Duragaylash maydonlari
Duragaylarning birinchi bo’g’in urug’liklari yuqori hosil olishni va
yuqori sifatli urug’likni shakllanishini ta’minlaydigan agrotexnik majmuasi
qo’llanadigan duragaylash maydonlarida yetishtiriladi.
Duragaylash maydonlarining har biri makkajo’xorining boshqa ekin
maydonlaridan kamida 300 m dan kam bo’lmagan masofada joylanishi
lozim.
Duragaylash maydonlarida ota-ona shakllarini joylashtirib ekilishi ona
(urg’ochi) o’simliklarni to’lig’icha changlatishini ta’minlashi kerak. Ona va
ota shakllarining nisbati chatishtiriladigan liniya va navlarning biologik
xususiyatlariga bog’liq. Masalan, gullash fazalarini bir vaqtda o’tishi va u
yoki bu mintaqaning tabiiy xususiyatlari. Ko’p xollarda ona va ota
shakllarining nisbati 4:2 qilib foydalaniladi.
Ekish jarayonida ota-ona shakllarining urug’liklarini almashib
qolishiga yo’l qo’ymaslik choralari ko’rilishi lozim. Buning uchun urug’chi
agronom seyalkaning hamma quttilarini ekishdan oldin ko’rib chiqishi va
bitta urug’ qoldirmay tozalanishini ta’minlash kerak.
Ota-ona shakllarini osonlik bilan bir-biridan ajratish uchun ota shakli
urug’iga bir qism mayak sifatida boshqa ekin urug’i, ko’p xollarda
kungaboqar urug’i aralashtiriladi.
Ota-ona o’simliklarini aralashib qolmasligi uchun duragaylash
maydonlarining chekkalariga ekish va siyraklashib qolgan joylarga
qo’shimcha ekish man etiladi. Duragaylash maydonlarida ekinlarning
parvarishi bo’yicha hamma ishlar o’z vaqtida va yuqori sifatli qilib bajarilishi
lozim. Mavjud begona o’tlardan tozalab, tuproq yaxshi ishlangan yumshoq
xollatda saqlanishi kerak, kamida ikki nav o’tog’i o’tkazilib, oxirgisi
aralashmalar yaqqol ko’riladigan vaqtda, ya’ni rivojlanish fazasining
boshlanish davrida bajariladi. Fertil yoki yarim steril ro’vakli o’simliklarning
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
hammasi steril shakllari qatorida gullash boshlanishida ro’vaklash davri
davomida chiqarib tashlanishi kerak. Har bir nav o’tovi o’tkazilgandan so’ng
tegishli ma’lumotlar dala aprobasiyasi aktiga belgilab qo’yiladi.
Fertillik asosida yoki aralashtirish sxemasi bo’yicha duragay urug’ligi
yetishtirish jarayonida ona shaklli o’simliklarida o’z vaqtida va to’lig’icha
ro’vaklar
chiqarib
tashlanishi
juda
muhimdir.
Yetishtiriladigan
urug’liklarning hosildorlik sifati bu ishlarning qanchalik sifatli o’tkazilishiga
bog’liq.
Makkajo’xorining ro’vaklanishi bir vaqtda o’tmaydi. Odatda 10 kun va
undan ko’p davom etadi. Shuning uchun ro’vaklarni har kuni, har qanday ob-
havo sharoitida o’tkazib, ona shakli qatordagi o’simliklarda bironta ham
gullagan ro’vak qolmasligini ta’minlash lozim. Bu ishni boshlashdan oldin
o’simliklardagi hamma bachkalari olib tashlanadi.
Duragaylash maydonlarida bajariladigan ishlarning sifati o’stirish
davrining oxirigacha urug’chi – agronom tomonidan nazorat qilinadi.
Sterillik asosida duragay urug’lik yetishtirishda tegishli belgilar qabul
qilingan. Sterillikni texas tipi-T harfi bilan, Moldovan tipi-M harfi bilan
ifodalanadi. Steril urug’lik xujjatlarini rasmiylashtirishda qo’shimcha
“sterillik” deb yoziladi. Liniya, nav yoki duragay nomiga tiklovchi sifatida
bo’lsa “V” harfi va “tiklovchi” so’zi yoziladi.
Agar Moldovan tipidagi sterillik asosida tiklovchi hosil qilingan bo’lsa
–“MV” qo’shib yoziladi, Texas tipida bo’lsa “TV” yoziladi.
Masalan, liniyalar aro Dneprovskiy 505 MV, Odesskiy 80 MV, VIR-
338 MV, Krasnadarskiy 303 TV.
Do'stlaringiz bilan baham: |