy qovushqoqlik tushunchasi bilan ifodalanadi [η]
Tavsifiy qovushqoqlik eritma kontsentratsiyasiga teskari bo’lgan birliklarda ifodalanadi. Qovushqoqlik
kapillyar, rotatsion va tushuvchi sharli viskozimetrlarda aniqlanadi.
Nyuton suyuqliklarining qovushqoligin aniqlashda kapillyar viskozimetrlardan foydalaniladi.
Rotatsion viskozimetrlar bilan Nyuton eritmasi bo’lmagan eritmalarning reologik xosslarini siljish
tezligini keng diapazonda ham aniqlash mumkin.
Tushuvchi sharikli viskozimetrlar yordamida (Gepple viskozimetri) tiniq nyuton eritmalarining
qovushqoqligi aniqlanadi.
Yuqori molekulyar birikmalar eritmasi qovushqoqligini haroratga bog’liqligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |